Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi: murojaat, ijro, nazorat, natija
13.04.2018

Bugun yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imtiyoz va qulayliklar samarasi natijasida ushbu soha vakillarining yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushi yanada ortib bormoqda. Biroq, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z faoliyatini mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish o‘rniga noqonuniy harakatlar bilan o‘z daromadini oshirishni niyat qilgan «g‘irrom tadbirkor» lar ham afsuski uchrab turadi.

Quyida hududiy Xorazm viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

«Ishonch telefon»lari eshitadi...

Hozirda viloyat davlat soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan «Ishonch telefon»lariga bo‘layotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda. Xususan, «Ishonch telefon»lari orqali 2018 yil I chorak davomida davomida jami 49 nafar jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.

Huquqbuzarlik uchun jazo muqarrar 

2018 yil I chorak davomida  amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 162 nafar shaxsga nisbatan 29.8 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Shu jumladan:

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 3 nafar;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 148 nafar;

- bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzgan 1 nafar;

- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan bo‘yin tovlagan deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan 10 nafar;

          Viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, ochiq muloqot va murojaatlar echimiga qaratilayotgan e’tibor soliq sohasining ochiq va oshkoraligini ta’minlashda, aholini soliq qonunchiligiga oid huquqiy bilimlarini oshirishda hamda tadbirkorlik sub’ektlarini qonuniy faoliyat yuritishi orqali sohadagi imtiyoz va preferentsiyalardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Shohzod Ozodov, 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi bosh mutaxassisi