Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Xivada “Gurvak - Xorazm qovunchiligi ramzi” deb nomlangan an’anaviy qovun sayli bo‘lib o‘tdi
13.08.2015

Xorazm diyori azaldan eng sara, rang-barang qovunlar maskanidir. Uning serquyosh iqlimi, turli mikro va makro elementlarga boy zaminida azaldan tilimi tilni yorar, shirin-shakar qovunlar yetishtirib kelinadi.
Vohada yashovchi har bir ziroatkorning qurbi yetganicha qovun yetishtirishi, qo‘ni-qo‘shni, dust-yoronlarini qovun yeyishga taklif etishi xalqimizga xos ajoyib fazilatlardan. “Qovun chertagimizga keling!”, “Qovun yeb keting!”, “Qovun olib keting!”. Bunday taklif-tavozelar, muruvvat ko‘rsatishlar ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan qadimiy qadriyatlarimizdandir.


Qovun azaldan xalqimiz sevib iste’mol qiladigan totli, shifobaxsh mahsulot. Uning tarkibida kishi organizmi uchun zarur bo'lgan A, Bl, V2, S, R vitaminlari, kaliy, magniy, fosfor va temir tuzlari mavjud. Shu bois ajdodlarimiz undan turli kasalliklarni davolashda moxirlik bilan foydalanib kelishgan. Kundalik turmushimizda xonadonlarda ovqatdan keyin dasturxonga qovun kesib keltirilishi, mag‘zidan qovun qoqi, murabbosini tayyorlash kabi urflarimiz ildizlari ham olis moziyga borib taqaladi. Xatto qirchillama qish paytlarida ham dehqon bozorlarida tiliklab qovun sotish, xavoning sovuqligiga qaramay qovun yeyish odatlari Xorazmda azaldan davom etib kelmoqda.
Qovun  qadimdan beda urug‘i, o‘rik qoqi qatori mahsulotlar qatorida uzoq o‘lkalarga chiqarilgan. Shu sabab  voha qovunlarining dovrug‘i mamlakatimizdan tashqarida ham ma’lum va mashhur. U rang-barangligi, shiradorligi, shifobaxshligi bilan xaridorlarning e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. O‘rta asr arab manbalarida Xorazm qovunlari haqida keltirilgan ma’lumotlar yuqoridagi fikrlarimizni yana bir karra tasdiqlaydi.


Davlatimiz rahbarining “2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, sahovatli zaminimizda pishib yetilgan shirin-shakar kovunlarni turistik brend sifatida Xivada  “Gurvak - Xorazm qovunchiligi ramzi” deb nomlangan an’anaviy qovun sayli o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Maqsad serquyosh zaminimizda bitgan ushbu tanchiq mahsulotni   xorijlik sayyohlarga keng targ‘ib etish, uning qadimiy navlarini qayta tiklash va saqlab qolish, turlarini ko‘paytirish, voha polizkorlarining qovunchilikni rivojlantirish borasidagi tajribalarini keng ommalashtirish, tarmoqda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilish, sohaning eksport salohiyatini oshirish.
8 avgust kuni  Ichon qal’ada “Gurvak-Xorazm qovunchiligi ramzi” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Viloyat xokimligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Xorazm mintaqaviy bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda xorijiy mehmonlar ham ishtirok qildilar.
Viloyat xokimi P.Bobojonov Qovun sayli qatnashchilari, barcha mehmonlarni tantana munosabati bilan qizg‘in qutladi.
Tadbir qatnashchilari, shu jumladan xorijlik mehmonlar dasturxonlarga taklif etildi. Ular shirin-shakar qovunlardan iste’mol qilar ekanlar, yurtimiz sha’ni, ziroatkorlar mehnati samaralariga tasannolar aytishdi.


