Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


BIRLASHISHDAN MAQSAD - FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH

Joriy yilning 21 oktyabrь kuni bo‘lib o‘tgan “Urganch sharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida “Parkent sharob” OAJni “Urganch sharob” OAJga birlashtirish va bu jarayon bilan bog‘liq tashkiliy ishlar kun tartibining asosiy masalalardan biri bo‘ldi.

“O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi tizimiga kiruvchi bu ikkala korxona ixtisoslashuviga ko‘ra bir xil faoliyat bilan shug‘ullanadi. Korxonalardan biri Toshkent viloyatining Parkent tumanida, ikkinchisi esa Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan.

“Urganch sharob” korxona haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, uning faoliyati natijalari ko‘zni quvontiradi. Jamiyat ijro organining boshqaruvni oqilona yo‘lga qo‘ya bilgani bois, keyingi 3-4 yilda “Urganch sharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyatida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilyapti. Korxona boshqaruvi raisi Rafqat Kaneyev ishlab chiqarish sohasini yaxshi biladigan mutaxassislardan. 2010 yil sarhisobi bo‘yicha jamoa 1 mlrd. 715 mln. so‘m miqdorida sof foydaga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2009 yilga nisbatan deyarli 1,5 baravar ko‘pdir. Ushbu yutuqlar korxonada keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilganligi tufayli qo‘lga kiritilyapti. Bu, ishlaganga imkon keng, degan naqlning hayotiy isboti, desak, aslo mubolag‘a emas.

“Parkent sharob” OAJ esa iqtisodchilar “tili” bilan aytganda, bankrot, ya‘ni tanazzulga yuz tutgan korxona sifatida bugungi kunda faoliyatini to‘xtatgan. Zero, uzumning aynan ko‘plab sanoatbop navlari yetishtiriladigan Parkent tumanida sohani rivojlantirish imkoniyatlari katta ekanligini e‘tiborga oladigan bo‘lsak, korxonaning “to‘xtab” qolishi eshitgan quloqqa erish tuyuladi, albatta.

Xo‘sh korxona nega bunday ahvolga tushib qoldi? Korxonalarda korporativ boshqaruv tizimi joriy qilinishiningmohiyati shundaki, faoliyatda yakkahokimchilik, to‘rachilik, o‘zibo‘larchilik kabi holatlarning oldini olishdir. Shu ma‘noda aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyadorlar tomonidan ishonchli vakillardan iborat. Kuzatuv kengashi saylanib, unga bevosita ijro organi faoliyati ustidan doimiy nazorat qilishdek vakolat berilgan. Kuzatuv kengashi esa o‘z faoliyati yuzasidan aktsiyadorlarning Umumiy yig‘ilishlarida muntazam ravishda hisobot berish tizimi aynan aktsiyadorlar manfaatlariga to‘la mos kelishini inobatga oladigan bo‘lsak, bunday boshqaruv ko‘plab aktsiyadorlik jamiyatlarida iqtisodiy o‘sish omillaridan biri sifatida e‘tirof etilayotir.

To‘g‘ri, bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlik tushunchasi va atamasi endilikda ko‘pchilikka begona bo‘lmasada, bunday vaziyatga tushishning o‘zi kishida noxush kayfiyat uyg‘otadi. “Parkent sharob”ning tanazzulga yuz tutishi sabablari haqida bugun ming bir vajni ro‘kach qilish mumkindir, balki. Ammo maqsadimiz bu haqda mulohaza yuritish emas, bunday holatlarning umuman sodir bo‘lmasligi uchun masalaga o‘z vaqtida ochiq ko‘z bilan qarashga o‘rganishda!

Gap shundaki, barcha imkoniyat, shart-sharoitlar bo‘la turib, korxonaning izchil faoliyat yuritmasligini izohlash qiyin. Hayriyatki “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi mutasaddilarining sa‘y-harakatlari natijasi o‘laroq, uni iqtisodiy jihatdan ancha baquvvat bo‘lib borayotgan “Urganch sharob”ga birlashtirishdan ko‘zlangan maqsad korxonani oyoqka turg‘azishdan iborat edi.

Kompaniya boshqaruvi raisining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, jamiyat aktsiyadorlarining 2011 yil 28 iyunь kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida “Urganch sharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga “Parkent sharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyatini birlashtirish shartnomasi tasdiqlandi.

Ayni paytda jamiyatni qayta tashkil qilishga qarshi ovoz bergan aktsiyadorlarga O‘zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan aktsiya pullarini qaytarib berishga qaror qilindi. “Urganch sharob” OAJda bo‘lib o‘tgan galdagi qo‘shma yig‘ilishda parkentlik mehmonlar, ya‘ni yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aktsiyadorlar, “Parkent sharob” OAJ Kuzatuv kengashi a‘zolari hamda “Urganch sharob” OAJ Kuzatuv kengashi raisi, a‘zolari hamda korxona ishchi-xizmatchilari ishtirok etishdi.

Parkent bilan Urganch shahri orasi 1000 kilometrdan ortiqroq masofani tashkil qiladi. Xo‘sh, birlashadigan bo‘lsa, uzumning turlariga boy Parkent xom ashyoga “kon” bo‘lsa-yu, ishlab chiqarish jarayoni “Urganch sharob”da bo‘ladimi? Unda mahsulot tannarxi oshib ketmaydimi? Xorazmda uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga korxona tomonidan buyurtmalar bo‘ladimi?..

