Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI
06.09.2017

XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi vazifasida ishlab kelayotgan P.R.Bobojonov boshqa ishga o‘tganligi sababli Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 4 sentyabrdagi Farmoniga muvofiqO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri bo‘lib ishlab kelgan I.M.Sabirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va sessiyada ushbu vazifaga tasdiqlandi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov qatnashdi va so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov sessiya ishida ishtirok etdi.

XORAZM HOKIMI VAZIFASINI BAJARUVCHI SABIROV ILGIZAR MATYAKUBOVICH

 

Sabirov Ilgizar Matyakubovich 1959 yili Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. O‘zbe­kiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi. 1986 yili Toshkent Davlat universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tugallagan. Yuridik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1976 yili Qo‘shko‘pir tumanida jamoa xo‘jaligi a’zosi bo‘lib ishlashdan boshlagan. 1978-1980 yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. 1980-1988 yillarda Toshkent Davlat universiteti tayyorlov bo‘limining tinglovchisi, talabasi bo‘ldi. ToshDu yoshlar tashkilotining kotibi, jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasining xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

1988 yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti ji­noyat huquqi va kriminologiya kafedrasi ilmiy xodimi, institut ilmiy kotibi, 1992 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yordamchisi, 1993 yildan Toshkent Davlat yuridik institutining xalqaro munosabatlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori, 1994 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yordamchisi, 1995 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumi va rayosatining kotibi - Oliy xo‘jalik sudining sudyasi, 1997 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Qonunchilik va sudhokimiyati organlari bilan aloqalar bo‘yicha ekspertlar guruhi konsultanti, 1999 yildan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2000 yildan O‘zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisiningo‘rinbosari, 2001 yildan O‘zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘itasining raisi, 2002 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2003 yildan Qo‘shko‘pir tumani hokimi, 2004 yildan O‘zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisi Senatining Mudo­faa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, 2006 yildan Uzbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi Senati raisi, 2015 yildan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib bordi. 2017 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning Xorazm viloyatidagi Xalqqabulxo­nasi mudiri lavozimida ishladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya­sining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq Sabirov Ilgizar Matyakubovich Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlan­di va xalq deputatlari viloyat Kengashi­ning navbatdan tashqari sessiyasida ushbu vazifaga tasdiklandi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 6 sentyabr, №71