Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


XORAZM VILOYАTI HOKIMI  VA UNING O‘RINBOSARLARI VAZIFALARINING TAQSIMOTI


Xorazm viloyati hokimi. 

Viloyatda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaruvchisi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi rasmiy vakili hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘rsatilgan vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Davlat yuqori organlarining, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi.
Hududiy boshqaruv organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda ular tomonidan qonun va boshqa normativ huquqiy xujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlaydi, hokimiyat ishini istiqbolli va joriy rejalarga muvofiq ravishda tashkil etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi, vakillik va ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi.
Viloyat hokimi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
O‘z vakolati doirasida viloyat hududida bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi, ijro etuvchi hokimiyat organlarida kadrlar siyosatini amalga oshiradi.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati to‘g‘risida viloyat xalq deputatlari Kengashi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.

Respublika davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda viloyat hokimligi manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek respublika davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tartibini saqlash, fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va ular oqibatini tugatish, iqtisodiyotni safarbarlikka tayyorlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, viloyat fuqaro muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etadi.
Quyidagi viloyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va birga    ish olib boradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmatining viloyat  boshqarmasi;
- viloyat prokuraturasi;
- viloyat adliya boshqarmasi;
- viloyat hokimligining ichki ishlar boshqarmasi;
- viloyat jinoyat, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlari;
- viloyat bojxona xizmati boshqarmasi;
- viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi;
- xarbiy qismlar;
- viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;


Viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari 

Iqtisodiyot masalalariga rahbarlik qiladi, iqtisodiyot va ijtimoiy soha kompleksiga kiruvchi hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini shakllantiradi, hududlar byudjetini ishlab chiqishda va mahalliy byudjetni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ta’minlashda ishtirok etadi.
- tashqi iqtisodiy aloqalar borasidagi faoliyatni kengaytirishga, investitsiyalarni, jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga imkoniyat yaratadi.
- hokimiyat tuzilmalarining bozor infratuzilmalari sub’ektlari, shu jumladan tijorat banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikdagi faoliyatini ta’minlaydi.
- davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, qimmatbaho qog‘ozlar bozorida korxonalar aktsiyalar paketlarini sotish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.
  - viloyat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi oshirilishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shuningdek bozor infratuzilmasini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- zarar ko‘rib ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni sanatsiya qilish, yo‘nalishini o‘zgartirish va tugatish dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
- resurslarni tejovchi texnologiyalar va mexanizmlar joriy etilishini, yoqilg‘i-energetika resurslari tejalishini ta’minlovchi dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qiladi.
- iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
-bandlik va aholining ijtimoiy ta’minotini tashkil etish,                   davlat statistikasining ishonchliligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi.
 - mahalliy soliqlar va boshqa yig‘imlar xajmini belgilash, narx-navo siyosati, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha mavjud Qonun va hukumat qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi. Aholining elektr, gaz, issiqlik energiyasi, ichimlik suvi, telefon va boshqa kommunal xizmatlar uchun to‘lovlari masalalari bo‘yicha kommunal foydalanish korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
 - aholiga pullik xizmat ko‘rsatish, aholini oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlar tizimini takomillashtirishni va savdo yarmarkalarini o‘tkazishni tashkil etadi.
 - iqtisodiy islohotlarning borishi natijalarini o‘rganib umumlashtiradi, ularni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
- viloyat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, istiqbolni belgilash, kredit va pul muomilasi masalalari bilan bog‘liq komissiyalar faoliyatiga rahbarlik qiladi.
- ijtimoiy soha boshqaruv organlarining tarmoq va funktsional faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, ijtimoiy soha boshqaruv tuzilmalarini isloh qilish va yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilishini tashkil etadi.
- xalq ta’limi masalalari bo‘yicha davlat siyosatini yuritishni ta’minlaydi, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga imkon yaratadi.
- sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirish va sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda aholining ehtiyojini qondirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarini amalga oshiradi, aholining dam olish sohasini rivojlantirish, xalq ijodiyoti va milliy madaniyatini qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini ishlab chiqish va ijro etishni ta’minlaydi. 
- ommaviy jismoniy tarbiya, bolalar va professional sportni yanada rivojlantirish, madaniy boyliklar va yodgorliklarni saqlash hamda rivojlantirish, mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda turizm tarmog‘i infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qiladi.
- iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi.
- shaharlar, tumanlar, qishloqlarning tashqi ko‘rinishini estetik did bilan bezatishni muvofiqlashtirish masalalariga rahbarlik qiladi.
- milliy va davlat bayramlarini o‘tkazishni tashkil qiladi.
- ilmiy muassasalar, oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarining kundalik masalalarini muvofiqlashtiradi.
Viloyat hokimligi apparati va uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir masalalar bilan shug‘ullanadi.
Quyidagi viloyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
- viloyat xalq ta’limi boshqarmasi;
- viloyat o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat test markazi Xorazm viloyati bo‘yicha vakili;
- Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti;
- Xorazm Ma’mun akademiyasi;
- Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali; 
-  viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi;
-  viloyat davlat sanepidnazorat markazi;
- viloyat “Dori-darmon” ochiq aktsiyadorlik jamiyati;
- viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi;
-  viloyat teleradiokompaniyasi; 
- “O‘zbekturizm” kompaniyasi viloyat hududiy    boshqarmasi;
-  viloyat arxiv ishi boshqarmasi; 
-  “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo‘limi;
-  “Tibtexnika” mas’uliyati   cheklangan jamiyati;
-  iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati viloyat bo‘limi
-  -  viloyat “Yoshlik” sport jamiyati;
-  viloyat “Dinamo” sport jamiyati;
-  viloyat Rassomlar uyushmasi;
-  Respublika jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi;
-  Fan va texnika markazi viloyat bo‘limi;
-  viloyat “Usto” birlashmasi;
- “Xorazmkitobsavdo” ochiq aktsiyadorlik jamiyati.
- Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi;
- viloyat statistika boshqarmasi;
- viloyat moliya boshqarmasi;
- viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi;
   -  “Kafolat” DASK Xorazm viloyati filiali;
- viloyat davlat mulkini boshqarish boshqarmasi;
- viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi;
- Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi;
- O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat “Agrobank” viloyat. boshqarmasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki viloyat boshqarmasi;
- O‘zbekiston Respublikasi tashki iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Urganch  bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat “Turon bank” viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi “Qishloqqurilishbank” aktsiyadorlik tijorat  bank» viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat “Asaka bank” viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat “Ipoteka bank” Xorazm filiali;
- O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat “Savdogarbank” viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik tijorat “Mikrokreditbank” viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik tijorat “Sanoatqurilishbank” viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank” Xorazm filiali;
- O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xorazm viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi;
- viloyat “Agrosugurta” DASK boshqarmasi; 
- “Madad” sug‘urta agentligining viloyat filiali;
- viloyat davlat soliq boshqarmasi;
- viloyat savdo-sanoat palatasi;
- viloyat “Kafolatsavdo” aktsiyadorlik kompaniyasi;
- viloyat “Bozorsavdo” uyushmasi;
- “Xorazm sharob savdo” bazasi;
- “Xonqa sharob savdo” bazasi;
- “Xiva sharob savdo” bazasi; 
- “Yangibozor sharob savdo” bazasi;
- Osiyo taraqqiyoti banki loyihasining Xorazm viloyatida amalga oshirish guruhi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari, viloyat hokimi qarorlari hamda farmoyishlari ijrosini majmua kotibiyati apparati, o‘z tasarrufidagi tashkilotlar va idoralarda takomillashtirish va mustahkamlash masalalari.


