Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazmda Prezident archasi
29.12.2017

Xorazmda ham an’anaviy Prezident archasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ochib bergan Xorazm viloyati hokimi, senator I.Sabirov bugun mamlakatimizda davlatmmiz rahbari Sh.M.Mirziyoev rahnamoligida xalqimizning turmush farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtaldi.

Jumladan, yakunlanayotgan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb atalgan 2017 yilda yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash masalasiga e’tibor yanada kuchayganligi, ularning barkamol va etuk insonlar bo‘lib voyaga etishlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilganligini belgilab o‘tdi.

Yakunlanayotgan yilda bu sohada ham erishilgan muvaffaqiyat salmoqli ekanligini ta’kidlagan holda, kelgusida bu muvaffaqiyatlar yanada ulkan bo‘lishiga ishonch bildirdi. Yangidan bunyod etilayotgan sport inshootlari, ta’lim muassasalari, madaniy va ma’rifiy inshootlar bunda muhim rol o‘ynay, dedi o‘z so‘zining oxirida vilyaot hokimi.

Tadbirda to‘rt yuzga yaqin bolajonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning maxsus sovg‘alari topshirildi.

Shundan keyin bolajonlar ular uchun tayyorlangan maxsus bayram dasturini tomosha qildilar.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining matbuot kotibi