Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



XORAZM VILOYATI 4-SEKTORI RAHBARI DASHYOQ QISHLOG‘IDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZDI
23.06.2018

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, muammolarga tezkor va samarali yechim topish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan ommaviy qabullar odamlarning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, sektorlar faoliyatida mahallalarda aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, joylarda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mavjud muammolarga chek qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorazm viloyati to‘rtinchi sektori rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Jahongir Temurov boshchiligida Xiva tumanining Dashyoq qishlog‘ida o‘tkazilgan ommaviy qabul ham o‘z samarasini ko‘rsatdi. Unda aholini qiynayotgan muammolarga yechim topishga harakat qilindi. Muloqotlar mazkur hududlarda yashayotgan fuqarolarda uy-joy, yer ajratish, mehnat munosabatlari va bandlik masalalari, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi ta’minoti, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holati, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ariza va shikoyatlar ko‘pligini ko‘rsatdi. Masalan tumandagi “Chinobod” qishlog‘i “Pirnaxos” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Quranboy ota Niyazmetovning turmush o‘rtog‘i Zarya Sayyoxova baland qon bosimi kasalligi tufayli 18 yil oldin yurolmay qolgan. Bir tomonda ro‘zg‘or tashvishi, ikkinchi tomonda bemor rafiqasining dori-darmoniga ketadigan xarajat pulidan orttirib aravacha sotib olishga imkoni bo‘lmagan, Quronboy ota ommaviy qabulda nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qildi. Uning xonadonida bo‘lgan sektor rahbarlari Zarya ona Sayyoxovaga nogironlik aravachasi topshirishdi. Shuningdek tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazildi. - Ayolim ko‘p yillar oldin Afg‘onda halok bo‘lgan o‘g‘limizning dog‘iga chiday olmay kasal bo‘lib yotib qoldi. Uning yurib ketishiga umidvor edik, kasalxonalarda davolatishimizga qaramasdan qon bosimi balandligi sababli to‘shakka mixlanib qoldi. Bugun viloyat 4-sektor rahbariga aravacha so‘rab murojaat qildim. Ular shu bugun uyimizga kelishdi. Ayolimning ko‘ngli ko‘tarildi. Aravacha sabab turmush o‘rtog‘im yurib ketsin ilohim. Bunday e’tibor va hamxo‘rlik uchun Yurtboshimizga, viloyat va tuman rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi chinobodlik Quranboy ota Niyazmetov Yana bir misol tumanning “Panamaxsim” mahallasida yashovchi Saro momo Atajonovaning 13 yoshli nevarasi Rashid Matyaqubov tug‘ra yurak parogi kasalligi bilan tug‘ilgan. Shu sabab uning yurak operatsiyasi uchun Saro momo moliyaviy yordam so‘rab murojaat qildi. Har qanday ona uchun farzandidan, nevarasidan aziz, uning salomatligidanda muhim narsa yo‘q. Shu kunning o‘zida Rashidbekning yurak jahhorligi muolajasi uchun tuman hokimligi va homiylar ko‘magi ostida 5 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi. - Bugun sektor rahbarlarning qabulida bo‘ldim, - deydi biz bilan suhbatda Saro momo Atajonova. Nevaram Rashidbekning yurak operatsiyasi uchun moddiy yordam so‘radim. Sababi oilamizda faqat o‘g‘lim ishlaydi. Topganimiz ro‘zhordan ortmaydi. Barcha rahbarlarimizning umri uzoq bo‘lsin, ular xonadonimizga kelib, yashash sharoitimiz bilan yaqindan tanishdilar, nevaramga moddiy yordam berdilar. Shuningdek, kelinimni ishga joylashishida amaliy ko‘mak berishadigan bo‘lishdi. Ilohim yurtimizga, Yurtboshimizning olib borayotgan xayrli ishlariga ko‘z tegmasin. Endilikda nevaram tengdoshlari qatori sog‘lom yurak bilan yashaydi, maktabni a’lo baholarga bitkazib, yurtimiz koriga yaraydigan farzand bo‘lib kamol topadi. Ommaviy qabulda shahar aholisidan ish bilan ta’minlash, bandlik masalalari yuzasidan ham murojaatlar bo‘ldi. Ana shunday murojaatlardan biri Xiva shahar “Kalta minor” mahallasida yashovchi Faxriddin Ibodullayev tomonidan bildirildi. - 2017 yil TATU Urganch filialini tugatdim. Bir yildan buyon mustaqil ish izlab, o‘zimga mos ish topishda qiynaldim. Bugungi qabulda mutaxassisligim bo‘yicha ish so‘rab murojaat qildim. Mening murojaatim ham shu yerning o‘zida hal etildi. Tez kunlarda Xiva shahar hokimligida turizm yo‘nalishida ish boshlaydigan bo‘ldim. Endi yaxshi ish ko‘rsatib, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib mehnat qilish o‘zimga bog‘liq. Kelajakda xorijiy tillarni yanada mukammal o‘rganib, viloyatimiz turizm salohiyatiga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qildim, - deydi Faxriddin Ibodullayev. Xorazm viloyati 4-sektor rahbariga biriktirilgan Ko‘shko‘pir, Xiva tumani va Xiva shahri bo‘ylab bo‘lib o‘tgan ommaviy qabullar Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari instituti insonlarning dardu tashvishlarini tinglash, orzu-armonlarini ushaltirish, muammolarini amalda hal qilishdek hayotbaxsh maqsadlar yo‘lida o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yilgan samarali mexanizm ekanini yana bir bor isbotlab berdi. - Bugungi ommaviy qabulda birgina Xiva tuman va shahar aholisidan 50 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi, - deydi Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ziyodaddin Qurbonov. Ushbu murojaatlarning 70 foizi amaliy yechim topdi. Qolgan murojaatlar qonun doirasida tegishliligi bo‘yicha davlat tashkilotlariga yo‘llandi. Bu kabi uchrashuvlarni tashkil etilishi joylarda aholini qiynayotgan muammolarga yechim topish bilan birga, hududlarning obodligida, qishloqlarda ishlab chiqarish va tadbirkorlik sohasini rivojida hamda aholi bandligi ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizning barcha hududlari davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi, quvonchu tashvishini teran his qilgan holda ular bilan hamnafas bo‘lishi aholining og‘irini yengil qilishda yaqindan ko‘mak bermoqda. Shuningdek, joylarda tashkil etayotgan bu kabi ommaviy qabullar aholi bilan yaqindan muloqotda bo‘lishda, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, eng asosiysi, Yurtboshimiz aytganidek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dilrabo KURYAZOVA

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i