Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi

*

Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi

Boshqarmasi raxbari– Qalandarov Palvan Iskandarovich. 

Manzili: Urganch shahar Sheroziy ko‘chasi – 23-A uy, 220100.

 Mo‘ljal: Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi.

Tel: 228-82-05

Faks: 228-48-85

E-mailxorazm@markaz.uz.

Veb saytwww.xorazmnews.uz


 
 
Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi nizomi (6 Mb)
 
 
Boshqarmasning asosiy vazifalari: 
     O‘rta maxsus,  kasb-hunar ta’limi sohasida keng ko‘lamli chuqur bilimlarga ega bo‘lgan,  hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunarni va ish ko‘nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
     Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan o‘rta maxsus,  kasb-hunar ta’limi sohasida uzluksiz ta’limning maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quv jarayoniga yangi pedagogika va axborot texnologiyalarini,  shuningdek o‘quvchilarni milliy mustaqillik g‘oyalari,  boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish;
    Ta’lim darajasini va kasb-hunar mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan o‘rta maxsus,  kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish; akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr qilinishini tashkil etish;
       O‘rta maxsus,  kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasb darajasini oshirish va ularning mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tashkil etish.