Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar DORO I ning Behsutun bitigi (eramizdan avvalgi 521-486 yillar)
19.10.2015

Eski fors tilidan rus tiliga V.I.Abayev tarjimasi.
Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan.  Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga  shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida).
“Men Doro, ulug‘ podshoh, shohlarning shohi, Fors podshohi, mamlakatlar sultoni, Vishtasp o‘g‘li, Arshamaning nevarasi, Ahamoniy. Doro podshoh deydi: “Mening otam  Vishtasp, Vishtaspning otasi Arshama, Arshamaning otasi  Ariaramna, Ariaramnaning otasi  Chishpish, Chishpishning otasi Ahamon. Shuning uchun biz Ahomoniylar deb yuritilamiz. Bizning ajdodlar azal azaldan hurmat va e’tiborda bo‘lib, azal azaldan bizning urug‘ aymoqlarimiz podsholik qilganlar. Mening ajdodlarimdan mengacha sakkiz kishi podshoh bo‘lgan. Men to‘qqizinchiman. Bizdan to‘qqiz kishi izma iz podsholik qilganlar. Axura Mazdaning irodasi bilan men podshohman. Axura Mazda menga podsholikni berdi.    
Axura Mazdaning irodasi bilan menga tubandagi mamlakatlar meros bo‘lib qoldi va men ularning podshohi bo‘ldim: Fors, Elam, Bobil, Assiriya (Suriya), Arabiston, Misr, (dengiz bo‘yidagi mamlakatlar) Lidiya, Ioniya (Iroq), Midiya (Ozarbayjon), Armaniston, Kappadokiya (Kafkaz), Xuroson (Xuroson), Drangiana (Gruziya), Areyya (Oriylar mamdakati), Xorazm, Baqtriya, Sug‘diyona, Gaydara (Sibir), Saqa (Orol bo‘yi), Sattagidiya (Kaspiy bo‘yi), Araxoziya (Bolgariya), Maka (Qora dengiz bo‘ylari): hammasi bo‘lib 23 mamlakat.
Bu mamlakatlar menga meros bo‘lib qolgan. Axura Mazdaning irodasi bilan ular mening qo‘l ostimga o‘tib, menga o‘lpon keltirdilar. Men ularga nimani buyursam, kunda bo‘ladimi, tundami hammasini ijro etdilar. Bu mamlakatlardagi eng  yaxshi odamni taqdirladim, menga dushmanlik qilganlarini qattiq jazoladim. Axura Mazdaning irodasi bilan bu mamlakatlar mening qonunlarimga bo‘ysundilar. Ularga nimani buyursam bajardilar. Axura Mazda menga bu mamlakatni berdi. Axura Mazda bu mamlakatga ega bo‘lishimda yordam qildi. Axura Mazdaning irodasi bilan men bu mamlakatning egasiman”. 
Doro shoh deydi: “Men shoh bo‘lganimdan keyin tubandagilarni amalga oshirdim. Bizning urug‘dan bo‘lgan Qambiz, Kirning o‘g‘li bu yerda podshoh edi. Qambizning bir ota onadan tug‘ilgan Bardiya (Smerdis) nomli akasi bor edi. Qambiz Bardiyani o‘ldirdi. Qambiz Bardiyani o‘ldirgan paytida xalq uning o‘ldirilganligini bilmas edi. Shu vaqtda Qambiz Misrga ketdi. Xalq g‘alayon ko‘tardi. Mamlakatda mash’um voqealar ro‘y berdi. Fors, Midiya va boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday voqealar sodir bo‘ldi.
Keyin bir odam, Gaumata ismli bir sehrgar paydo bo‘ldi. U Arakadrish tog‘i yaqinidagi Pishiyauvadeda qo‘zg‘olon ko‘tardi. U qo‘zg‘olon ko‘targan payt viyaxna oyining 14-kuni edi (522 yilning mart). U xalqni “Men Kirning o‘g‘li Bardiya, Qambizning ukasiman”, deb aldadi. Shunda barcha xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi va Qambizdan u tarafga o‘tdi – Fors ham, Midiya ham, boshqa mamlakatlar ham. U (Gaumata) shohlikni egallab oldi. Bu voqea, uning shohlikni egallab olgani garmapada oyining (522 yilning aprel) 9-kunida sodir bo‘ldi. Shundan keyin Qambiz o‘z o‘limi bilan o‘ldi.
Sehrgar Gaumata Qambizdan tortib olgan shohlik azal azaldan bizning ajdodlarga qarashli edi. Va sehrgar Gaumata Qambizdan Forsni ham, boshqa mamlakatlarni ham tortib oldi. Sehrgar Gaumatadan shohlikni tortib olishga qodir bo‘lgan na bir forsiy, na bir midiyalik, na bir bizning avlodimizdan biror kishi topilmadi. Xalq sehrgar Guamatan Bardiyani taniganlarning ko‘pchiligini uning Kirning o‘g‘li Bardiya emasligini bilib qolmasligi uchun qirib tashlaydi, deb juda qo‘rqardi. Men kelgunimcha hech kim sehrgar Gaumataga qarshi biror gap aytishga botina olmas edi. Keyin men Axura Mazdaga sig‘indim. Axuru Mazda menga ko‘mak berdi. Men bir necha yaqinlarim bilan sehrgar Gaumata va uning taniqli gumashtalarini  Midiyaning Nisayya degan yerida, Sikayauvatish qal’asida o‘ldirganimda bagayadish oyining 10-kuni (522 yilning sentyabri) edi. Shohlikni undan tortib oldim. Axura Mazdaning irodasi bilan men shoh bo‘ldim. Axura Mazda menga shohlikni berdi. Bizning avlodimizdan tortib olingan shohlikni men qaytarib, avvalgi holida tikladim. Sehrgar Gaumata vayron qilgan Ziyoratgohlarni men obod qildim. Xalqqa sehrgar Gaumata tortib olgan boyliklari : mol – holi, qarol – cho‘rilari,  yer – mulkini qaytarib berdim. Men mamlakatni, Forsni ham, Midiyani ham, boshqa mamlakatlarni ham oldingi holatida qayta tikladim. Tortib olingan barcha narsani qaytarib oldim. Men bu ishlarni Axura mazdaning irodasi bilan  amalga oshirdim. Men taxtimizni avvalgi joyiga tiklash, sehrgar Gaumata uni tortib olmasligiga erishdim.
