Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Xorazm viloyatida korruptsiyaga qarshi kurashga oid zarur choralar ko‘rilmoqda
26.02.2018

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga ilk bor tarixiy Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimi xodimlariga bildirilgan keskin e’tirozlar, ko‘rsatib o‘tilgan o‘ta salbiy xolatlar va kamchiliklar hamda "Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son Qaroriga muvofiq, 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturi yuzasidan Xorazm viloyati moliya, g‘aznchilik, moliyaviy nazorat, pensiya jamg‘armasi va viloyat prokuraturasi xodimlari bilan birgalikda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Moliya vazirligida bir qator amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tizimda ishlab kelayotgan ayrim nopok mansabdor shaxslar tomonidan mansab vakolatini suiste’mol qilish yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, xattoki pora olish kabi noqonuniy harakatlar sodir etilishi hollari kuzatilayotganligini va bu holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini va yuz bergan ushbu holatlar bo‘yicha vazirlikka o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida xabar berilmaganligini tushuntirilib o‘tildi.

Tizimda xushyorlik va ogohlikni ta’minlash, korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish shuningdek, xodimlarning kasb etikasi va lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarish davr talabi bo‘lib turgani hamda davlat siyosati miqyosida dolzarb masala ekanligini, shuning uchun endilikda iqtisodiy sohaning barcha tarmoqlarida poraxo‘rlikka qarshi kurashish, korruptsiyaga qarshi kurashish bizning eng asosiy maqsadimiz ekanligini Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida ko‘p bora ta’kidlab o‘tganligini aytib o‘tildi. 

Xususan, "Korruptsiyaga qarshish kurashish to‘g‘risida”gi  Qonunning asosiy maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish lozimligi, javobgarlik muqarrarligi to‘g‘risida ta’kidlandi. 

Shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda aholining huquqiy ongini va ogohligini oshirish, "Ishonch telefon”lariga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni o‘rganib chiqishda korruptsiya bilan bog‘liq shikoyatlarni alohida muhokama qilib, korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruhlar tashkil etib, chora tadbirlar ishlab chiqish va doimiy nazoratga olib borish zarurligini va har xaftada o‘tkaziladigan iqtisodiy o‘qishlarda korruptsiya mavzusida o‘qishlar o‘tkazilishi shartligini bildirdilar.

Shu bilan birga, bo‘shab qolgan ish o‘rinlarini iqtidorli o‘z vatanini sevadigan yosh xodimlar bilan to‘ldirish ularni "ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq malakali mutaxassislarga shogird sifatida biriktirish kelajakda yaxshi malakali kadr bo‘lib etishishi uchun zarur choralar ko‘rish belgilab berildi.

                                                                                   A.Matrizaev

                        Viloyat G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari                                                                                                        B.Davlatov 

                                                                   Bosh yuriskonsult