Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


   O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi"O’zbekiston Respublikasining 2016 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2458-son qarorining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbe­kiston Respublikasi "Mahalliy davlat xokimiyati to’g’risida”gi qonunining 6-, 25 - moddalariga asosan

QAROR QILAMAN:

   1. Xorazm viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi hamda shahar va tumanlar xokimliklari tomonidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilgan "Xorazm viloyatining 2016 yil xudu­diy Investitsiya dasturi” ma’qullansin.

   2. Dastur doirasida 2016 yilda amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha:

o’zlashtiriladigan kapital mablag’larning asosiy ko’rsatkichlari

1-ilovaga;

   respublika investitsiya dasturiga kiritilmagan ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlar ro’yxati

2-ilovaga;

sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish va ser­vis sohalari, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalbqilish bo’yicha xududiy investi­tsiya loyihalari ro’yxati 3-ilovaga;

   xududiy investitsiya dasturi loyihalarini amalga oshirish bo’yicha Ishchi guruxi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

   3. Ishchi guruhi (Sh.Xo’janiyozova) zimmasiga:

xududiy investitsiya dasturiga kiritilgan inves­titsiya loyihalarining bajarilishini ta’minlash bo’yi­cha tegishli tashkilotlar, muassasalar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda aniq chora-tadbirlar belgilash;

   -tijorat banklarining investitsiya faolligini kengaytirishda va korxonalarga kredit mablag’lari ajratilishida amaliy yordam berish;

- amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xar oy yakuni bilan viloyat hokimiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.

   4. Urganch shahar va tumanlar xokimlariga: mazkur qarordan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi belgilangan investitsiya loyihalarini tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlab uch kun muddatda viloyat xokimligiga taqdim etish;

belgilangan dasturning prognoz parametrlari to’lik va sifatli bajarilishini hamda joylarda ishchi guruhlari tashkil qilib, monitoring yuritilishini tashkillashtirish;

   viloyat tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilishi belgilangan investitsiya loyixalariga kre­dit resurslari ajratilishi bo’yicha zarur choralar ko’rish;

mahsus komissiyalar tomonidan belgilangan tartib va reglamentga asosan, qurilishi tugallangan hamda ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan ob’ektlarni shaxarsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishga qabul qilish yuzasidan dalolatnomalarni rasmiylashtirish hamda xokim qarorlarini qabul qilish topshirilsin.

   5. Viloyat moliya boshqarmasi (M.Davlatov) Respub­lika investitsiya dasturiga kirmagan mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga quriladigan va rekonstruktsiya qilinadigan ob’ektlarni o’z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin.

   6. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (E.Bobojonov)ga tijorat banklari bilan birgalikda xududiy investitsiya dasturi loyihalarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish maqsadida kredit resurslarini o’z vaqtida ajratish va zamonaviy ilg’or xorijiy uskunalarni chetdan sotib olish uchun kerak bo’lgan mablag’larni konvertatsiya qilish masalalarida amaliy yordam berish tavsiya etilsin.

   7. Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya­lar va savdo boshqarmasi (M.Abdirimov)ga xorijiy in­vestitsiyalarhisobiga amalga oshiriladigan qo’shimcha loyixalarni izlab topish, dastur doirasida viloyat iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha ma’lumotlarni viloyat xokimligiga taqdim qilib borish topshirilsin.

   8. Viloyat statistika boshqarmasi (O.Ishchanov), viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi (M.Abdirimov) shahar va tumanlar xokimliklari bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihalar bo’yicha bajarilgan qurilish ishlari hamda kiritilgan investitsiyalar, shuningdek jalb qilingan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmlarini statistika xisobotlarida to’liq aks ettirilishi bo’yi­cha tegishli choralarni ko’rsinlar.

   9. Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi (T.Davletov)ga xududiy investitsiya dasturiga kiritilgan investi­tsiya loyihalarining bajarilishi bo’yicha ma’lumotlarni har oyning 5-sanasigacha viloyat ishchi guruxiga taqdim qilish topshirilsin.

   10. Mazkur qaror "Xorazm haqiqati” va "Xorezmskaya pravda” gazetalarida e’lon qilinsin.

   11. Xorazm viloyati hokimligi xuzuridagi "Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (S.Sodikov) maz­kur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin.

   12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat xokimining birinchi o’rinbosari Sh.Xo’janiyozova, viloyat hokimining o’rinbosari R.Ro’zmetov zimmalariga yuklansin.

 

 

        Viloyat hokimi                                                                                                 P.Bobojonov

        Urganch shahri,

       2016 yil 28 yanvar.