Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



XO‘JANIYOZOVA SHAKARJON YUSUPOVNA
28.10.2017

Xorazm viloyati jamoatchiligi og‘ir judolikka uchradi. Bevaqt o‘lim ajoyib inson, mohir tashkilotchi, iqtidorli rahbar, mehribon ona Xo‘janiyozova Shakarjon Yusupovnani 63 yoshida oramizdan olib ketdi.

Shakarjon Xo‘janiyozova 1955 yilda Bog‘ot tumanida dunyoga keldi. Uning otasi Yusufboy Xo‘janiyozov o‘z sohasining yetuk mutahassisi, el orasida katta obro‘ va e’tibor qozongan mohir shifokor, ziyoli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan inson edi. Otasidan ushbu insoniy fazilatlarni meros qilib olgan yosh Shakarjon Xo‘janiyozova ham o‘zining tirishqoqligi, harakatchanligi, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ya bilishi va unga erishish yo‘lida o‘qish va o‘rganish, tinmay izlanishdan charchamasligi bois 1977 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutini muvaffaqiyatli yakunlab, muhandis – mexanik mutaxassisligiga ega bo‘ldi.

Ish faoliyatini 1977 yilda Bog‘ot tumanidagi Narimanov nomli jamoa xo‘jaligida hisobchi vazifasida boshladi. Ishga jiddiy munosabati, har qanday topshiriqqa o‘ta mas’uliyat bilan yondoshishi tufayli boshlovchi mutahassis tezda tuman rahbariyatining nazariga tushdi. 1978 yilda shu tumandagi 101-son hunar – texnika bilim yurti direktori o‘rinbosarligiga tayinlandi. Keyinroq shu bilim yurtida direktor, 1983 yilda Narimanov nomli jamoa xo‘jaligi boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 1988-1992 yillarda Xalq deputatlari Bog‘ot tumani ijroya qo‘mitasi raisi, Bog‘ot tumani partiya qo‘mitasi birinchi kotibi, Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.

Shakarjon Xo‘janiyozova qayerda ishlamasin, qanday vazifa ishonib topshirilmasin uni sidqidildan, fidoyilik bilan ado etdi. Ish faoliyati davomida Shakarjon Xo‘janiyozovada har qanday jamoaning og‘zibirligini ta’minlab, tezda kishilar bilan ellashib keta olish kabi rahbar uchun nihoyatda muhim fazilatlari shakllandi, ko‘zga ko‘rindi.

Shakarjon Xo‘janiyozovaning butun rahbarlik salohiyati, ertani aniq ko‘ra bilishi, murakkab paytlarda ham eng to‘g‘ri yo‘lni tanlay bilishi va manzil sari og‘ishmay, sabr toqat, matonat bilan harakat qilishdek qobiliyatlari Bog‘ot tumani hokimi bo‘lib ishlagan 1992-2000 yillarda, ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu yillar mustaqillikka endi erishgan yosh O‘zbekiston davlati uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy – ma’rifiy sohalarni mustahkamlash uchun bir tan, bir jon bo‘lib mehnat qilish lozim bo‘lgan yillar edi.

Shunday og‘ir sharoitlarda Shakarjon Xo‘janiyozova bosh bo‘lgan Bog‘ot tumani mehnatkashlari mamlakat iqtisodini mustahkamlash, oziq – ovqat va don mustaqilligini ta’minlash, bozor munosabatlariga o‘tish davrida aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy nochor qatlamlarini ishonchli va mustahkam himoya qilish kabi davlat siyosatini izchillik bilan hayotga tadbiq qilishda umum o‘zining ishga munosib hissalarini qo‘shdilar.

Shakarjon Xo‘janiyozova O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni haqli ravishda o‘z ustozi deb bilar va Islom Karimovday o‘zbek xalqining buyuk farzandi, ulkan davlat arbobining nazariga tushgan, mehrini qozongan edi.

Islom Karimov, Iskandar Do‘sov, Marks Jumaniyozov, G‘ayrat Masharipov kabi ustozlaridan ta’lim va tarbiya olgan Shakarjon Xo‘janiyozova 2000 yildan e’tiboran viloyat hokimligining rahbarlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘tgan davrda Xorazm viloyati xotin – qizlar qo‘mitasining raisi, Xorazm viloyati hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xorazm viloyati hokimining tashkiliy, iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini – o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida faoliyat olib bordi.

Ayniqsa, keyingi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy hayotini chuqur isloh qilish va yangilash, hududlarning mutanosib taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan keng miqyosli, ko‘lamdor islohotlarning mazmun – mohiyatini chuqur anglab, ularni targ‘ib va hayotga tadbiq qilishda alohida o‘rnak va faollik namunalarini ko‘rsatdi.

Shakarjon Xo‘janiyozova qayerda, qaysi lavozimda ishlamasin oddiy va kamtarin, xushmuomala va ziyoliy inson bo‘lib qolaverdi.

Xo‘janiyozova Shakarjon Yusupovnaning xalq oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan yuqori baholangan. Shakarjon Xo‘janiyozova "Mehnat shuhrati” va "Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Elimizning qadrli farzandi, ajoyib inson, yurt ravnag‘i va turmush farovonligi uchun tolmas kurashchi Shakarjon Xo‘janiyozovaning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

Ilgizar Sabirov, Maqsud Sapaev, O‘ktam Masharipov,

Ergash Yusupov, Sayyora Abdikarimova. Hamza Otaxonov,

Oltiboy Rajabov, Matkarim Jumaniyozov, Mansur Masharipov.