Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xalqaro yosh matematiklar tanlovi davom etmoqda
29.10.2018

Xorazm viloyati Urganch shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada boshlandi. Olimpiadaning ochilish marosimida buyuk ajdodimiz, algebra fani asoschisi al-Xorazmiyning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi, hayoti, faoliyati, qoldirgan ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugungi kunda ham dunyo ahlini hayratga solib kelayotgani ta’kidlandi. Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazilayotgan olimpiada sinovlarida dunyoning 20 mamlakatidan 234 talaba ishtirok etmoqda. Shuningdek, yurtimizning barcha viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan talab-yoshlar bahslarda o‘z bilimini sinovdan o‘tkazmoqda. Sinovlarni matematika bo‘yicha jahonda taniqli xalqaro ekspertlar, yurtimiz va bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar xay’ati kuzatib bormoqda. Bahs shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar 5 ta matematik masalani belgilangan 5 soat davomida ishlashi lozim. Savollar algebra, matematik tahlil, geometriya, kombinatorika yo‘nalishlariga oid. Har bir masala engil, o‘rta, og‘ir daraja asosida bal bilan baholanadi. Ushbu xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik talabalarga matematika, fizika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturaga kvotadan tashqari davlat granti asosida kirish huquqi beriladi. Urganch shahrida xalqaro olimpiada doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Ahmadjon Shokirov, Shonazar Qoriev (surat), O‘zA