Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“Xorazm lazgisiga maftun bo‘ldim...“
15.09.2018

Bu “Raqs sehri” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilayotgan ommaviy va yakkaxon raqslar tanlovini kuzatib borayotgan yaponiyalik ekspert Mashuka Mazokining so‘zlari. – Jamoalarning chiqishini kuzatarkanman, ularning rang-barangligi, jozibasi menga juda yoqdi, – deydi M. Mazoki. – Mamlakatingizning har bir hududida o‘ziga xos raqs san’ati maktabi mavjud ekan. Ular bir-birini takrorlamaydi. Buxorolik va xorazmlik qizlarning raqslari menda juda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Xorazm lazgisiga maftun bo‘ldim.
Xiva tumanidagi “Sayot” madaniyat va aholi dam olish maskanida o‘tkazilayotgan tanlovda respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan raqs jamoalari va yakkaxon raqqosalar qatnashmoqda. Raqs tanloviga AQSH Korkoran san’at va dizayn maktabi direktori Lorel Grey, indoneziyalik xoreograf Asri Dvi Xapsoki, Kanada milliy raqs studiyasi boshqaruvchisi o‘rinbosari Sashar Zarif, YUNESKOning Butun jahon raqs tashkiloti a’zosi Gulnora Musaeva hakamlik qilmoqda. SHuningdek, tanlovni xalqaro ekspertlar Mashuka Mazoki (Yaponiya) va Sofiana Mufidax (Indoneziya) kuzatib bormoqda. – Biz jamoamiz bilan bugungi tanlovda “Samarqand Ufori” raqsiga tayyorlanib, kelganmiz. Umid qilamizki, xalqaro toifadagi hakamlar hay’ati ijodimizni munosib baholaydi, – deydi Samarqand viloyati “Tamanno” raqs ansambli jamoasi raqqosasi SHahnoza Mirzaeva. Raqs tanlovi kun bo‘yi davom etadi. G‘olib va sovrindorlar yakuniy gala-konsertda taqdirlanadi.

Ahmadjon SHokirov, Shonazar Qoriev (surat) O‘zA