Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Xorazm viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 
viloyat_hokimi_urinbosari_1

Viloyat hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi.

boshqarma boshlig‘i – Davletov Temur Ismoilovich

Manzili: Urganch sh. A.Xorazmiy ko‘chasi 23 uy, 220100

Tel: (0-362) 223-09-89

Faks: (0-362) 223-09-89

E-mailkhorezm_ed@inbox.uz

Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning dushanba kuni soat 10. 00dan 12:00gacha Xorazm viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida



Xorazm viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi nizomi (26 kb)

 

I. Umumiy ma’lumot

  • Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi PF-3183-sonli farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 37-qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining 2003 yil 25-yanvardagi 3-k-sonli buyrug‘iga binoan tashkil etildi.
  • Xorazm viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi viloyat hokimining 26-aprel 2003 yil 68-sonli qaroriga asosan tashkil etildi.
  • Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tuman va shaharlar tarmoqlar bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli prognoz hamda dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
  • Hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini kompleks tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, iqtisodiyot vazirligi, viloyat hokimi tomonidan qabul qilingan qarorlar nazoratga olinib, monitoring qilinishini ta’minlaydi.


II. Bosh boshqarmasining vazifalari

  • Hudud va tarmoqlar iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, darajasini kompleks tahlil qilishdan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar rivojining yo‘nalishlarini o‘rganishdan, hudud iqtisodiyotidagi va tarmoqlardagi nomutanosibliklarning ta’sirini o‘rganishdan, ularni bartaraf qilish yo‘llarini asoslab berishdan.
  • Hudud iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya jihatidan qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, resurslarni tejash imkonini beradigan texnoligiyani joriy qilish dasturlarini yaratishdan.
  • Hududni kompleks rivojlantirish imkonini beradigan qisqa va o‘rta muddatli sarmoya dasturlarini ishlab chiqishga doir ishlarini muvofiqlashtirishdan.
  • Hudud aholisini ish bilan ta’minlash, iste’mol bozorini mahsulot va xizmat turlari bilan  to‘ldirish asosida aholining turmush darajasini ko‘tarishning yo‘nalish va aniq yo‘llarini belgilashdan;
  • Iqtisodiy va ijtimoiy sohada ro‘y berayotgan jarayonlarni tahlil qilish usullarini takomillashtirishdan iboratdir.


III. Bosh boshqarmasining asosiy funksiyalari

  • Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tuman va shaharlar tarmoqlar bo‘yicha tabiiy, ma’dan hom-ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat resurslari imkoniyatidan samarali foydalanish imkonini beradigan qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz hamda dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
  • Hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini kompleks tahlil qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘llarini belgilaydi, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf qilish yo‘llarini asoslab beradi, hudud iqtisodiyotining ahvoli haqida yillik va chorak yillik ma’ruzalar tayyorlaydi, shuningdek hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va isloh qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, iqtisodiyot vazirligi, viloyat hokimi tomonidan qabul qilingan qarorlar nazoratga olinib, monitoring qilinishini ta’minlaydi.
  • Davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ijrosini muvofiqlashtiradi, qurilishlarning tegishli aniq ro‘yxatlarini moslashtiradi, chet el sarmoyasini jalb qilishga doir loyihalarni amalga oshirishda qatnashadi.
  • Qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan demografik prognozlarni ishlab chiqadi, ijtimoiy siyosatni, ish o‘rinlari yaratish, aholini ish bilan ta’minlash, aholining daromadini va xarid imkoniyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, aholining ayrim qatlamlarini muayyan tarzda qo‘llab-quvvatlash va muhofaza qilish, hudud aholisining moddiy farovonligi jadal o‘sib borishini ta’minlash masalalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.