Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.U.Ermanov va 4 ta sektorlar rahbarlarining Shovot tumani aholisi bilan o‘tkazgan sayyor qabuli
25.05.2018

Xorazm viloyati Shovot tumanida 2018 yil 25 may kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.U.Ermanov, 4 ta sektorlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari, tegishli boshqarmalar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida belgilangan mahallalar aholisiga yaqin bo‘lgan hududdagi ochiq joyda ommaviy (sayyor) qabul o‘tkazildi.

Bunda, fuqarolar va ularning murojaatlari bilan ishlovchi mutaxassislar uchun zarur sharoitlar yaratilib, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi.

Ommaviy qabulda ishtirok etgan fuqarolar va tadbirkorlarning ro‘yxati shakllantirildi.

Qabulda 70 nafar fuqaro murojaat qildi. 

Murojaatlarning eng katta salmog‘i uy-joy bilan ta’minlash, ishga joylashish, tadbirkorlik qilish uchun er maydonlari ajratish, davolanish uchun moddiy yordam, ichimlik suvi, tabiiy gaz ta’minoti masalalariga qaratilgan.

Murojaatlarning har biriga alohida chuqur yondashildi. 

Mutassadi boshqarmalar va tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaatning ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda muddat belgilanib, bajarilishi qattiq nazoratga olindi.

Murojaatlardagi ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Jumladan, Shovot tumani, Beshchig‘ir mahallasida yashovchi Durdieva Yulduzning ish bilan ta’minlashni so‘rab qilgan murojaati qondirilib, shu erning o‘zida “Dizayn” MChJga tikuvchi bo‘lib ishga joylashtirildi. 

Ommaviy qabul haqida to‘liq tasavvur bo‘lishi uchun ommaviy axborot vositalari orqali qabul jarayonida masalasi hal bo‘lgan fuqarolar murojaatining mohiyati va ularni hal etilishi yuzasidan intervyular berib borish belgilab olindi.

Sektor rahbarlari OAV xodimlarini o‘z sektorlari, sektorda murojaatlar bilan ishlashning holati, shu jumladan, o‘tkazilgan ommaviy qabul natijalari haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlab borishlari rejalashtirildi.