Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazmda O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumi bo‘lib o‘tdi
27.09.2018

Qozog‘iston Respublikasining Mangistau viloyati ishbilarmon doiralari vakillari, ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Xorazm viloyatida bo‘ldi. Delegatsiyaga Mangistau viloyati hokimi Yerali Tugjanov rahbarlik qildi.

Tashrif doirasida Urganch shahrida o‘tkazilgan biznes-forumda har ikkala viloyatning qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, avtomobilsozlik, kimyo, qurilish, oziq-ovqat, yengil sanoat va boshqa ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Forumda qozog‘istonlik ishbilarmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sarmoya kiritish istiqbollari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omillari to‘g‘risida ma’lumot berildi.Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. – Bugun O‘zbekiston zaminida yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning dovrug‘i dunyoga tobora kengroq taralmoqda, – deydi “Ata meken” tadbirkorlar hududiy palatasi direktori o‘rinbosari Nurjigit Xayrullaev. – Bizning Mangistau viloyatida ham Xorazmda yetishtirilgan shirin-shakar qovunlar, sarxil meva va sabzavot mahsulotlariga talab katta. Bugun xorazmlik hamkorlarimiz bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bir necha turlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. Biznes-forum doirasida har ikkala viloyatning yirik korxona va tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum va boshqa kelishuvlar imzolandi. Mangistau viloyati vakillari Xonqa tumanidagi “FEEDGRAN”, Xiva tumanidagi “Xorazm baliq agro”, Shovot tumanidagi “Katqal’ateks”, “UzTEX SHOVOT” mas’uliyati cheklangan jamiyati, ”GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatning Xorazm filialida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari, yangi innovatsion loyihalar bilan tanishdilar.

*

– Viloyat to‘qimachilik sanoatida joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar, eksport salohiyati e’tiborga molik, – deydi Qozog‘istonlik tadbirkor Bayan Abdullaeva. –Bizning korxonamiz ham tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ko‘rgazma davomida Xorazm viloyatidagi turdosh korxonalar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash, savdo-sotiq borasida qator shartnomalar tuzdik. Delegatsiya a’zolari Xivadagi “Nurullaboy” va “Ichanqal’a” majmualaridagi tarixiy yodgorliklarni,jumladan Pahlavon Mahmud maqbarasi, Juma masjidi hamda boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qildilar. – O‘zbekistonda buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboev ijodiy merosini keng o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib nihoyatda to‘lqinlanib ketdik, – deydi “Mangistau” televideniesi bosh muharriri Gulnur Kaldыbaeva. – Ezgulik va do‘stlik kuychisi Abay ijodida tarannum etilgan umuminsoniy g‘oyalar xalqlarimiz o‘rtasidagi qon-qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tashrif davomida qadimiy Xivaning necha asrlardan buyon ulug‘vorligi bilan dunyo ahlini hayratga solib kelayotgan me’moriy yodgorliklari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldik. Bu yerdagi har bir obida tarixingiz buyukligi, san’atingiz betakrorligidan darak beradi. Umuman Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar tahsinga loyiq.Puxta reja asosida amalga oshirilayotgan ulkan loyihalar Xorazmni dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishiga shak-shubha yo‘q.Bu go‘zal vohaning betakror manzaralari, tarixiy yodgorliklari va qalbi pok insonlari haqida tayyorlayotgan maxsus ko‘rsatuvimiz ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Viloyat musiqali drama teatrida Mangistau va Xorazm viloyati san’at ustalari ijrosida katta kontsert dasturi namoyish etildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov ishtirok etdi.

Odilbek Odamboev, “Xalq so‘zi” muxbiri