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishuv, tajribali polizkorlar bilan muloqotlar boshlanadi. Ayniqsa, Shovot tumani Shovotqal’a qishlog‘idagi Ruslan Bekjonov boshliq “Asal, Lobar” fermer xo‘jaligi jamoasining polizchilikdagi ish tajribasi qatnashchilar e’tiborini jalb etdi.
Xususan, Urganch tumani sohibkorlari tashkil etgan ko‘rgazma tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Tuman polizkorlarining qovun yetishtirishni ko‘paytirish, uning yo‘qolish darajasiga borib qolgan navlarini qayta tiklash, tarmoqning eksport saloxiyatini oshirish bilan birga uni sifatli saqlash, qayta ishlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratayotganliklari ko‘rgazmada ham o‘zining keng aksini topgan. Urganchliklar qovun mag‘zidan qovun qoqi, qovun murabbosi, urug‘idan tuxum barak kabi 32 tur noz-ne’mat tayyorlab, xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash borasida qovun-tarvuz mahsulotlari alohida o‘rin tutishini o‘z amaliy faoliyatida isbotladilar.
O‘zbekistan sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Gurlan tumanidagi viloyat tayanch punktida qovunlarning qadimiy navlarini qayta tiklash bilan birga uning turli kasalliklarga chidamli yangi navlarini yaratishga ham alohida e’tibor qaratilyapti. Jumladan, tayanch punkta dalalarida uning “Gurvak”, “Beshak”, “Surxon beshagi”, “Suyunchi”, “Shirinpechak” “Qariqiz” “Oqnovvot” “Jiyda yaproq”, “Nonigo‘sht”, “Sariq gulobi”, “Gulobi Xorazmiy”, “Shirinpo‘choq” kabilar bilan birga “Saxovat”, “Amudaryo”, “Zargulobi” kabi kasalliklarga chidamli navlari ham ekib ko‘paytirilyapti. Xozirda tayanch punkti polizlarida qovunning jami 35 turi yetishtirilmoqda.
Yangibozor tumani Cho‘bolonchi qishlog‘idagi Odilbek Rahimboev boshliq “Rahimboy Qo‘chqorov” fermer xo‘jaligi polizkorlari qovunchiligimiz ramzi bo‘lgan, shirasi talni yorar “Gurvak”ni yetishtirishga alohida e’tibor qaratishyapti. Xo‘jalik dalalarida uning o‘ndan ziyod turi yetishtirilmoqda. Shu bois jamoa tanlovning “Eng yaxshi “Gurvak” yetishtiruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Shuningdek, tadbirda qovunchilikni rivojlantirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari, tarmoqda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, uning yo‘qolib borayotgan navlarini qayta tiklash, eksport salohiyatini oshirish, shirin qovun yetishtirish nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Ular tegishli diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Umumiy yakunlarga ko‘ra Urganch tumani polizkorlari birinchi, Xazorasp tumani polizkorlari ikkinchi, Xonqa tumani polizkorlari uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi va ular tegishli darajadagi diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, Xorazm qovunchiligining dovrug‘ini oshirish masalalarini targ‘ib qilish borasidagi samarali faoliyati uchun ommaviy axborot vositalari xodimlarining bir guruhi ham taqdirlandilar.
Qadim shaharda bo‘lib o‘tgan “Qovun sayli” uning ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Ular dil so‘zlarini mamnuniyat bilan izxor qilishdi:
San’at DEVONOV, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti:  Xivadagi bu ajoyib tadbirni tomosha qilib, kuzatib o‘zim bosh rolni ijro etgan “Maftuningman” filmining suratga olish jarayonlarini esladim. Ha men Xivaning Eski Qiyot qishlog‘idan mana shunday noz-ne’matlar yaratishga hissa qo‘shgan Sharif Jumaniyozov obrazi bilan elga tanildim. Shuning uchun ham tilimi tilni yoradigan, asalga mengzaydigan qovunlarni yetishtirgan va uni mana shunday sinovdan o‘tkazayotgan elimizning mard, fidoyi dehqonlariga ofarinlar aytgim keladi. Biz san’at ahli ularning mardonavor mehnatini qanchalik madh etsak oz.
