Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Tarixdan yaxshi bilamizki, diniy bag‘rikenglik, turli millat va elatlarning o‘zaro tinch va totuv yashashi yurtimizga xos bo‘lgan fazilat, xalqimizning azaliy qadriyatlardan biridir. Xuddi ana shu hol IX – XII asrlarda Markazi Osiyodan bir qator titanik aql egalarining etishgib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ulardan faqat Al – Xorazmmiy, Ibn Sino va Al Beruniylarni sanab o‘tishning o‘ziyoq o‘z vaqtida ajdodlarimiz erishgan kamolot cho‘qqisi haqida aniq tasavvur beradi. Amerikalik tadqiqotchi Frederik Starrning uqtirishicha “800-1100 yillar orasida markaziy osiyolik  olim, san’atshunos va mutafakkirlar pleyadasi mintaqani dunyoning intellektual markaziga aylantirdi. Ularning ta’sir doirasi Sharqiy Osiyo va Hindistondan Evropa va Yaqin Sharqqacha taralgan edi”. 
2014 yilning 15-16 may kunlari Samarqand shahrida  bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada Prezidentimiz I.A.Karimov o‘tmish va o‘tmishda yig‘ilgan boy madaniy va ilmiy merosga bo‘lgan munosabatning asosiy mohiyati haqida shunday degan edilar: “O‘zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab – avaylashga, boyitish va ko‘paytirishga, shuningdek, unib – o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e’tibor qaratmaydigan, har tomonlama uyg‘un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarash va yondoshuviga, grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxsni kamol toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo‘lidan chetda qolib ketishga mahkum ekanini biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilganmiz va yaxshi tasavvur etamiz”.


Darhaqiqat, mustaqillik yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida mamlakatimizda erishilgan ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy yutuqlar asosida ming yillik tariximiz, qadriyat va an’analarimizga suyanganimiz yotadi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, xalqimizning ming yillar davomida shakllangan ilmiy, aqliy va amaliy slohiyati, eng asosiysi turli elat va millatlarning totuvligi, dinlar va konfessialar aro hamjihatlik ushbu muvaffaqiyatlarning kafolati bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. 
Bosh Qomusimizning 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”, deb belgilab qo‘yilganligi ham bejiz emas.
Bugungi kunda birgina Xorazm viloyatida  o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari teng huquqlilik asosida ahil va inoq yashab kelmoqda. Har bir millatning erkinligi, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari, kasb-hunar egallashlariga birdek sharoitlar yaratilgan. Albatta, har bir millat va elatning tili, madaniyati, dini, urf-odatlari va an’analarini saqlash hamda rivojlantirish alohida diqqat markazida. Barcha millat vakillari mahalliy davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy jarayonlarining faol ishtirokchilaridir. 
 Bundan tashqari, kamsonli millatlarning kompakt yashash joylarida ta’lim o‘sha millat tilida ta’lim beradigan o‘rta maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugun Xorazmda  11 ta rus tilida, 2 ta qozoq tilida, 2 ta turkman tilida, shuningdek, 10 ta rus – o‘zbek, o‘zbek – qozoq, o‘zbek - turkman maktablarining ish olib borayotganligi aytib o‘tish mumkin.


Viloyatdagi ommaviy axborot vositalarida millat va elatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, milliy-madaniy markazlar faoliyatini targ‘ib etish, ularning turmush madaniyati, urf-odatlarini targ‘ib etuvchi ko‘rsatuv va eshittirishlar berilib, maqolalar muntazam ravishda chop etilib borilmoqda. Viloyatida rus, tatar, qozoq, koreys milliy - madaniy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning faoliyati  jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni yanada ravnaq toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Hozirgi kunda viloyatda diniy bag‘rikenglik printsiplari asosida 101 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda. Islomiy tashkilotlar qatorida katolik, pravoslav va xristian cherkovlari ham ishlab turibdi. Ular ushbu din vakillarining e’tiqodlari bilan bog‘liq urf – odat va diniy marosimlarini o‘tkazishga bo‘lgan talablarini to‘la qondirmoqda. Shuningdek, ular yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlik kabi xunuk holatlarning oldini olish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha muayyan tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Darhiqiqat, yoshlarimiz uchun xalqimizning asrlar davomida to‘plagan tajriba, amal qilib kelayotgan urf-odatlari va hayot tarzi yoshlarimiz uchun ulkan maktabdir. 
Ta’kidlash lozimki, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan e’tiboran yosh avlod tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bunda xalqimiz amal qilib kelayotgan qadriyatlar asos qilib olingan. 
Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori yoshlar bilan ishlashni  kuchaytirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat bo‘ldi. 
Ana shu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda 7 yo‘nalishdagi ishchi guruhlar tuzildi, tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. 
Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni turli  yot mafkura va g‘oyalar ta’siridan saqlash kabi muhim masalalar dasturning asosini tashkil qiladi. 
Urganch shahridagi Amir Temur nomli  istirohat bog‘ida “Yoshlar markazi”ni qurilayotganligi, viloyat markazi va tumanlarda yosh oilalar uchun turar joy va “Kamolot uylari” qurilayotganligi belgilangan tadbirlar doirasidagi tadbirlardir.
Yaqinda Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, viloyat hokimligi hamkorligida “Barkamol avlod shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 
Seminar qatnashchilari mavzuga oid ko‘rganzma bilan tanishdilar, “Do‘stlik va totuvlik mamlakati” hujjatli filmini tomosha qildilar. 
So‘zga chiqqanlar “Yosh avlodni milliy va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda milliy madaniy markazlarning roli”, “Birkamol avlod tarbiyasida milliy va diniy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati”, “Barkamol avlod – yuksak ma’naviyatli avloddir” kabi mavzularda ma’ruzalar qildilar. 


Shuhrat Matkarimov,
Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmati rahbari