Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



XALQ QABUL XONASI – EL XIZMATIDA
27.02.2017

XALQ QABUL XONASI – EL XIZMATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatnmizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodii dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng asosiy ustuvor vazifa — "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirish, "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat deya qayd etilgan edi.

Prezidentimizning "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va sifatli tizimi faoliyatini ta’minlash asosiy vazifalardan ekanligi belgilandi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasiga fuqarolardan kelayotgan murojaatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilmoqda. Murojaatlarni o‘rganish natijalari fuqarolarga o‘z vaqtida etkazilib, muammolar hal etilmoqda.

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, bu boradagi dolzarb vazifalar hamda har bir rahbar mas’uliyatni doimo chuqur his qilishi muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishni viloyat hokimi P.Bobojonov boshqarib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoybergenov yig‘ilishda qatnashdi va so‘zga chiqdi.

Ta’kidlandiki, Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan va tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazorat amalga oshirilayapti. Xalq qabulxonasiga kelayotgan murojaatlarning "Jismo­niy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy amal qilingan holda to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tashkil etilmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Xorazm viloyatidagi rahbari etib viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Ilgizar Sobirov tayinlanganligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Xalqqabulxonalarihar bir shahar va tumanlarda ham faoliyat ko‘rsatadi.

Yig‘ilishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda shahar, tumanlar hokimliklari, boshqarmalar, tashkilotlar rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari oldida turgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

2017 yil - "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da joylardagi faoliyat shu kun talabi asosida tashkil etilishi, fuqarolarning har bir murojaati diqqat-e’tiborda bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 25 fevral №16.