Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘ttiz yettinchi sesiyasi bo‘lib o‘tdi.
31.10.2018

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashining raisi, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibidagi birinchi masala - mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlar bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishining ahvoli va amalga oshirilgan ishlar natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Rustamov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari A.Mavlonov ma’ruza qildilar. SHuningdek, sessiyada mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlar bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi, qo‘shimcha manbalarning aniqlanishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i K.Igambergenovning hisoboti tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyunda qabul qilgan "Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini yanada oshirish imkonini bermoqda. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar jadal sur’atlar bilan rivojlanib, keng miqyosda bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. SHahar va qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida turar joylar barpo etilmoqda. Ayniqsa, ularda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida savdo, maishiy, tibbiy va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari uchun mo‘ljallangan binolar qad rostlamoqda.
Barcha diqqat-e’tibor aholi turmush farovonligini oshirishga va bu boradagi ishlarni kompleks ravishda takomillashtirishga qaratilmoqda. Aholi bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Prezidentimizning "Soliq va bojxona islohotlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmoni soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, soliq nazoratining zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish, shuningdek, soliqqa tortish tizimi va tartibini soddalashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Soliq va bojxona islohotlari samaradorligini ta’minlash, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mavjud kuch hamda vositalarini ta’sirchan muvofiqlashtirish orqali soliqqa tortishning yangi tizimiga bir maromda o‘tishni ta’minlaydigan yangi samarali mexanizm tartibi belgilandi. Farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qo‘shma qarorlari qabul qilindi. Shunga muvofiq, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, Davlat soliq boshqarmasi va moliya bosh boshqarmasining soliq islohotlarini amalga oshirish va byujdetga qo‘shimcha daromadlar zaxiralarini aniqlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qo‘shma qarorlari ijro uchun qabul qilindi. Mazkur qaror bilan soliq islohotlarini amalga oshirish va byudjetga qo‘shimcha daromadlar zaxiralarini aniqlash maqsadida viloyat prokurori o‘rinbosari rahbarligida viloyat ekspert ishchi guruhi tuzildi. SHu bilan birga, tuman, shaharlar ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlandi. Zaxiralarni aniqlash bo‘yicha joylardagi kichik ishchi guruhlar namunaviy tarkibi shakllandi va ularning nizomlari tasdiqlandi. Biroq mazkur qo‘shma qaror qabul qilinganiga ikki oy bo‘lganiga qaramasdan joylarda ishchi guruhlari talab darajasida faoliyat ko‘rsatmayotir. Bu boradagi kamchiliklarga zudlik bilan barham berish zarurligi sessiyada qayd etildi. Shuningdek, sessiyada 2018 yil 9 oyida investitsiyalarni jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar va joriy yildagi investitsiya loyihalarining bajarilishi holati va 2019 yilga mo‘ljallangan loyihalar to‘g‘risida viloyat hokimining investitsiya, innova-siyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.To‘laganovning hisoboti tinglandi. Prezidentimizning shu yil 3 fevralda qabul qilgan "2018 yilga mo‘ljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida markazlashgan mablag‘lar hisobidan viloyatda 259 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 1,3 trln. so‘m miqdoridagi markazlashgan mablag‘lar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan. Investitsiyalarni o‘zlashtirish borasida bajarilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida sektor rahbarlari jalb qilingan. Hamda investitsiya va iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tadbirkorlarni muammo va takliflarini qabul qilish shtablari tashkil qilingan. Bu erda tadbirkorlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishmoqda. Shuningdek, ma’ruzachi joriy yil oxirigacha investitsiya loyihalarining bajarilishi bo‘yicha oldda turgan vazifalarga e’tiborni qaratdi. Sessiyada viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Salaevning Xorazm viloyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’ruza qildi. O‘zbekiston Respublikasining "YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amaliy ishlar tashkil etilib, yoshlarning har tomonlama barkamol voyaga etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Viloyatimizda "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi asosida keng miqyosda amaliy ishlar davom etmoqda. Ishchi guruhlari vakillari barcha shahar va tumanlardagi har bir xonadonda bo‘lib, yoshlar bilan suhbatlashmoqdalar. Ularning muammolari o‘rganilib, taklif va tavsiyalari asosida barcha yo‘nalishlarda "Yo‘l xaritalari" ishlab chiqildi. Joriy yilning o‘tgan davri davomida 124 nafar yosh tadbirkorga 23 mlrd.245,0 mln. so‘m ajratilib, 686 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ayni paytda 46 ta "Yoshlar mehnat guzarlari" qurilishi boshlangan. Yoshlar ta’lim muassasalarida chuqur ta’lim olib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etmoqdalar. Ayniqsa, joriy yilning o‘tgan oylarida voha yoshlarining turli yo‘nalishlarda, jumladan, sport musobaqalarida, ijodiyot festivallarida, fan olimpiadalarida, ko‘rik-tanlovlarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari salmoqli bo‘lmoqda. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida izchil ravishda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, tibbiyot muassasalari eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Soha xodimlarining bilim, tajribasi, malakasi oshirilmoqda. Ayniqsa, bevosita ularning mahallalarda, xonadonlarda bo‘lib, aholining sog‘ligini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlari kasalliklarning oldini olish imkonini berayapti. Shuningdek, ma’ruzachi mahalla fuqarolar yig‘inining faoliyati samaradorligini oshirish borasida hududlarda yo‘lga qo‘yilgan keng qamrovli amaliy ishlarga to‘xtaldi. Deputatlar tomonidan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanovning 2018 yil 23 oktyabrdagi "Xususiylashtirish dasturlariga asosan ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ekt-larini "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasi orqali auksion savdosiga chiqarish to‘g‘risida"gi 668-qaroriga muvofiq xususiylashtirish dasturiga kiritishga taklif qilinayotgan ob’ektlar ro‘yxati to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanovning sessiya oralig‘ida qabul qilgan qarorlari deputatlar tomonidan tasdiqlandi. Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.