Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyati moliya tizimi xodimlari ishtirokida “Yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori” shiori ostida sport musoboqalari o‘tkazildi
27.02.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmoni ijrosi hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2018 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Xorazm viloyati moliya bosh boshqarmasi, Xorazm viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi, Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmalarining 2018 yil 22 fevraldagi qo‘shma xatiga asosan boshqarmalarning har biridan yosh xodimlar ishtirokida terma jamoalar tuzilib, jami 4 ta terma jamoa ishtirokida moliya tizimi xodimlarini sog‘lom turmush tarzini shaklantirish, salomatligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish va tizim xodimlari o‘rtasida do‘stona muhitni yaratish maqsadida 2018 yil 24 fevral kuni Urganch shahridagi "Yoshlik” sport majmuasida sportning "Mini-futbol”, "Shaxmat” va "Stol tennisi” turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqalarda viloyat moliya bosh boshqarmasi, g‘aznachilik boshqarmasi, Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmalarining har biridan shakllangan terma jamoalar qur’a tashlash orqali o‘zaro musobaqalashdilar.

Jumladan, "Mini futbol” bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada viloyat moliya bosh boshqarmasi terma jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, 2-o‘rinni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi va 3-o‘rinni Xorazm viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi terma jamoasi egalladi.

Shuningdek, sportning "Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqada mazkur boshqarmalar xodimlari qur’a tashlash orqali bo‘linib, o‘zaro o‘yin o‘tkazdilar. Har bir boshqarmadan 4 tadan xodim ishtirok etdi. Xar bir juftlik g‘oliblari qur’a tashlash orqali juftliklarga o‘zaro bir o‘yin o‘tkazdi. O‘yin natijalariga asosan viloyat moliya bosh boshqarmasidan I.Buranov 1-o‘rinni, 

2-o‘rinni Xorazm viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi xodimi B.Atajanov va 3-o‘rin Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xodimi M.Karimov egalladi.

Sportning "Stol tennisi” bo‘yicha musobaqada ham mazkur boshqarmalar xodimlari qur’a tashlash orqali bo‘linib, o‘zaro o‘yin o‘tkazdilar. Har bir boshqarmadan 6 tadan xodim ishtirok etdi. Xar bir juftlik g‘oliblari qur’a tashlash orqali juftliklarga bo‘linib o‘zaro o‘yin o‘tkazdilar. Natijada 1-o‘rinni viloyat moliya bosh boshqarmasidan J.Shonazarov, 2-o‘rinni Xorazm viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi xodimi Sh.Qurbonov, 3-o‘rinni viloyat moliya bosh boshqarmasidan X.Sattorov egalladi.

Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan terma jamoalarga va xodimlarga boshqarma boshliqlari tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

       B.Atajanov 

Xorazm viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlang‘ich tashkilot etakchisi