Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



"YASHIL” VA "QIZIL” YO‘LAKLAR YOKI FUQAROLARNI BOJXONA CHEGARASI ORQALI HARAKATLANISHI SHAROITLARINI JAHON STANDARTLARIGA MUVOFIQLASHTIRISH
04.11.2017

"YaSHIL” VA "QIZIL” YO‘LAKLAR YOKI FUQAROLARNI BOJXONA CHEGARASI ORQALI HARAKATLANISHI SHAROITLARINI JAHON STANDARTLARIGA MUVOFIQLASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida bojxona organlariga jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo‘yicha "yashil” va "qizil” yo‘lak tizimini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan ham topshiriqlar berilgan.

2017-yilning 11-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 814-sonli qarori qabul qilinishi mazkur tizimini amaliyotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘ldi.

Qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad fuqarolarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish sharoitlarini jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, nazoratning samarali usullarini qo‘llash, shuningdek turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Mazkur Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, ikki yo‘lakli tizim 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida, 2021 yilning 1-yanvaridan boshlab esa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtomobil va temir yo‘l o‘tkazish punktlarida kuchga kiradi.

Qaror bilan tasdiqlangan Nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash talablari va tartibini, shuningdek bojxona chegarasi orqali o‘tadigan jismoniy shaxsning bojxona operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida notijorat maqsadlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida "yashil” va "qizil” yo‘lakni tanlash qoidalarini belgilaydi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
162-moddasida esa jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishi mumkinligi aks ettirilgan.

Unga ko‘ra, ikki yo‘lakli tizimning qo‘llanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida «yashil» yoki «qizil» yo‘lakning bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi.

Aytish mumkin-ki, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd qilingan qarori Bojxona kodeksidagi ushbu normani hayotga tadbiq qilish imkoniyatini vujudga keltirdi.

Avvalo, ushbu "yashil” va "qizil” yo‘laklarga ta’rif berib o‘tsak.

"Yashil” yo‘lak – kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan,
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy.

"Qizil” yo‘lak – kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shasxlarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tish uchun mo‘ljallangan joy.

Ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash uchun kamida bitta "yashil” va "qizil” yo‘lak ajratiladi. Bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida yo‘laklarning umumiy soni bojxona organi tomonidan yo‘lovchilar oqimi va mavjud imkoniyatlarda kelib chiqqan holda belgilanadi.

Har bir yo‘lak tomonga harakatlanish va har bir yo‘lakka kirish yo‘nalishi aniq belgilanadi hamda farqlanadi. Yo‘laklar bildiruvchi maxsus belgilardagi ma’lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘ladi. Bundan tashqari faoliyat ko‘rsatilayotgan hududdan kelib chiqib, bojxona organlari qo‘llanishi maqsadga muvofiq deb topilgan boshqa tillarda ham bo‘lishi mumkin.

Ikki yo‘lakli tizim oldida jismoniy shaxslarga bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalash uchun tegishli yo‘lakni ongli ravishda tanlash imkonini beradigan axborot hududi tashkil etiladi.

Unda bojxona qonunchiligi va asosiy qoidalar, ikki yo‘laqli tizimni qo‘llash tartibi haqida qisqacha ma’lumotnomalar, shuningdek bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ogohlantirish joylashtiriladi.

"Yashil” yo‘lakda olib kirish yoki olib chiqish qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlangan yoki cheklagan tovarlar, qiymati va miqdori bojsiz olib kirish normasidan va qonun hujjatlarida belgilangan aktsiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normasidan oshadigan tovarlar hamda yozma deklaratsiyalanadigan naqd milliy va xorijiy valyutadagi olib kirish va olib chiqishga rusxat etilgan mablag‘larning cheklagan normalaridan tashqari barcha tovarlar og‘zaki deklaratsiyalanadi.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarning qo‘l yuki va bagajdagi tovarlari unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi.

"Qizil” yo‘lak orqali o‘tadigan jismoniy shaxslar belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishadi. Bojxona organlari "qizil” yo‘lakda bojxona nazorati shakllarini qo‘llashda tanlash printsipiga asoslanadi.

Jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishida bojxona rasmiylashtiruvining qonun hujjatlarida belgilangan umumiy qoidalari qo‘llaniladi.

Ikrom Matniyazov,

Xorazm viloyati bojxona

boshqarmasi katta inspektori