Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


CHUQUR TAHLIL ASOSIDA...

Urganch shahar hokimligida viloyatimizdagi foydalanilmay turgan ob‘ektlar va faoliyat yuritmayotgan korxonalar negizida yangi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo sohasi sub‘ektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar yuzasidan tashkil etilgan respublika ishchi guruhining o‘rganishlari natijalariga qaratilgan qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas‘ullari, tuman va shahar hokimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, viloyat prokuraturasi, adliya va soliq boshqarmalari, tadbirkorlar va ishbilarmonlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova boshqarib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2011 yilning 9 oyi yakunlariga bag‘ishlangan majlisda viloyatni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, bu boradagi muammolarni o‘rganish, bo‘sh turgan ob‘ektlar va faoliyat yuritmay kelayotgan korxonalarni aniqlash hamda ularning o‘rnida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, turizm, servis xizmati va savdo sohasi sub‘ektlarini tashkil etishga doir vazifalar belgilab berilgan edi. Shu yuzadan viloyatimizda tadbirlar izchil tarzda amalga oshirilmoqda. Shahar va tumanlarda faoliyat yuritmay kelayotgan korxonalar aniqlanib, ularning negizida ishga tushiriladigan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo sub‘ektlari to‘g‘risida dasturlar tayyorlandi. Shu bo‘yicha ishlab chiqilgan 94 ta loyihada 64,9 mlrd. so‘m va 27,5 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirilishi nazarda tutilgan.

Shunday bo‘lsada, mazkur masala joylarda tashkil etilgan respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganda, belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlashda mas‘uliyatsizliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

Xususan, belgilangan loyihalarning Urganch shahrida 3 tasi va Urganch tumanida 2 tasi bo‘yicha ijobiy siljishga erishilmagan.

Ayrim tumanlarda tayyorlangan dastlabki loyihalar talab darajasida emasligi qayd etildi. Shuningdek, viloyatdagi ayrim tijorat banklari mas‘ul bo‘lgan bir qator loyihalar bajarilmagan.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasining “Mulk-Invest” davlat kompaniyasi rahbari B.Shahriyorov dasturlarda belgilangan ko‘rsatkichlarni ta‘minlash yuzasidan tizimli monitoring olib borilishi va muhokama qilinishi, loyiha tashabbuskorlari oldida vujudga kelayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi lozimligini ta‘kidladi.

Tadbir davomida shahar va tuman hokimlari faoliyat yuritmasdan bo‘sh turgan ob‘ektlar va ularning o‘rnida ishga tushiriladigan xizmat ko‘rsatish, savdo va ishlab chiqarish sub‘ektlari to‘g‘risida axborotlar berishdi.

“Xorazm haqiqati” gazetasi