Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


An’anaga ko‘ra bu yil ham Xotira va qadrlash kuniga har tomonlama taraddud ko‘rildi. Prezidentimizning “1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi” estalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonlarining qabul qilinishi mamlakatimiz faxriylariga beqiyos g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasidir.


“Jasorat, burch, matonat” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, uchrashuvlarda urush va mehnat faxriylari, O‘zbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlari faxriylari, maxalliy hokimliklarning vakillari, ijodkorlar ishtirok qildilar. Ularda inson xotirasi azizligini, o‘tganlar xotirasini qadrlash, qaxramonlarimiz jasoratini teran anglash kabi xalqimizga xos tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib berildi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot guruhi a’zolari viloyatimizning shahar va tumanlarida bo‘lishdi va Ikkinchi jahon urushi yillarida janggohlarda jang qilgan o‘zbek yigitlarining mardliklari, front ortida mehnat qilgan ayollar, o‘smirlarning fidoyiliklari xaqida so‘zlab berishdi.
9 may - Xotira va qadrlash kuni ertalab viloyat markazidagi Xotira maydoni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, fronti orti mehnat faxriylari, boshqarmalar, tashkilotlarning rahbarlari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari bilan yanada gavjum bo‘ldi. Mardlik, jasorat ko‘rsatib, Ikkinchi jahon urushida xalok bo‘lgan eldoshlarimiz yodga olindi va “Motamsaro ona” haykali poyiga, gullar qo‘yildi.
 “Xotira kitobi” oldidagi keksa onaxon, otaxonlar, farzandlar, nabiralar xoki urushda qolgan bobolari xurmatini saqlab, qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, xuddi ular bilan suxbatlashganday ta’zim bajo keltirishardi.
Shundan so‘ng urush va mehnat faxriylari viloyat markazidagi bunyodkorliklar, Shovot qanali qirg‘og‘idagi dillarga zavq-shavq beruvchi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
Bayram tadbiri “Xumo” tuyxonasida davom etdi.
Viloyat hokimi P.Bobojonov barchani umumxalq bayrami - 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan samimiy qutladi.


“Xorazm xaqiqati” 2015 yil 13 may № 38 (19176)