Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining QARORI
07.01.2016

Bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov

komissiyalarini tuzish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida"gi Qonunining 12-,16-va 44-moddalariga muvofiq hamda Xiva tumani hokimligining taqdimnomasini ko‘rib chiqib, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi


QAROR QILADI:

Bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 43-O‘zbekiston hamda 47-Gandimyon okruglari saylov komissiyalari quyidagi tarkibda tuzilsin:


43-O‘zbekiston saylov okrugi bo‘yicha:

Komissiya raisi: Atajonov Rustam Erkinovich-Xiva Agroservis kasb-hunar kolleji direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

Rais o‘rinbosari: Atayev Yuldash Xudarganovich-"Xiva pilla" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh hosiloti.

Kotibi: Eshchanova Nargiza Baxtiyorovna-Xiva tumanidagi "Shomaxulum" mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi.

A’zolari: Otayev Sultonnazir Matyoqubovich-Xiva tumanidagi 47-son maktab o‘qituvchisi, Masharipova Nasiba Bekmamatovna-Xiva tumanidagi 7-son maktab direktori, Bobojonov Allabergan-Xiva tumanidagi "Shomaxulum" qishloq fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi, Jumaniyozov Samar Abdurasulovich-Xiva Agroservis kasb-hunar kolleji direktorining o‘rinbosari, Kalandarov Doniyor Rajabovich-Xiva tumanidagi 30-son maktab direktori, Otajanov Xasanboy Shavkatovich-Xiva tumanidagi 25-son maktab o‘qituvchisi.


47- Gandimyon saylovokrugi bo‘yicha

Komissiya raisi: Matyoqubov Ko‘pal Ismailovich- Xiva tumanidagi 48-son maktab direktori vazifasini bajaruvchisi.

Rais o‘rinbosari: Abdiyozov Xurmat Masharipovich-Xiva tumanidagi 32-son maktab o‘qituvchisi.

Kotibi: Otajanova Shohista Baxtiyorovna-Xiva tumanidagi 48-son maktab o‘qituvchisi.

A’zolari: Ismailov Kazakboy Shomuratovich-Xiva tumani "Angarik" mahalla fuqarolar yig‘ini posboni, Madrimov Boburbek Nodirbekovich-Xiva tumanidagi 48-son maktab o‘qituvchisi, Abdullayev Xamro Rajabovich-Xiva tumanidagi 32-son maktab direktori, Raximova Quvonch Matyoqubovna-Xiva tumani "Gandimyon" mahalla fuqarolar yig‘inining diniy-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Matrasulov Alisher Komilovich-Xiva tumanidagi 48-son maktab o‘qituvchisi, Atamuratov Juratbek G‘ayratovich-Xiva tumanidagi 42-son maktab direktori.


Viloyat saylov komissiyasining raisi R. MATRASULOV.

Viloyat saylov komissiyasining kotibi M. JABBOROV.

Urganch shahri,

2016 yil 5 yanvar.