Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi


viloyat_hokimi_urinbosari_1

Viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:

Xudaynazarov Ergash.


Urganch shahar, Yo‘ldosh Bobojonov ko‘chasi 29 uy, 220100

Tel: (0362) 226-46-66

Faks: (0362) 226-46-66, (0362) 226-35-59

E-mail: xorazm_vxtb@uzedu.uz

Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning chorshanba kuni soat 10. 00dan 12:00gacha, Urganch shahar, Yo‘ldosh Bobojonov ko‘chasi 29 uy binosi.


Xalq ta'limi boshqarmasi nizomi (80 кб)

Boshqarma haqida:

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimiga tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari hamda idoraviy mansub boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.

Boshqarma o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Boshqarma boshqaruv organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida viloyat hokimligiga hamda xalq ta’limi vazirligiga hisob beradi.
 

 

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda pedagog xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga metodik rahbarlik qiladi.

O‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagog va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etib, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan milliy mustaqillik g‘oyalarini amalga oshiradi hamda tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirib, bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy-hukuqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Viloyat ta’lim muassasalari moddiy-texnik shart-sharoitlarining yanada mustahqamlanishini ta’minlaydigan baza yaratish va jamiyatda ta’lim xodimlarining ijtimoiy maqomini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda ta’lim muassasalarida bolalar sportini rivojlantirilishini ta’minlash va ularning sport bazasini mustahkamlash bo‘yicha vazifalarni bajaradi.

Xalq ta’limi boshqarmasi hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida:
  • -umumta’lim maktablarini yangidan, kapital rekonstruktsiya, kapital va joriy ta’mirlash;
  • -ta’lim muassasalarini zamon talablari asosida o‘quvlaboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari hamda uskunalar bilan ta’minlash;
  • -modernizatsiya qilingan yangi darslik va dasturlar avlodini tajriba sinovdan o‘tkazish va tadbiq qilish;
  • -pedagogik xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashning yangi uslublarini izlab topish;
  • -bolalar sportini ommaviyligini ta’minlash, uning o‘quv moddiy bazasini mustahkamlash;
choralarini ko‘rish ustida ish olib bormoqda.