Yig‘ilish jarayonida bu kabi savollar korxona taqdiriga befarq bo‘lmagan ham parkentlik, ham urganchlik aktsiyadorlar, mutaxassislarni birdek qiziqtirgani bejiz emas edi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, nochor ahvolga kelib qolgan korxonada ishni tashkil qilish, kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, ishlab chiqarishni bir maromda bo‘lishini ta‘minlash uchun boshqaruvni ishonchli “qo‘l”ga topshirish shart va zarur ekanligi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishga chiqqan ma‘ruzachilar tomonidan qayta-qayta ta‘kidlab o‘tildi.

Biz Parkentdan xom ashyo tashib keltirish niyatimiz yo‘q. Bu o‘z-o‘zidan xarajatlar oshishiga va mahsulot tannarxiga ta‘sir qilmay qolmaydi, - dedi “Urganch sharob” OAJ boshqaruvi raisi Rafqat Kaneyev. - Parkentning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Parkent tumanining tabiat in‘om etgan toza suvi, sof havosi, sanoatbop sifatli uzum navlaridan bir paytlar ishlab chiqarilgan mahsulot turlarini ko‘paytirib, eksportni yo‘lga qo‘yish niyatimiz bor. Buning uchun korxonani ta‘mirlash, modernizatsiya qilish uchun investitsiya kiritish rejasini ishlab chiqqanmiz. Ushbu rejani bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Parkentdagi korxonani “Urganch sharob”ning ishonchli qanoti bo‘lishi uchun bir yoqadan bosh chiqarish yagona maqsadga aylanmog‘i kerak. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishamiz.

Parkent tumanida uzumchilik sohasida yuqori natijalarga erishayotgan 11 ta agrofirmalar qatori bizning agrofirmaning ham munosib ulushi bor, - dedi yig‘ilishda ishtirok etgan Parkent tumanidagi “Tursun Barot” agrofirmasi rahbari Baxtiyor Baratov. - 300 gektar tokzorimiz bor. Mavsumda 400 tonnaga yaqin sanoatbop uzum yetishtirib berish imkoniyatiga egamiz. Uzumni qabul qiluvchi korxonalardan biri “Parket sharob” “Urganch sharob” tasarrufiga qo‘shilib, faoliyatini qayta tiklab oladigan bo‘lsa, biz xom ashyoni shartnoma asosida uzluksiz tarzda yetkazib berishimiz mumkin bo‘ladi. Darvoqe korxona taqdiriga biz kabi ko‘plab parkentliklar ham befarq emaslar.

O‘sha kungi qo‘shma yig‘ilishda ikkala korxonaning birlashuvi bilan bog‘liq savollar, fikr-mulohaza va takliflar ko‘p bo‘ldi. E‘tiborlisi shundaki, hammaning birlashish natijasida tomonlarning manfaatlariga ziyon yetkazmasdan bu tadbirni bekamu-ko‘st amalga oshirishga qaratilganini anglash qiyin bo‘lmadi. Bu borada har ikkala tomon vakillari ishtirokida ishchi guruhi tuzilib, ular zimmasiga belgilangan muddat ichida “Parkent sharob”da inventarizatsiya ishlarini tugatish vazifasi yuklatildi.

Kezi kelganda aytish kerakki, “Urganch sharob” OAJ aktsiyadorlari yana bir xayrli ishni rejalashtirganlar. Ya‘ni, Urganch shahridagi ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlari jarayonidan chetda qolmaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 20 iyundagi yig‘ilishi qarorini amalda bajarish uchun loyiha qiymati 3,6 mlrd. so‘mlik yangi turar-joy qurilishini boshlash arafasida turishibdi.

Darhaqiqat, qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda qolmaydi, deganlaridek, bugun Xorazmdagi ilg‘or korxonalardan biri bo‘lgan “Urganch sharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyati a‘zolari har sohada namuna bo‘lishayotir. Korxona aktsiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etgan jamiyat Kuzatuv kengashi raisi Adiba Ahmedjonova yaxshi bir gap aytdi:

- Har qanday balandparvoz so‘zlardan holi ravishda bugungi kun muhim voqea sifatida korxona hayotida qolishi, shubhasiz. Ayni paytda jamiyat zimmasiga ulkan vazifa yuklanayotganligini ham alohida ta‘kidlash o‘rinli. Ana shunday zalvorli yukning mas‘uliyatini his qilgan holda, yaqin yillar ichida “Urganch sharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyati a‘zolari o‘z sohasining ustasi bo‘lgan mutaxassis xodimlari bilan birgalikda saflarini yanada kengaytirib, “Parkent sharob”ning sha‘ni, dovrug‘ini “Urganch sharob” timsolida qayta tiklaydilar, degan umiddamiz.

Darvoqe, biz ham ushbu niyatga chin dildan qo‘shilgan holdi jamoa a‘zolarining bahamjihatlikda tashlaydigan qadamlari qutlug‘ bo‘lishiga ishongimiz keladi.

“Birja” gazetasi