Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZMNING SAYYOHLIK SALOHIYATI: IMKONIYAT, ISTIQBOL VA SAMARA
03.11.2017

XORAZMNING SAYYOHLIK SALOHIYATI: IMKONIYAT, ISTIQBOL VA SAMARA

Xorazm vohasi Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan bo‘lib,O‘zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. Dunyo hamjamiyati tomonidan Xivaning ochiq osmon ostidagi muzey shahar sifatida e’tirof etilishi va YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi nafaqat Xorazm viloyati,balki O‘zbekistonning jahon turizm bozoriga dadil kirib borishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Prezidentimiz joriy yilning 27-28-yanvar hamda 14-15-oktyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Xivadagi "Ichonqal’a” va "Nurillaboy” saroyi majmualarida, shahardagi "Farovon” mehmonxonasi qurilish uchastkasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari,tarixiy obidalarni rekonstruktsiya qilish loyihalari bilan tanishib, qadimiy Xivaning turizm jozibadorligini yanada oshirish maqsadida saylgoh ko‘chalar tashkil etish,zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 4-may kuni qabul qilingan "2017-2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘ldi.

Ushbu Dasturda belgilangan loyihalarni amalga oshirish uchun 11 milliard 226 million so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hududda turizm infratuzilmasini, jumladan ixcham mehmonxonalar tizimini rivojlantirish, sayyohlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatadigan inshootlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.Ayni kunda viloyatda Dastur ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Dunyo tajribasidan ma’lumki, sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatishda mehmonxona xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi. 2014-yilda viloyatda atigi 39 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa bugungi kunga kelib ularning soni 60 taga etdi.Xususan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda 8 ta mehmonxona qurib foydalanishga topshirildi. E’tiborli jihati Xivada chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil qilingan beshta mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan yangi barpo etilayotgan "Farovon” mehmonxonasiga ham Frantsiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi kiritiladi. Yuqorida ta’kidlangan qarorga asosan ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritasi” bo‘yicha 2021-yilgacha yana 15 ta to‘rt yulduzli mehmonxonalar barpo etiladi.

Dasturning asosiy yo‘nalishlaridan yana biri sayyohlarga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilashni nazarda tutadi.Xiva shahrini xalqaro turizm markazlaridan biriga aylantirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganchdan Xivagacha 31,7 kilometr uzunlikdagi temir yo‘l qurilishi va milliy uslubdagi zamonaviy vokzal barpo etish ishlari jadal davom etmoqda.Kelgusida Toshkentdan Xivagacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yilning aprel oyidan boshlab Parij-Urganch, Milan-Urganch aviareyslarining parvozlar jadvaliga kiritilishi xorijiy sayyohlar oqimini ko‘payishida muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgacha ushbu aviareyslar orqali besh ming nafarga yaqin sayyoh viloyatga tashrif buyurdi. Urganch xalqaro aeroporti ham kayta ta’mirlanib, sayyohlarga zamon talablari asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.

Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra Xorazm viloyati turistik ekskursiya resurslarining zichligi hamda ular tarkibidagi tarixiy-me’moriy ob’ektlar ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatimizda 1-o‘rinda turadi.

-Xorazmda neolit davridan to XIX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan 255 tadan ortiq madaniy meros yodgorliklari mavjud, - deydi "Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari,o‘lkashunos Komiljon Nurjonov. –Ushbu noyob yodgorliklarni saqlash,avlodlarga etkazish maqsadida 19 ta obidada 6,8 milliard so‘mlik ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi.Jumladan "Chodra hovli”, "Muzxona”,”To‘rt shovvoz”.”Bog‘i shamol” majmualari restavratsiya ishlaridan keyin asl qiyofasini tikladi.

Vazirlar Mahkamasining shu yil 19-mayda qabul qilingan "Xorazm viloyatidagi "Nurillaboy” tarixiy majmuasini rekonstruktsiya va restavratsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida ushbu maskanda ham keng ko‘lamda ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Bu jarayonda 200 nafardan ziyod malakali restavratorlar, rassomlar, hunarmandlar ishtirok etmoqda.Kelgusida majmua hovlilarida badiiy galereya,amfiteatr,qabullar uyi,hunarmandlar markazi,milliy uslubdagi ovqatlanish shaxobchalari tashkil etiladi.

Sayyohlarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda malakali kadrlarga ehtiyoj juda katta. Shu maqsadda Urganch va Xiva shaharlaridagi turizm yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida turistik xizmatlar menejeri,mehmonxona va restoran xizmatlari menejeri kabi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.Urganch davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida turizm yo‘nalishi bo‘yicha 280 nafar talaba tahsil olmoqda.

Hududning turizm salohiyatini,tarixiy-madaniy xususiyatlari va tabiiy-iqlim sharoitlarini targ‘ib qilishda turli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish, xorijiy davlatlar vakillarini taklif qilgan holda festivallar,sport musobaqalari uyushtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu ma’noda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan qovun sayli, "Raqs sehri”,”Xorazm madaniyati kunlari” kabi festivallarga xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurayotgan ishtirokchilar soni yildan yilga ortib borayotgani quvonarlidir. Xorijiy sayyohlarga qulaylik maqsadida smartfon va planshetlar uchun "Khiva Audio Tour” mobil ilovasi yaratilgani ham e’tiborga molik yangiliklardan biri.

-Xiva insoniyatning bebaho boyligi sifatida YUNESKOning jahon merosi durdonalari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib,uning muzey fondida 39 mingga yaqin eksponatlar saqlanmoqda,-deydi respublika turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Javlon Shomurodov. - Uni bir bor ko‘rish uchun dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlar oqimi yilning to‘rt faslida ham to‘xtamaydi.Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida bu shaharga 635 ming nafarga yaqin,jumladan 78 ta mamlakatdan 45 ming chet ellik sayyoh tashrif buyurgani fikrimiz tasdig‘idir. Xizmat ko‘rsatish sifatining yaxshilanishi,turli madaniy tomoshalarning tashkil etilishi natijasida xorijiy sayyohlarning viloyatda qolish davomiyligi 2012 yilda o‘rtacha 1,1 sutkani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda 2 sutkaga etdi.Bu esa yangi ish o‘rinlari,qo‘shimcha valyuta tushumi,savdo va xizmatlar hajmi ortishi deganidir.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyati iqtisodiyotida yalpi hududiy mahsulotning 0,85 foizi,eksportning 1,3 foizi turizm sohasiga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda jahon yalpi ichki mahsulotining 9 foizi,xizmatlar eksportining 30 foizi aynan shu sohada yaratilayotganini hisobga olsak, viloyatda sayyohlik industriyasini rivojlantirishda foydalanilmayotgan imkoniyatlar juda ko‘pligi ayon bo‘ladi.Ayniqsa ekologik va tibbiy turizm yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratish lozim.Mintaqadagi "Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi zonasida,Amudaryo sohillarida,”G‘ovukko‘l” va "Eshonravot” ko‘llarida ekoturizmni, Bog‘ot, Xonqa, Hazorasp, Urganch tumanlarida shifobaxsh erosti suvlari bilan bog‘liq holda tibbiy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda katta.

Buyuk Britaniyaning etakchi nashrlaridan biri "The Telegraph” o‘zining saytida chop etgan "Har bir inson hayoti davomida ko‘rishi kerak bo‘lgan 35 shahar” nomli maqolada Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan jahonning qadimiy va eng go‘zal shaharlari saralab olingan.Ushbu ro‘yxatdan Parij,Sankt-Peterburg,Rio de –Janeyro kabi shaharlar qatoridan sharq gavhari – Xiva ham o‘rin olgan.Ana shu yuksak e’tirofga hamohang tarzda bugun qadim vohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat Xivada, balki butun viloyatda turizm salohiyatining istiqboli porloq ekanligidan darak beradi.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri