Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joriy yilning birinchi choragida viloyatni  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Xorazmni rivojlantirishning 2015 yilgi eng muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilganlar oldida viloyat hokimi P.Bobojonov ma’ruza qildi.
Hisobot davrida viloyatda yuqori  iqtisodiy o‘sish ta’minlanganligi ta’kidlandi.
Yalpi xududiy mahsulot 15,2 foizga, sanoat mahsulotlari 35,7 foizga, qurilish ishlari 10,2 foizga, chakana savdo aylanmasi 17,8 foizga va jami xizmatlar 12 foizga o‘sishiga erishildi.


“Xorazm viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq xisobot davrida 256 ta loyiha amalga oshirilib, iqtisodiyot tarmoqlariga 58 mlrd. so‘m miqdoridagi investitsiyalar jalb qilindi  va bir ming uch yuzdan ziyod  yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturiga asosan joriy yilning 1-choragida qiymati 216,3 mln. AQSH dollarilik 268 ta loyiha amalga oshirilib, 7774 yangi ish o‘rinlari yaratildi. 
Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirishga qaratilgan Dastur doirasida ayni paytda 461 ta ob’ektda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Turizm sohasini rivojlantirish Dasturiga muvofiq xisobot davrida 44,7 mln. AQSH dollarilik 88 ta loyiha amalga oshirildi. 
 “Keksalarni e’zozlash yili” viloyat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha manbalar xisobidan 8,6 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. Bu yo‘nalishda joriy yilning birinchi yarim yilligida 122 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirish belgilangan.
Viloyat hokimi bugungi kunda vohada kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari taraqqiyoti uchun sharoitlar va ularning xuquqlarini ximoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham to‘xtaldi.
Bugungi kunda viloyat yalpi ichki mahsulotida  kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining  ulushi 60,2 foizni tashkil etmoqda. Ish bilan band aholining 81 foizi shu sohada mehnat qilayapti. 
Kichik biznes sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan 2015 yilning o‘tgan davrida 107 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi, shundan 31,6 milliardan ortig‘i mikrokreditlardir. 
Yig‘ilishda qulay biznes muxitini shakllantirishda mahalliy davlat boshqaruvi organlarining roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Faollar yig‘ilishida so‘zga chiqqan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xujaniyozova amalga oshirilayotgan  tarkibiy qayta o‘zgartirishlarga, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan eng muhim loyihalarni amalga oshirilishiga karatilgan chora-tadbirlarga  to‘xtaldi.
Yigilishda joriy yilning 1-yarim yilligida yalpi xududiy mahsulot xajmini 10,0 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 25,4 foizga, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni 55,3 foizga, qurilish pudrat ishlarini 5,5 foizga, qishloq xo‘jaligini 5,2 foizga, chakana savdo aylanmasini 11,2 foizga va jami xizmatlar xajmi 15,1 foizga o‘sishi ta’minlanishi zarurligi ta’kidlandi.
Faollar yigilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikramov qatnashdi va so‘zga chiqdi.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati