Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YANGI TEMIR YO‘L ISHGA TUSHDI
04.12.2017

YANGI TEMIR YO‘L ISHGA TUSHDI

Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilishining birinchi bosqichi yakuniga etkazildi. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-dekabr kuni yangi temir yo‘lningfoydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – "O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati raisi A.Ramatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov, Xorazm viloyati hokimi I.Sabirov, Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Mazkur liniya Prezidentimizning 2017-yil 13-martdagi "Buxoro — Miskin temir yo‘l liniyasini qurish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga asosan bunyod qilindi. Temir yo‘l liniyasini qurish uchun 1500 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar, yo‘l qurilishi bilan bog‘liq soha mutaxassislari va 1000 dan ziyod qudratli mexanizmlar jalb etildi.

Qurilish-montaj jarayonlari Buxoro tumanidan Miskin bekatigacha bo‘lgan oraliqda, bir vaqtning o‘zida har ikki tomonda olib borildi.

"Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan yangi temir yo‘lning umumiy uzunligi 355 km. ni tashkil etadi. Ayni paytda 335 km. ga po‘lat izlar yotqizildi, 20 kmda to‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur liniyada 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazildi. 21, 2 mln kubometr hajmdagi tuproq ishlari amalga oshirildi. Ushbu yo‘nalishda 5 ta stantsiya (Yangiobod, Tuztepa, Uchachik, Suzakdor, Dautepa) va shuncha raz’ezdlar (Mashak, Azanir, Alabuga, Jakasay, Akchuqa) ham barpo etildi.

Dastlab, mazkur temir yo‘l liniyasi orqali yuk poezdlar qatnovi amalga oshiriladi.

Shu kunga qadar poytaxtdan Urganchga qatnovchi poezdlar 1064 kilometr yo‘l bosib "Navoiy – Uchquduq – Miskin” magistrali orqali harakatlanayotgan bo‘lsa, ushbu loyihaning qurib bitkazilishi bilan poezdlar qatnovi qariyib 100 kilometrga yaqin qisqardi. Bu esa yo‘l uchun ketadigan vaqtni, yonilg‘ini va boshqa xarajatlarni tejashga zamin yaratadi. Ushbu temir yo‘lning ikkinchi bosqichida elektrlashtirish ishlari amalga oshirilib, kelgusida elektropoezdlar qatnovi amalga oshirilishi ko‘zlanmoqda. Ushbu yo‘nalish ishga tushirilishi Orolbo‘yi mintaqasi, jumladan Xorazm viloyati taraqqiyotini tezlashtirishday muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.