Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Viloyat to‘rtinchi sektori brifing tashkil etdi
23.12.2017

Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat to‘rtinchi sektori tomonidan jurnalistlar uchun brifing tashkil etildi.

Tadbirda viloyat to‘rtinchi sektoriga qarashli hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirishda ularning tabiiy va iqtisodiy salohiyati, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, bo‘sh turgan ishlab chiqarish va er maydonlaridan oqilona foydalanish, hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning amaliy echimiga asosiy e’tibor qaratildi.

Brifingda viloyat to‘rtinchi sektori rahbari, davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i J.Temurov so‘zga chiqdi. Ma’ruzada mazkur sektorga biriktirilgan shahar va tumanlardagi barcha mahallalarda "Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” shiori ostida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tashkil etilayotgan tadbirlarning amaliy natijasi yuzasidan aniq misollar asosida ma’lumot taqdim etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida birgina Qo‘shko‘pir tumanining 13 ta mahallasi, ya’ni "Iqbol”, "O‘rtayop”, "Adolat”, "Iftixor”, "Ko‘nazey”, "Tagalak”, "Oltinvoha”, "Yoshlik”, "Bog‘zor”, "Shixobod”, "Amirqum” mahalla fuqarolar yig‘inlari umuman jinoyat sodir etilmagan osoyishta hudud deb qayd etildi. Bunda maktab, kollej va akademik litseylarda olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari yanada samara bermoqda. Shuningdek, har payshanba ertalab soat 8.00 da viloyat davlat soliq boshqarmasi hududida mas’ul rahbarlar ishtirokida xizmatoldi yo‘riqnomasi tadbirlari o‘tkazilishi tashkil etilgan. Bu yilning o‘tgan davrida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 1328 ta "Davomat” tashkil etilgan. Ushbu tadbirlar natijasida dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan 100 nafar o‘quvchining barchasi ta’lim muassasalariga qaytarilgan. Bu borada o‘ta mas’uliyatsiz bo‘lgan 118 nafar ota-onaga ma’muriy va 20 ta ta’lim muassasasi rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Brifingda qish-bahor mavsumida aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘la ta’minlash, mahsulotlar narhi, xavfsizligi yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

-Bugungi tadbirda viloyat to‘rtinchi sektoriga qarashli shahar va tumanlarda qilinayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda aholining turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor xususida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik, - deydi "O‘zbekiston” teleradiokanali viloyat muxbiri Dilmurod Raxmatullaev. - Sektor rahbarlarining jurnalistlar bilan uchrashuv va brifinglar tashkil etishi, albatta, ushbu sohaning ochiq va oshkoraligini ta’minlashda, hamda joylarda mavjud muammolarga yanada e’tiborli bo‘lishda, sektorlar faoliyatini keng jamoatchilikka etkazishda katta amaliy yordam beradi.

Brifingda Qo‘shko‘pir, Xiva tumanlari hamda Xiva shahrida to‘rtta sektor tomonidan oilalar, mahallalar, korxona-tashkilot va muassasalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan orqada qolayotgan mahallalarni rivojlantirishning muammoli masalalarini hal etish, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish borasida foydalanilmayotgan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oilalarda tashkil etilayotgan viloyat to‘rtinchi sektori, davlat soliq boshqarmasining estalik kutubxonalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

-Tadbirda to‘rtinchi sektorga qarashli shahar va tumanlarning barcha sektor rahbarlarining ishtiroki biz jurnalistlar uchun juda o‘rinli bo‘ldi. Sababi, hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmati organlariga tegishli mavzulardagi savollarimizga shu soha rahbarlaridan aniq va batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bu esa, o‘z navbatida, jurnalistik materiallarimizda amaliy yordam beradim. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ommaviy axborot vositalarining hamkorligini nada mustahkamlashga xizmat qiladi, - deydi,O‘zbekiston milliy axborot agentligi viloyat muxbiri Ahmedjon Shokirov.

Viloyat to‘rtinchi sektori tomonidan tashkil etilgan brifingda Xorazm viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M.Sapaev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.


Dilrabo KURYAZOVA

Xorazm viloyat DSB Jamoatchilik

bilan aloqalar va huquqiy

axborot bo‘limi boshlig‘i