Viloyat hokimining  qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va xo‘jalik tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va ularning sheriklari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qiladi.
Xom ashyo va material resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilariga er resurslari ajratishning bozor shaklini rivojlantiradi.
Qishloqda bozor tuzilmalarini shakllantirishga, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlashga, ularni moddiy va texnik jihozlanishini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.
Ishlab chiqarish muvozanatini ta’minlash jarayonlarini va viloyat hududida etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni yaxshilash chora-tadbirlarini muvofiqlashtiradi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, erlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, tabiatdan foydalanish va atrof muhit muhofazasi sohasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Agrosanoat kompleksida yagona texnika va texnologiya siyosati yuritishni, ilg‘or texnologiyalarni ilmiy asoslash va joriy etishni, qishloq ijtimoiy infratuzilmalari rivojlantirilishini tashkil etadi.
Agrosanoat kompleksining eksport potentsialini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Viloyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi va ularning bajarilishini nazorat etadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlovchi rahbar kadrlar malakasini oshirish, ularni o‘qitish va o‘zaro tajriba almashishlarini tashkil etishga rahbarlik qiladi.
Quyidagi viloyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va birga    ish olib boradi:
- viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi;
- “Toshsaqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi;
- “Polvon-Gozovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasi;
- “Shovot-Kulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasi 
- “Qoramazi-Qilichboy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi;
- “Xorazmpaxtasanoat” aktsiyadorlik birlashmasi;
- “Bog‘otdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi;
- “Qo‘shko‘pirdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi;
- “Urganchdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi;
- “Hazoraspdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi;
- “Yangibozordavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi;
- viloyat “Qishloqxo‘jalikkimyo” aktsiyadorlik birlashmasi;
- “Xorazm viloyati mashina-traktor parklari birlashmasi” OAJ;
- “Xorazmdonmahsulotlari” aktsiyadorlik uyushmasi;
- “Bog‘otdon” aktsiyadorlik jamiyati;
- “Shovotdon” aktsiyadorlik jamiyati;
- “Xonqadon” aktsiyadorlik jamiyati;
- viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
- viloyat er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;
- viloyat veterinariya davlat boshqarmasi;
- viloyat davlat texnika nazorat inspektsiyasi;
- viloyat chorvachilikda naslchilik bo‘yicha davlat inspektsiyasi;
- viloyat o‘simliklar karantini inspektsiyasi;
- O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Xorazm filiali;
- Quyi Amudaryo irrigatsiya kanallari boshqarmasi;
- “Xorazmmaxsustuzatish” korxonasi;
- “Amudaryo” suv xavzasi birlashmasi;
- viloyat o‘rmon xo‘jaligi;
- O‘zbekiston qishloq  xo‘jalik ilmiy ishlab chiqarish markazining  Xorazm viloyati bo‘limi;
- “Urganchsharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “Urganchyog‘” ochiq aktsiyadorlik jamiyati;
- viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi; 
- “O‘zdavsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspektsiyasi; 
- “O‘zdaverloyiha” instituti viloyat bo‘limi;
- viloyat “Agrointexnika” MMTP davlat unitar korxonasi;
- viloyat nasos inshootlari va elektr tarmoqlari boshqarmasi; 
- “Xorazm pilla” birlashmasi;
- viloyat ko‘kalamzorlashtirish boshqarmasi; 
- “Urganch ekskavator” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “O‘zqishlokxo‘jalikmashlizing” ALK viloyat filiali;
- viloyat “Davurug‘nazoratmarkazi”;
- viloyat “Paxta urug‘chiligi” birlashmasi; 
- “Xorazm viloyati chorva ozuqasi” bosh boshqarmasi; 
- “Xorazmsuvqurilish” birlashmasi
Viloyat hokimligi apparatida, hududiy boshqaruv organlarida va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida ijro intizomini takomillashtirish va mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanadi.


Viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 

- kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish sub’ektlari o‘rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- tasarrufidagi idoralarda yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni ta’minlaydi. Investitsiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi, byudjet mablag‘lari hisobiga barpo etilgan ob’ektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
- qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirishni, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
- hududda er va shaharsozlik davlat kadastrlarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- qurilishda bosh reja amalga oshirilishini ta’minlaydi, shuningdek, shaharlar, aholi punktlari qurilishida me’yor va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi.
-kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishning borishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
- kommunal xizmatlar raqobat bozorini shakllantirishga imkoniyat yaratadi. Muhandislik ta’minoti tizimlari doimiy ishlab turishini tashkil etadi.
- transport va aloqa sohasida  xizmatlarni ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport va kommunikatsiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi, ijro etuvchi hokimiyat tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etishga ko‘mak beradi.
- yo‘llar ta’minotiga, transport inshootlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suv hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash, shuningdek aholi punktlari obodonlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
- majmuaga kiruvchi sanoat korxonalari qurilish industriyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy yordam beradi.
- kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Quyidagi viloyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
- viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi;
- viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi; 
- “Xorazmavtoyo‘l”  hududiy yo‘llardagi foydalanish davlat tashkiloti; 
- “Janubgazqurilish” ochiq aktsiyadorlik jamiyati;
- “Obi-hayot” LTD korxonasi; 
- “Xorazmqurilish” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “Xorazmjamoaqurilish” assosiatsiyasi; 
- “Xorazmdehqonchilikqurilish” aktsiyadorlik birlashmasi; 
- “Xorazmtrans” yuk va yo‘lovchi tashish uyushmasi; 
- “Uzavtodaryotrans” agentligi viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston temir yo‘llari Qo‘ng‘irot temir yo‘l uzeli Xorazm hududi;
- “Urganch” xalqaro aeroporti;
- viloyat “Avtotexxizmat” ochik aktsiyadorlik jamiyati; 
- “Urganchtransgaz” sho‘’ba korxonasi; 
- “Xorazmtelekom” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “Xorazmpochtasi” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “Xorazm elektr tarmoqlari” ochik aktsiyadorlik jamiyati;
- Xorazm magistral elektr tarmoqlari korxonasi; 
- “Xorazm issiqlik manbai” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “Xorazmulgurjisavdo” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “Shimolgazta’minot” unitar korxonasi viloyat boshqarmasi; 
- “Tuyamuyin-Urganch” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish
   boshqarmasi; 
-  “O‘zneftgazinspektsiya” viloyat bo‘limi; 
-  “O‘zsanoatkontexnazorat” agentligi viloyat bo‘limi; 
-  “O‘zenergonazorat” viloyat bo‘limi;
- Tuyamuyin GESi;
- Urganch neftebazasi;
-  “Xorazm gilamlari” ma’suliyati cheklangan jamiyati; 
-  “Xorazm-Feruz” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
-  “O‘zstandart” agentligining Xorazm viloyati bo‘limi; 
-  “Urganch o‘t o‘rish mashinalari” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
-  “Xorazm shakar” ochiq aktsiyadorlik jamiyati; 
- “COTTON- TEKS” qo‘shma korxonasi;
-“Xorazmikkilamchiqorametallar” sho‘’ba korxonasi
- Viloyat uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi;
- Viloyat “Trolleybus” boshqarmasi;
- Xorazm viloyat qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi;
- Xorazm viloyat ekspertiza hududiy boshqarmasi;
- Xorazm viloyat davlat arxitektura va qurilish nazorat inspektsiyasi; 
-“Yunitel” MChJ, “Bilayn”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari, viloyat hokimi qarorlari hamda farmoyishlari ijrosini majmua kotibiyati apparati, o‘z tasarrufidagi tashkilotlar va idoralarda takomillashtirish va mustahkamlash masalalari.


Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari 

Viloyat hokimining  jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinda - hokim o‘rinbosari) bevosita viloyat  hokimiga  bo‘ysunadi va joylarda din va millatlararo munosabatlar, jamoat tashkilotlari faoliyati sohasida yagona davlat siyosatinipg amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hokim o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa xujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga amal qiladi.
Hokim o‘rinbosari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda davlat boshqaruvining respublika va hududiy organlari, jamoat, diniy va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Quyidagilar hokim o‘rinbosarining vazifalari xisoblanadi:

- joylardagi tegishli davlat hokimiyati organlari, jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqaror rivojlantirishni ta’minlash hamda yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, diniy-ekstremistik mafkura va missionerlik faoliyati tarqalishiga to‘sqinlik qilish;
-mamlakatda turli fuqarolik jamiyati institutlari, avvalo, nodavlat notijorat jamoat tashkilotlarini yanada rivojlantirish, mamlakatni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilishda ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish;
-joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati ustidan kompleks monitoringni tashkil etish, davlat hokimiyati maxalliy organlarining,   fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari,  nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini tashkil etishga, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarni mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb etishga ko‘maklashish;
- davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirish, sog‘lom, barkamol yosh
avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash borasida joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, «Mahalla» jamg‘armasi va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hududiy bo‘limlari, ta’lim, madaniy-ma’rifiy muassasalar va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etishini ta’minlash;
- joylardagi davlat hokimiyatining tegishli organlari, jamoat va diniy tashkilotlarning madaniy meros ob’ektlarini saqlash masalalari bo‘yicha  o‘zaro hamjihatligini ta’minlash;
- «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etishda mahalliy davlat, jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiklashtirish.
- viloyatda din bilan bog‘lik ahvol, millatlararo munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni muntazam o‘rganadi, ularni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda  ko‘radi;
- O‘zbekiston Musulmonlari idorasi va boshqa diniy tashkilotlar, «Mahalla», «Nuroniy» «Oltin meros» jamg‘armalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy asotsaiyasi viloyat vakili, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlarining hududiy tuzilmalari tomonidan nizomda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishiga -ko‘maklashadi va nazorat qiladi, ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga doir takliflar kiritadi, shuningdek, viloyat hokimining  yordamchisi bilan Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazi hududiy bo‘limlarining targ‘ibot va qarshi targ‘ibotga faoliyatini tashkil etishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlik qiladi;
- viloyat hokimining  nazorat qilinadigan tashkilotlar faoliyatini tashkil va takomillashtirish bilan bog‘lik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo do‘stlik-totuvlikni ta’minlashga qaratilgan buyruqlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlaydi;
-qonunbuzarliklarning oldini olish, nazorat qilinadigan tashkilotlarning ustav faoliyatini samarali amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan   muammolarni   aniklash   va  bartaraf   etish   bo‘yicha   aniq,  chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek, kadrlarni tanlash, joy-joyiga ko‘yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi;
- respublikada din bilan bog‘lik, ahvolni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha yillik xukumat dasturining to‘liq amalga oshirilishini ta’minlaydi, viloyat hokimligi  huzuridagi ma’naviyatni sog‘lomlashtirish tadbirlarini monitoring qilish va o‘tkazish bo‘yicha idoralararo ishchi komissiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yadi hamda unga shaxsan rahbarlik qiladi;
- diniy ekstremizm va missionerlik faoliyati g‘oyalarining tarqalishiga qarshi tushuntirish hamda profilaktika ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtiradi;
- aholi o‘rtasida aholining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida
norozilik kayfiyati hamda boshqa salbiy holatlarning paydo bo‘lishi va
rivojlanishining oldini olishga qaratilgan ma’naniy-ma’rifiy,
profilaktika hamda tashkiliy ishlarni shaxsan yo‘lga qo‘yadi;
- diniy-ekstremistik tashkilotlar a’zosi bo‘lgan, ozodlikka chiqqan yoki jazoni o‘tash koloniyalarida jazoni o‘tayotgan shaxslarning oilalari bilan tarbiya va profilaktika ishlarini tashkil qiladi;
- xotin-qizlar o‘rtasida diniy ahvolni monitoring qiladi, turli diniy-ekstremistik oqimlarning xotin-kizlar kanotlarini tashkil etish va jamiyatni «islomiylashtirish»ga qarshi ishlarni tashkil etadi;
- yuridik va jismoniy shaxslarning millatlararo va dinlararo
munosabatlar, diniy huquq va erkinliklarni ta’minlashga talluqli shikoyat hamda arizalarini o‘rganadi, tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan huquqbuzarlik va kamchiliklarni bartaraf etish uchun o‘tkazilgan o‘rganish hamda tekshiruvlar natijalari bo‘yicha materiallar yuboradi;
- mahalliy OAV va «Internet» tarmog‘ida respublikada din sohasida, millatlararo do‘stlik va e’tiqod erkinligini ta’minlash borasida erishilgan yutuqlarni targ‘ib qilish, mintaqani ma’naviy hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadigan jamoat tashkilotlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikning ijobiy fikrini shakllantirish, shuningdek, respublikada ijtimoiy-siyosiy hayotni bir yoklama, ya’ni g‘arazli yoritishni inkor etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- halq farovonligini oshirish, turmush darajasini yaxshilash, ta’lim, tibbiy xizmatlardan foydalanish va tadbirkorlik bilan erkin shug‘ullanishga qaratilgan xukumat qarorlarining mazmun-mohiyati va ularning qanday amalga oshirilayotgani OAV, aholining turli qatlamlari bilan uchrashuvlarda o‘z vaqtida yoritib borishni tashkil qiladi;
- diniy-ma’naviy merosni saqlash va o‘rganish, islom tarixi hamda
madaniyatining yozma va me’moriy yodgorliklarini asrab-avaylash bo‘yicha ilmiy hamda amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘yadi;
 har yili “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiya faoliyatiga shaxsan rahbarlik qiladi, ziyoratchilar ro‘yxatini tuzishda ijtimoiy odillikni ta’minlaydi;
- jamiyat manfaati yo‘lida jamiyatda raxmdillik va insonparvarlik g‘oyalarini joriy etishga ko‘maklashadigan ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirish hamda mustahkamlashga qaratilgan amaliy tashabbuslarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarga yordam berish ishlarini tashkil etadi;

