Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida, jumladan Xorazm viloyatida ham olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari xalqimiz olqishiga sazavor bo‘lmoqda.  Ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimov Qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturga asosan Urganch shahrida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hatto chet ellik mehmonlarning ham havasini keltirmoqda. Ular bunyod etilayotgan imoratlarda zamonaviylik,  milliy, jumladan, Xorazm me’morchilik an’nalari mohirona uyg‘unlashtirilganligini qayd etmoqdalar.
Bunday muvaffaqiyatlarda albatta, shaharsoz me’morlarning ijodi, qo‘llayotgan yangiliklarining ahamiyati katta, albatta.
Shu ma’noda bugun mamlakatimiz arxitektorlari uchun ayni qizg‘in ijod pallasi desak, hech xato bo‘lmaydi. Me’morlar tomondan qilinayotgan mehnat va ijod jarayonlarining yanada samarali bo‘lishi uchun O‘zbekiston hukumati arxitektorlarning ish sharoitlarini yaxshilash uchun qator tadbirlarni belgilagan. Bugun ular izchil amalga oshirilmoqda. 


Jumladan, Vazirlar Mahkamasi 2014 yilning 27 noyabrida Arxitektura organlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va mas’uliyatini yanada oshirish hamda tarmoq kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, sohaga doir me’yoriy hujjatlar va standart talablarini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Ushbu yig‘ilish bayonida arxitektura idoralari moddiy texnika bazasini takomillashtirish, me’morlarning kasbiy malakalarini oshirish, ilg‘or chet el tajribalarini qo‘llashni tizimlashtirish kabi masalalar kun tartibiga qo‘yilgan. 
Xorazm viloyatida ham shu kungacha ushbu yo‘nalishda anchagina ishlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, viloyat Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspektsiyasi, davlat ekspertizasi va tender-konsalting markazlarini hamda “Shaharsozlik va qurilish industriyasini rivojlantirish markazi” bir joyga, Urganch shahrida yangidan qad rostlagan Al-Xorazmiy ko‘chasidagi binoga joylashtirildi. 
Tuman va shahar arxitektura bo‘limlari joylashgan binolarning ahvolini qayta xatlovdan o‘tkazildi. Bog‘ot, Urganch va Shovot tuman arxitektura bo‘limlari alohida binolar bilan ta’minlandi. Qolgan tumanlardagi bo‘limlarni ham alohida binolar bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkent arxitektura va qurilish instituti qoshidagi markazda shahar va tumanlar bosh arxitektorlar malakasini oshirish grafigi ishlab chiqildi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim qilindi.
Shunga  asosan shu kungacha Xiva va Gurlan, Yangibozor, Urganch va Bog‘ot tumanlari bosh arxitektorlari malaka oshirish kurslarida o‘qib qaytdilar. 
Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasidan arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislarining tashrifini tashkillashtirish va ular ishtirokida master klasslar o‘tkazish rejalashtirilgan. 
Urganch shahri va Xiva tumani bosh arxitektorlari Pekin shahriga arxitektura va shaharsozlik sohasidagi tajribalarni o‘rganish uchun xizmat safariga yuborilishi rejalashtirilgan.
Natijada bugun xorazmlik me’morlar faqat  viloyat markazida emas, balki chekka hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida ham eng maqbul, zamonaviy, ayni paytda mahalliy qurilish an’analariga asoslangan me’moriy yechimlarni tanlashga muvaffaq bo‘lmoqdalar. 
Viloyat markazidagi “Yoshlik” shaharchasida joylashgan madaniy va maishiy ob’ektlar, ulkan sport majmuasi, “Baxt uyi”, “Yoshlar ko‘li”, 2 – musiqa va san’at maktabi, Turizm va mehmonxona kasb – hunar kolleji, ko‘p qavatli turar joy binolari  Urganch shahrining qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborgan  bo‘lsa, tumanlarda qad rostlayotgan madaniy va maishiy inshootlar, “Xorazm teks”, “UztexShovot”, Xazoraspdagi “JM” avtomobil zavodlarining binolari tuman markazlarining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. 
Yuqoridagi hujjatda boshqa masalalar qatori arxitektura organlarini mahalliy byudjet hisobidan avtotransport vositalari bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilgan edi.
Yaqinda Xorazm viloyatidagi shahar va tuman arxitektura bo‘limlariga maxsus jihozlangan “Damas” avtomobillari topshirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar me’morlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning ijod va ish sharoitlarini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar uchun minnatdorchilik bildirdilar.


Xorazm viloyat hokimligining Axborot xizmati