Men shohlikka erishganimdan keyin amalga oshirgan ishlarim shular”.
Shoh Doro shunday deydi: “Men sehrgar Gaumatani o‘ldirganimda, Assina ismli bir kishi, Upadarmaning o‘g‘li Elamada qo‘zg‘olon ko‘tardi. U odamlarga shunday dedi: “Men Elamaning shohiman”. Shundan keyin elamaliklar qo‘zg‘olon ko‘tardilar va o‘sha Assina tomonga o‘tdilar: u Elamaning shohi bo‘lib oldi. 
Nadintabayra ( Nidintu-Bel) ismli Bobillik bir kishi, Anirining o‘g‘li, Bobilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. U xalqni shunday deb aldadi: “Men Navuxodonosor, Nabonidaning o‘g‘liman”. Va shundan keyin butun Bobil ahli o‘sha Nadintabayra tomonga o‘tdi. Bobil qo‘zg‘olon ko‘tardi va u Bobilda hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. 
Shunda men Elamga odam yubordim. O‘sha Assina deganni qo‘llari bog‘liq holda mening qoshimga keltirdilar va men uni tangri shahodatiga yetkazdim. 
Shundan keyin men Bobilga, o‘zini Navuxodonosor deb atagan Nadintabayraga qarshi otlandim. Nadintabayraning qo‘shini Dajla daryosi yaqini o‘rnashib olgan edi. Uning qo‘shini shu erga turar, daryo toshqini sabab undan o‘tishning iloji yo‘q edi. Shunda men qo‘shinni teriga o‘tqazdim, qolganlarni tuyalar va otlarga mindirdim. Axura Mazda menga madad berdi. Axura Mazdaning irodasi bilan biz Dajlani kechib o‘tdik. O‘sha erda men Nadintabayraning qo‘shinini tor - mor qildim. Biz jangga kirgan kun assiyadiya oyining 24 – sanasi (522 yilning yanvari) edi”. 
Shunda men Bobilga qarab yurdim. Bobilga etmasdan Nil bo‘yida Zazana degan shahar bor, o‘zini Navuxodonosor deb atavchi Nadintabayra menga qarshi jang qilish uchun o‘z qo‘shini bilan o‘sha erga etib keldi. Keyin jang bo‘ldi. Axura Mazda menga ko‘mak berdi. Axura Madaning irodasi bilan Nadintabayraning qo‘shinini tor-mor qildim. Dushman suv tomonga qisilib qoldi. Suv qo‘shinni tortib ketdi. Biz jangga kirgan kun anamakning 2- kuni (522 yilning yanvari) edi.
Nadintabayra bir necha otliqlari bilan qochib Bobilga keldi. Shunda men Bobilga tomon  yurish qildim. Axura Mazdaning irodasi bilan Bobilni qo‘lga kiritdim va Nadintabayru degan kimsani asir oldim. Keyin men bu Nadintabayruni Bobilda o‘ldirdim. 
Bobilda ekanligimda quyidagi davlatlar mendan yuz o‘girdilar: Fors, Elam, Midiya, Assiriya, Misr, Xuroson, Marg‘iyona, Sattakiya, Saqa.
Forsning Kuganaka degan shahridan bo‘lgan Martiya ismli kishi, Chichixrishaning o‘g‘li Elamada qo‘zg‘olon ko‘tardi. U xalqqa shunday der edi: “Men – Imanish, Elamaning shohiman”. Men o‘sha paytda Elamaning yaqinida edim. Elamaliklar mendan qo‘rqib ularning boshlig‘i bo‘lib turgan Martiyani tutdilar va o‘ldirdilar. 
Midiyalik Fravartish degan bir kimsa Midiyada sarkashlik qildi. Xalqqa shunday dedi: “Men Uvaxshtra avlodidan Xshatritaman”. Shunda saroyda turgan qo‘shin mendan ayrilib Fravartish tomonga o‘tib oldi. U Midiyaning shohi bo‘ldi. 
Mening qoshimdagi Fors va Midiya qo‘shinining soni oz edi. Shunda men unga qarshi qo‘shin yubordim. Qo‘l ostimdagi fors Vidarnani u qo‘shinga bosh qildim va dedim: “Boring va meni tan olmaydigan o‘sha Midiya qo‘shinini tor- mor qiling”. Keyin Vidarna qo‘shini bilan yo‘lga tushdi. Midiyaga etib kelgach Darush degan shahar yonida midiyaliklarga qarshi jangga kirdi. Axura Mazda menga madadkor bo‘ldi. Axura Mazdaning irodasi bilan mening qo‘shinim  isyonkor qo‘shinni tor-mor qildi. Jang bo‘lgan kun amanaka oyining 27-kuni (521 yilning yanvar) edi. Shundan keyin qo‘shin meni Midiyaning Kampada degan joyida men Midiyaga yetib kelgunimcha kutib turdi”.
Kungrad.com saytidan olindi.
Xorazm viloyat hokimligining Axborot xizmati