Otanazar PIRNAZAROV, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi,”Nuroniy” jamg‘armasi Xiva tuman bo‘limi raisi:- Istiqlol bayrami oldidan o‘tkazilgan bu tadbir hammaning dilini xushnud qildi. Dehdonlarimiz mehnati ulug‘landi. Zaminimizda yetishtirilgan noz-ne’matlar dunyo sayyohlarini hayratga soldi. Men xakamlar hay’ati a’zolari bilan sayilga olib kelingan qovunlar turlarini sanadim: “Gurvak” ning olti xili, “Shirinpechak”, “Olaxomma”, “Gulobi”, “Beshak”, “To‘rnovvot”, “Nonigo‘sht”, “Shakarpora”, “Qariqiz”, “Xitoyi”... Bunday qovunlarni turlarini ko‘paytirish borasida olimlarning ishtirok etishlari ham juda yaxshi bo‘ldi. Yurtimizda mana shunday to‘kin-sochinlik, farovonlik bo‘laversin!
Benales ERVIN, avstriyalik sayyoh: - Tashrifimiz mana shunday ajoyib tantanaga to‘g‘ri kelganligidan xursandmiz. O‘zbekiston qovunlari haqida eshitar edigu, to‘g‘risi ularni totib ko‘rmagan edik. Bunday shirinlik, lazzat faqat Xorazm qovunlarida bor. Men noshirman. Yurtimga borgach, bu sayil xaqida matbuotda. kitoblarda, bukletlarda yoritishni ko‘nglimga tugib qo‘ydim.
Daniel CHAN, xitoylik mehmon:- “O‘zbekiston jannatmakon yurt” deganlarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz. Qovunlar bilan bog‘liq tantana fikrimning guvoxi. Har biri mo‘’jizaga teng shirin qovunlarni yetishtirganlarga ming rahmat!
Fridrix YIM, frantsiyalik sayyoh: - Men umr yo‘ldoshim bilan Xivaga sayohatga kelgan edim. Yaqinda turmush qurganmiz. Bugungi tadbir bizning oilamiz hayotida umrbod unutilmas voqea bo‘lib muhrlanib qoladi. Bu qadar to‘kin-sochinlik, mehmondustlikni ko‘rib chin dildan hayratlandik. Butun O‘zbekiston turmushi farovonligini , buyuk kelajagini mana shu tantana timsolida ko‘rib turibmiz. Bu tadbir biz eshitganimiz Xivani chindan ham ertaklar shahriga aylantirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bir tomonda kuy-qo‘shiqlar yangrayapti, raqqosalar xiromi, bir tomonda osmoni falakda nozik sim ustida dorbozlarning tomoshalari... Yurtingizga havas qilsa arziydi. Tashrifimiz taassurotlarini do‘stlarimizga aytib beramiz. Bu go‘zal go‘shaga yana kelishni niyat qildik.
Zumrad ISKANDAROVA, “Ichonqala” Davlat muzey-qo‘riqxonasi “Xorazm tabiati” bo‘limi mudiri:- Sayil ishtirokchilariga jamoamiz bugun sidqidildan xizmat qildi. Ishtirokchilar bizning tabiat muzeyimizda ham bo‘lib, Xorazmda yetishtiriladigan noz-ne’matlar, xususan, poliz mahsulotlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ularga Xorazm qovunlari haqida bukletlar taqdim etildi.
“Qovun sayli” Xivaga oqshom oralagan paytda ham davom etdi. Rang-barang chiroqlar og‘ushida qadim shahar o‘zgacha manzara kasb etdi. “Qovun sayli” bu go‘zallikka uzukka qosh qo‘yganday yarashdi. Ayniqsa xorijlik sayyohlar bunday ajoyib tadbir ishtirokchilari bo‘lganligidan benihoya mamnun bo‘ldilar.Bu esa Prezidentimizning Xorazmda sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi Qarorining amaldagi ijrosi, ifodasi bo‘lganligidan dalolatdir.

Ollabergan RAJABOV, Abdulla SAFOYEV, 
“Xorazm haqiqati”ning maxsus muxbirlari.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 12 avgust №64 (19202)