Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyatida 5 aprelgacha barcha budjet tashkiloti xodimlarining mart oyning 2-yarmi uchun ish haqlari to`liq to’lanishi nazoratga olindi va to`landi.
10.04.2018

Joriy yilning 2 aprel kunida Moliya bosh boshqarmasi tomohidan quyi moliya organlariga budjet tashkiloti ishchilarining ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash maqsadida 33,0 mlrd.so’m miqdorida maqsadli transfert mablag’lari ajratildi.

Natijada hududiy g’azna hisob raqamlarida ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida va to’liq to’lanishi uchun yetarli miqdorda mablag’lar shakllantirildi.

Shu bilan birga budjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g’aznachilik organlariga taqdim etilgan to’lov hujjatlari asosida  Joriy yilning 5 apreligacha mart oyining 2-yarmi uchun ish haqlari barcha budjet muassasalari tomonidan tagdim qilingan so’rovnimalar asosida jami 52,1 mlrd.so’m to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlandi

Hodimlarning ish haqlarini o’z vaqtida to’lanishi bo’yicha budjet tashkilotlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish va tegishli to’lov hujjatlarini g’aznachilik organlariga o’z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq boshqarmalari hamda budjet tashkilotlari bilan amaliy yordam ko’rsatish ishlari olib borildi

Xorazm viloyati moliya bosh boshqarmasi