-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat
notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan loyihalarni samarali amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarga ko‘maklashadi, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlantirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlarning halqaro xamkorligiga yordam beradigan chora-tadbirlar tizimini hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chikadi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, «Mahalla» jamg‘armasining hududiy bo‘limlari faoliyatini tartibga soladigan amaldagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlaydi;
- “Mahalla” jamg‘armasi hududiy tuzilmasining fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlashga doir ishlarini muvofiqlashtiradi;
- mamlakatni yanada rivojlantirish, davlatni boshqarish, ijtimoiy va bozor islohotlarini hayotga tadbiq etish, davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish, mahallani aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantirish, xususiy tadbirkorlik hamda oilaviy biznesni rivojlantirish jarayonlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faol ishtirok etishiga yordam beradigan chora-tadbirlar tizimi ijrosini ta’minlaydi;
- azaldan shakllangan milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va  keng targ‘ib qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eng yaxshi halq urf-odatlari va an’analarini  ommalashtirish,  mahallalar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy   ishlarni   kengaytirish   chora-tadbirlarini   amalga   oshirishni ta’minlaydi;
- “Mahalla” jamg‘armasining hududiy bo‘lim va bo‘linmalarining kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, etim-esirlar va yolg‘iz keksalarga nisbatan insonparvarlik hamda raxmdillik g‘oyalarini targ‘ib qilish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatini muvofiklashtiradi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti - mahallaning faoliyat ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik institutlari bilan yaqin hamkorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etadi;
- ijtimoiy buyurtma shaklidagi davlat mablag‘larini yo‘naltirish orqali joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini keng jalb etishni tashkil qiladi;
- yoshlar o‘rtasida ijtimoiy jarayonlarni, ularning siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy ahvol va rivojlanishga ta’sirini kompleks o‘rganish, prognoz
qilishni tashkil qiladi, bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlar
samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
- yoshlar tashkilotlari faoliyatini, birinchi navbatda, yosh avlodni
buzg‘unchi diniy-ekstremistik va sayyoz “ommaviy madaniyat” ta’siridan himoya qilishga, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda sog‘lom turmush tarziga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishni shakllantirishga yo‘naltiradi;
- yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, ayniqsa, kichik shahar va qishloqlardagi yoshlarni ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi;
- jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikni, ayniqsa, qishloqlarda rivojlantirish sohasiga jalb qilishga qaratilgan yoshlar borasidagi davlat siyosatini qayotga tadbiq etish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
-yoshlar tashkilotlarining musiqa, rassomchilik, san’at va madaniyat sohasida iqtidorli yoshlar va qobiliyatli bolalarni erta aniqlash hamda rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
- “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va yoshlarning boshqa jamoat
tashkilotlari tashkil topishi hamda rivojlanishi uchun tashkiliy-huquqiy,
ijtimoiy-iktisodiy sharoitlarni yanada takomillashtirishga doir
takliflarni tayyorlaydi.
Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda hokim o‘rinbosari quyidagi huquqlarga ega:
- mahalliy davlat, jamoat va diniy tashkilotlar rahbarlariga ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni ta’minlash, dinlararo va millatlararo totuvlikni
mustahkamlash, diniy ekstremizm hamda missionerlik faoliyati g‘oyalarining tarqalishiga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan og‘zaki yoki yozma ko‘rsatmalar va tavsiyalar berish;
- davlat boshqaruvi hududiy organlari, boshqa davlat organlari, korxonalari, muassasa va tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
- zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va boshqa tashkilotlar mutaxassislari hamda vakillaridan iborat ishchi guruhlarini tashkil etish;
- o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish  va ular  yuzasidan  mutasaddiligidagi  tashkilotlar  rahbarlariga qonunchilikka muvofiq topshiriqlar berish;
- mutasaddiligidagi tashkilotlar rahbar kadrlarini attestatsiyadan
o‘tkazishda qatnashish, ularni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida takliflar kiritish va kadrlar zahirasini yaratish;
- ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil kilish va qayta ishlash, axborot-tahlil xujjatlari hamda me’yoriy-huquqiy xujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni talab qilish;
- aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha materiallarni mutasaddilikdagi tashkilotlar rahbarlariga yuborish;
- hududiy bo‘ysunadigan mansabdor shaxslardan og‘zaki yoki yozma
tushuntirish xatlarini talab qilish.

