Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



XORAZM VILOYATI HOKIMI I.M.SABIROVNING 8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN VILOYAT AYOLLARIGA TABRIG
06.03.2018

2018 yil 6 mart                                                   Urganch shahri


- Assalomu alaykum aziz onaxonlar! Oqila va  lobar, jamiyatimizning ko‘rki va  faxri bo‘lgan  qadrli opa – singillar! Onalar tayanchi, otalar uchun mehr bulog‘i bo‘lgan  qimmatli  qizlarimiz!

Barchangizni Ona tabiat va bahorning ilk bayrami – 8 mart Xalqaro xotin – qizlar kuni munosabati bilan viloyatimiz jamoatchiligi, ayniqsa  mard va jasur yigitlarimiz  nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman! 

Sog‘liq va salomatlik, yaqinlaringizning mehri va muhabbati Sizlarni hech qachon tark etmasin! Hamisha bugungiday go‘zal va nazokatli, mehribon, eng asosiysi turmush o‘rtoqlaringiz, o‘g‘illaringiz, nevara va chevaralaringiz  baxtiga doimo omon bo‘ling!

Aziz eldoshlar!

Ayol zoti azaldan Sharqda ulug‘lanib kelingan. Muqaddas hadislarda ham "Jannat ayollarning oyog‘i ostidadir”, deb ta’kidlangani bejiz emas. Ayolni mo‘’tabar tutish o‘zbek xalqining ham qon-qoniga singiz ketgan. Shuning uchun ham biz o‘zimiz uchun eng muqaddas narsalarga Ona deb, ONA VATAN, ONA ZAMIN, ONA TABIAT deb  ta’rif beramiz. 

Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi bilan 2018 yil 2 fevralda qabul qilingan "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ayolning jamiyatimizdagi turgan o‘rni, mavqeini shu paytgacha ko‘rilmagan darajaga olib  chiqdi. 

Tan olish kerak, mamlakatimizda bugungacha ham Xotin-qizlar qo‘mitalari, onalik va bolalikni qo‘llab –quvvatlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib kelingan edi. Ammo bu haqdagi gap-so‘zlarimiz ko‘pincha umumiy g‘oyalardan iborat deklarativ xarakterga ega edi. Xotin-qizlar qo‘mitalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari ko‘rsatilmagan edi. 

Ushbu Farmon esa O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining, uning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari, unga hamkor tashkilotlarning jamiyatimiz hayotidagi faolligini oshirishning aniq mexanizmlarini yaratdi. Xujjat xotin-qizlarni, ayniqsa ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab – quvvatlash, biz uchun muqaddas bo‘lgan oila institutini yanada mustahkamlashga qaratilgan  maqsadli chora – tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.. 

Endi "Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” kontseptual g‘oyasi va "Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsiplarining keng targ‘ib qilish va hayotga joriy qilish  Vazirlar Mahkamasi huzurida yangidan qayta tashkil etilayotgan "Oila” ilmiy-amaliy madqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifasi qilib belgilandi. 

2018 yilning 1 aprelidan boshlab FXDYo organlarining nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, ajralishlarning oldidini olishi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishlari shahar-tuman hokimliklariga bo‘ysundirildi. 

2018 yil 1 apreldan har bir fuqarolar yig‘inlarida bittadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida esa ikkitadan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar lavozimlari joriy etiladi.

Ushbu Farmon bilan hayotga joriy qilinayotgan yana bir muhim yangilik Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarning yosh chegaralari avvalgi 14-22 yoshdan 14 yoshdan 30 yoshgacha kengaytirildi. Bundan tashqari shu paytgacha bu mukofot Qaroqalpog‘iston Respublikasi , viloyatlar va Toshkent shahridan bittadan vakilga berilgan bo‘lsa bu yildan e’tiboran ikkitadan iqtidorli qizlar ushbu nufuzli mukofot sovrindorlari bo‘lishlari mumkin.

Jamiyat va davlat hayotidagi faolligi va tashabbuskorligi bilan boshqalarga namuna ko‘rsatgan ayollar uchun  "Mo‘’tabar ayol” maxsus ko‘krak nishoni ham ta’sis etildi.

Bularning barchasi, yuqorida ta’kidlaganimizday oilalarimiz, ayollarimiz, Xotin – qizlar qo‘mitalari va oila instituti mavqeini tarixda ko‘rilmagan darajaga olib  chiqdi.

Bu bejiz emas. Chunki shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon farzandlar tarbiyasi, biz uchun muqaddas bo‘lgan oilani mustahkamlashda  barchamizning, jumladan, ayollarimiz oldiga ham zudlik bilan echilishi lozim bo‘lgan murakkab muammolarni qo‘ymoqda. Bugun yon-atrofimizda kunda – kun osha sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz voqealar hammamizni tashvishga solmoqda. Bu muammolarning eichimini topishda xotin-qizlar qo‘mitalari, faol ayollarimiz, nuroniy onaxonlarimiz tashabbusni o‘z qo‘llariga olishlari lozim. "Mahalla”. "Nuroniy jamg‘armasi”, Yoshlar Ittifoqi va boshqa nodavlat – notijorat tashkilotlari faollarining shu yo‘nalishdagi harakatlarini   uyushtirish ham Sizlarning zimmangizda, desak aslo xato bo‘lmaydi. Shunday ekan, xalqimiz, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan oldimizga qo‘yilayotgan ulkan vazifalarni og‘ishmay hayotga tadbiq qilishdek mas’uliyatli vazifalarni bajarishda hammangizga omad yor bo‘lsin!

Aziz opa – singillar! 

Har yili Xotin-qizlar bayrami arafasida O‘zbekistonda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining sovrindorlari e’lon qilinadi. Bu yil Xorazmning juda ko‘plab iqtidorli, oqila qizlari orasidan eng munosiblari tanlandi. (Nomlari aytiladi) Biz qizlarimizni, ularning yaqinlarini  Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlari munosabati bilan viloyat ahli nomidan qizg‘in tabriklaymiz! Bu qizlarimizning kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.  

Aziz onalar, opa – singillar! 

Hammangizni yana bir bor 8 Mart xalqaro xotin – qizlar kuni munosabati bilan tabriklayman!

Bayram elimizga osoyishtalik, tinchlik, farovonlik olib kelsin.

E’tiborlangiz uchun rahmat!