Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Matnazar Abdulhakim tavalludining 70 yilligi keng nishonlanmoqda
21.02.2018

ISTE’DOD SOHIBIGA EHTIROM
Jahon ilm-u fani, ma’rifati rivojiga betakror va bemisl hissa qo‘shgan, xalqimiz san’ati, adabiyotining timsoli bo‘lgan, ulkan madaniy va ma’naviy merosni o‘zida mujassam etgan go‘zal voxamiz Xorazmda ne-ne buyuk allomalar, donishmand va ulug‘ insonlar yashab o‘tganlar.Ular o‘zlaridan nurli izlar, bebaxo durdonalar qoldirganlar.
Ne baxtki, har qadami muqaddas yurtda bugungi kunda ham ana shu buyuklarimizning munosib izdoshlari, sadoqatli vorislari bor. O‘zbek she’riyati osmonining yorqin yulduzlaridan biri, katta iste’dod sohibi Matnazar Abdulhakim ham o‘zi tug‘ilgan yurt farog‘ati, farovonligi, fayz-u tarovati deb yashagan, shu ezgu maqsadda ijod qilgan ana shunday ulug‘ eldoshlarimizdan biri edi.
U o‘zining har satri mehr-u vafoga, sadoqatga, yaratish va yashnatishga, shu Vatanning munosib farzandi bo‘lishga chorlovchi asarlari bilan abadiylikka daxldor bo‘ldi.
Har bir she’ri, g‘azali, ruboiysi, dostonlari, adabiyotshunoslikka oid asarlari, beqiyos tarjimalari millatimizning ma’naviy merosi xazinasiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi. Matnazar Abdulhakim o‘zining bir she’rida eldoshlariga qarata yuksak ishonch va faxr bilan "Har bir nafasingdan mangulik bunyod” deya ezgu istak bildirgan edi. Zero, o‘zining ijodi ham mangulik jamoli kasb etdi.
Shu kunlarda viloyatimiz bo‘ylab ana shu ulug‘ ijodkor tavalludining 70 yilligi munosabati bilan keng davralarda turli uchrashuvlar, suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar bo‘lib o‘tmoqda.
Dushanba kuni vohamizdagi "Yoshlar markazi”da Matnazar Abdulhakim tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan Xotira kechasi o‘tkazildi. Tadbirga adabiyot va san’at ixlosmandlari, ijodkorlar, olimlar, san’atkorlar, Matnazar Abdulhakim ijodi muxlislari, shogirdlari, oilasi a’zolari tashrif buyurdilar. Ularning chehralarida, qaynoq qalblarida taniqli shoir va tarjimon, adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Matnazar Abdulhakimga bo‘lgan mehr, ixlos yog‘dulari taralib turganligini his qilish qiyin emas edi. "Yoshlar markazi”ning anjumanlar zali bayramona bezatilgan. "Matnazar Abdulhakim -70 yoshda”, "Adabiyot bayramiga xush kelibsiz!” degan bitiklar ko‘zga tashlanadi .Shoir ijodiga mansub kitoblar va suratlar ko‘rgazmasi oldida shinavandalar suhbati , sevimli ijodkorni yurakdan, dildan xotirlashlar davom etayotgan nurli lahzalar. Serqirra ijodi borasida bahs-u munozaralar. Mushoira...
Kechaning asosiy qismi boshlandi. Viloyat hokimi I.Sabirov barchani xush ayyom bilan samimiy qutlab, Matnazar Abdulhakimning Xorazm adabiy muhiti rivojiga, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasini qayd etib, shoirning bosib o‘tgan hayot yo‘li, qoldirgan boy merosi eldoshlarimizni hamisha yaratuvchilikka, bunyodkorlikka ilhomlantirib turishini faxr bilan ta’kidladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili, taniqli shoir, Matnazar Abdulhakimning yaqin do‘sti Ikrom Otamurod haqiqiy shoir yurak yolqinini boshqalar qalbiga ham payvand eta olishi, zamondoshlarini, ayniqsa, kelajagimiz egalari yoshlarni faollikka, yurt ravnag‘i uchun kurashga da’vat qilib turishini gapira turib, "Matnazar Abdulhakim ijodi bunga yorkin misol bo‘la oladi", dedi. Uning zamonaviy o‘zbek she’riyati, adabiyoti xazinasiga ulkan hissa qo‘sha olganligini alohida ta’kidladi. Matnazar Abdulhakimga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Karimov, taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi Suvon Meliev, "Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq, "Jahon adabiyoti” jurnali mas’ul xodimi Davron Rajab Matnazar Abdulhakim ijodining hayotbaxsh ta’siri haqida to‘lqinlanib gapirdilar. "Mangulik jamoli” jamoat birlashmasi rahbari Shuhrat Matkarimov va boshqalar shoir ijodi va hayotining ibratli qirralarini faxr bilan tilga olishdi. 
Matnazar Abdulhakimning "Darsdan so‘ng” she’ri asosida yosh rejissyor Jur’at Sotiboldiev sahnalashtirgan "Mangulikka yo‘l” ko‘rinishi Xorazm viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi qoshidagi "Yosh qalamkashlar” to‘garagi a’zolari tomonidan namoyish qilinganida barchaning ko‘zlarida yosh, qalblarida mehr qalqdi. Urganch Davlat universiteti talabasi Otabek Mengliev, Urganch shahridagi 13- maktab o‘quvchisi Xulkaroy Rajabova, Urganch tumanidagi 8-sonli maktab o‘quvchisi, "Mangulik jamoli” tanlovi g‘olibi Fazilat Zaripova va boshqa bir guruh iste’dodli yoshlar shoir she’rlarini ifodali o‘qishdi. 
Matnazar Abdulhakim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Shoir ijodi bilimdonlari tanlovi tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi. San’atkorlar tomonidan mumtoz navolar va Matnazar Abdulhakim she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ijro qilindi.
Kecha oxirida shoirning farzandi Latofat Abdulhakimova tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilariga oilasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildirdi.
20 fevral kuni viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida Xorazm viloyati hokimligi,O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Xorazm Ma’mun akademiyasi, "Mangulik jamoli” jamoat birlashmasi hamkorligida "Matnazar Abdulhakim - o‘zbek adabiyotining taniqli vakili” mavzuida ilmiy konferentsiya bo‘ldi. Ushbu anjumanda viloyat hokimi I.Sabirov tadbir qatnashchilarini qutlab, Matnazar Abdulhakimning xayoti va ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtaldi. Konferentsiyada Respublikamiz va viloyatimizning taniqli olimlari va ijodkorlari shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar qilishdi. Shoir ijodiga bag‘itlangan badiiy va ilmiy anjuman Urganch Davlat universitetida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 
Sohir so‘z san’atkorining qutlug‘ sanasi munosabati bilan belgilangan tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.
Abdulla Safoev