Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Xorazm: Kecha va bugun
19.10.2015

Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga  ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma  yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”  shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda o‘lkamizda madaniy dehqonchilikka asos solinib, birinchi sug‘orish tarmoqlari vujudga kelgan. Hududda irrigatsiya va melioratsiya  tizimlarining eng rivojlangan payti eramizdan avvalgi VII va eramizning III asrlari oralig‘iga to‘g‘ri keladi. 
Sug‘orish tizimlarining barpo etilishi, uni ishchi holatda saqlab turish uchun kuchli davlat zarur edi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Xorazmda ilk kuchli markazlashgan davlat shakllanib, o‘zbek davlatchiligining tamal toshlari bizning vohada qo‘yilgan. Mutaxassislar Xorazmni insoniyat sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan hududlardan biri sifatida e’tirof etadilar. 
Bundan ming yil oldin Xorazmda Ma’mun akademiyasi faoliyat ko‘rsatganligi ham fikrlarimizga asos bo‘la oladi. “Baytul hikma” – “Hikmatlar uyi” deb atalgan ushbu dargohda umumjahon ilm – fan taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan X asrning buyuk qomusiy olimi Al-Beruniy, o‘zining “Tib qonunlari” kitobi bilan tibbiyotning ko‘p asrlik taraqqiyotini belgilab bergan Abu Ali ibn Sino kabi buyuk  allomalar faoliyat  olib borganlar. Shuningdek,  nomidan zamonaviy “algebra” atamasi olingan o‘rta asrlarning buyuk matematigi Muhammad al Xorazmiy ham shu tuproqda dunyoga kelgan.
O‘zbekiston 1991 yilda  mustaqillikka erishgandan keyin o‘tgan vaqt xalqimiz uchun o‘z tarixi, madaniyati va qadriyatlarini  qayta idrok etish davri bo‘ldi. 1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi,  1999 yilda xalqimizning milliy qahramoni ,  Vatan mustaqilligi uchun tolmas kurashchi, buyuk sarkarda  Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001 yilda dunyodagi ilk yozma yodgorliklaridan biri –“Avesto” kitobi yaratilganligining  2700 yilligi, 2006 yilda – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligining   xalqaro miqyosda keng nishonlanishi fikrimizning isbotidir. Shu tadbirlar o‘tkazilishi tufayli biz jahonga, jahon bizga yaqinroq bo‘lib qoldi.
Bugun viloyatimizda ana shu ming yilliklar tarixidan so‘zlovchi antik va o‘rta asrlarga taalluqli bo‘lgan 400ga yaqin tarixiy, arxeologik va madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan. Ularning asosiy qismi Xivada joylashgan. 26 gektarni egallagan “Ichon qal’a” muzey – qo‘riqxonasi YuNESKO tomonidan insoniyat madaniy meros shaharlari ro‘yxatiga 1990 yilda kiritilgan edi. Darhaqiqat, keyingi paytda mamlakatimizning asosiy sayyohlik markazlaridan biriga aylanib qolgan Xiva O‘zbekistondagi Termiz, Urganch (Ko‘hna Urganch), Samarqand va Buxoro shaharlari kabi Xitoydan boshlangan va insoniyatning tarixidagi eng ulkan transport tarmoqlaridan biri “Buyuk ipak yo‘li”da joylashgan edi. Umumiy uzunligi 12 ming kilometrga teng bo‘lgan bu yo‘l ellardan ellarga mol va tovarlar, madaniyat va ilm – fan tashishda muhim vosita edi va u vohamizning o‘rta asrlardagi taraqqiyotida ulkan rol o‘ynagan. 

Endi bugungi Xorazm haqida qisqacha ma’lumot:
Viloyat hududi 6 ming kv. kmdan ortiqroq maydonni o‘z ichiga oladi (respublika hududining 1,6 %). Aholi soni 1 mln. 700 ming , shundan ayollar 827 ming kishini (50,7%), 30 yoshgacha bo‘lganlar soni 807 ming nafarni (49,5%) tashkil etadi.  Har 1 kv. km.da  280 kishi istiqomat qiladi. Viloyatda 10ta tuman va 1 shahar mavjud. Xorazmning ma’muriy markazi Urganch shahrida  esa 140 mingdan ziyod aholi yashaydi. 
Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi , shuningdek viloyatimizda 30 dan ortiq millat va elat  vakillari istiqomat qiladi. Koreys, qozoq, tatar va rus milliy-madaniy markazlari, “O‘zbek – turkman do‘stlik jamiyati”lari  faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovning viloyatimizga berayotgan ulkan e’tibori bois Xorazmning sanoat salohiyati, turizm sohasi, qishloq xo‘jaligini yanada taraqqiy ettirish, viloyat markazi Urganch shahrining bosh  rejasini amalga oshirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan  Yurtboshimizning 4 ta muhim qarori va ular asosida Davlat Dasturlari qabul qilingan edi. Bugun Xorazmda ana shu keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 
Natijada 2014 yilning yanvar oyidan boshlab viloyatimiz respublika-dagi avtomobil ishlab chiqaradigan 4 ta hududning biriga aylandi. Hozir Andijondagi avtomobil zavodining Xorazm filialida “Damas” avtomobillari va “Shevrolet Orlando” oilaviy avtomashinalarini tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi. 
Xitoylik hamkorlar bilan zamonaviy ekskavatorlar, yo‘l – qurilish texnikalari ham ishlab chiqarilmoqda.

Xorazm viloyat hokimligining Axborot xizmati