Hokim o‘rinbosari kundalik faoliyatni tashkil etishda:
- viloyat hokimligi  ma’muriyatining ish kuni reglamentiga rioya qiladi;
-  kotibiyat mudiri ishiga rahbarlik qiladi.
Kotibiyat mudirining funktsional majburiyatlari hokim o‘rinbosari tomonidan ishlab chiqiladi va viloyat tomonidan tasdiqdanadi.
Hokim o‘rinbosari kotibiyatidagi nomenklatura ishlari mutasaddilikdagi tashkilotlar, shuningdek, hokim o‘rinbosari faoliyatining yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlari bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.
Bundan tashqari, hokim o‘rinbosari kotibiyatida quyidagi toifalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tashkil etilib, muntazam yangilanib boradi:
- ro‘yxatga olingan jamoat, diniy va yoshlar tashkilotlari, siyosiy partiyalar va harakatlar bo‘limlari;
- ro‘yxatga olinmagan va viloyat hududida faoliyat yuritadigan jamoat, diniy va yoshlar tashkilotlari;
- aholining diniy va milliy tarkibi;
- diniy-ekstremistik tashkilotlar a’zolari (“maxfiy” grifi bilan);
-diniy-ekstremistik tashkilotlarga sodik shaxslar (“maxfiy” grifi
bilan);
- islomiy bo‘lmagan din tarafdorlaridan iborat faol missionerlar;
- «tariqatchilar» sufiylar jamoasi a’zolari; 
- «otinoyilar»;
- «folbinlar», «aziyimxonlar»;
- norasmiy diniy etakchilar;
- etnik diasporlarning norasmiy etakchilari;
- norasmiy yoshlar etakchilari;
- norasmiy siyosat arboblari va «mustaqil huquq ximoyachilari».


Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlarga hamda xukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik ishlariga rahbarlik qiladi;
Oilada mahalla va mehnat jamoalarida xotin-qizlarning mavqeini oshirish borasidagi davlat siyosatini yuritish, ayollarning mehnat sharoitini yaxshilash, davlat va nodavlat tashkilotlarining shu masalalarga oid faoliyatini va xarakatlarini muvofiqlashtiradi, korxona, tashkilot va muassasalarda ayollarning ijtimoiy muhofazasini oshirishda ishtirok etadi.
Mahallalar, o‘quv muassasalari, mehnat jamoalarida ayollarning yuksak vatanparvarlik, milliy va diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, begona diniy oqimlarga qarshi kurashga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etadi, ayollar o‘rtasida jamiyatimizga zid g‘oyalar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘radi.
Xotin-qizlarni   ma’naviy,   ijtimoiy   va   kasbiy   jihatdan   qo‘llab-quvvatlash,   onalik   va   bolalikni   muhofaza   etishga   yo‘naltirilgan tadbirlarni uyushtiradi. Xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotini ta’minlashga, siyosiy, iqtisodiy va xuquqiy bilimlarini oshirishga oid tadbirlarni tashkil qiladi.
Xotin-qizlar reproduktiv salomatligini yaxshilash, ular o‘rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish, ushbu sohaga homiylarni jalb etish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi, xotin-qizlar qo‘mitasi ishlarini tashkillashtiradi.
- viloyat xotin-qizlar Kengashi;
- viloyat “Oila” ilmiy-amaliy markazi;
- viloyat “Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash” assotsiatsiyasi;
- viloyat “To‘maris” jamg‘armasi;
- “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi;
- viloyat “Tadbirkor ayol” uyushmasi;
- “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi viloyat bo‘limi;
- viloyat Nogironlar jamg‘armasi;
- viloyat Ko‘zi ojizlar jamiyati;
- viloyat “Qizil Yarim Oy” jamiyati;
- “Olima ayol”  uyushmasi viloyat bo‘limi;
- “Interbilim” ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi;
- “Xamdard” ayollar markazi;
- “Istiqbol” ayollar markazi;
- “Sog‘lom oila” reproduktiv salomatlik tashkiloti;
- “Mehrigiyo” ayollar markazi; 
- “Ona mehribon” ayollar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi;
- “SOS”  bolalar mahallalari O‘zbekiston assotsiatsiyasi viloyat filiali;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari, viloyat hokimi qarorlari hamda farmoyishlari ijrosini majmua kotibiyati apparati, o‘z tasarrufidagi tashkilotlar va idoralarda takomillashtirish va mustahkamlash masalalari.


Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi

- milliy g‘oya va mafkura masalasi bilan bog‘lik dolzarb muammolarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish, ularning aholi qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlar mohiyatini ochib berish;
- xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviyati va milliy kadriyatlari, diniy karashlar va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi samarali kurash olib borish masalalari;
- fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularni ongli yashashga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, turli ma’naviy tajovuzlarga qarshi tura oladigan qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan amaliy tavsiyalar tayyorlash;
- ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan  uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash masalalari bilan shug‘ullanadi;
Viloyatdagi quyidagi jamoat tashkilotlari va davlat idoralari faoliyatini samarali muvofiqlashtirib boradi:
- “Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati;
- “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi viloyat bo‘limi; 
- “O‘zbekkinovideo” davlat agentligining viloyat bo‘limi;
- Respublika jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi;
- O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi; 
- viloyat teleradiokompaniyasi;
- viloyat matbuot va axborot boshqarmasi;
- viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi;
- viloyat “Oltin meros” jamg‘armasi;
- Viloyat “Vatanparvar” tashkiloti
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligining joylardagi muhbirlari;
  Mintaqaviy-hududiy matbuot nashrlari gazeta va jurnallar.