Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


VILOYAT HOKIMINING QARORLARI



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ""Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 10 dekabrdagi F-4577-son farmoyishi haqida

   Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib,  "Ona va bola sog‘lom bo‘lsa,  oila baxtli,  oila baxtli bo‘lsa,  jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab etilishiga va qaror topishiga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning darajasini yanada yuksaltirish,  oilani,  onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish,  jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini shakllantirish,  sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash,  oilaning mustahkam,  sog‘lom va ahil bo‘lishida mahalliy fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida,  shuningdek 2016 yil O‘zbekiston Respublikasida "Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 10 dekabrdagi F-4577-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida
Muhokama uchun Yuklab olish (295 kb) 14.12.2015 y | Batafsil

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 05/5-71-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi "Maxalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6,25-moddalariga asosan

Muhokama uchun Yuklab olish (190 kb) 22.10.2015 y | Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 sentyabrdagi "O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan  foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori haqida

O‘rmondan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar turlarini kengaytirish, yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlashni tizimli ravishda tashkil etish, yalang‘och qizilmiyani xom ashyo sifatida eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 sentyabrdagi 278-son qarori bajarilishini ta’minlash maqsadida

Muhokama uchun Yuklab olish (195 kb) 5.10.2015 y | Batafsil

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha "tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari komissiyasi tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 iyundagi "Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi” mablag‘lari hisobiga qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy- joy qurishning dastlabki chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2364-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 fevraldagi 37-son qapop Nizomining 2-bo‘lim 5 va 7-bandlari yuzasidan "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha "tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish sohasida pudratchilarni tanlashda raqobat muhitini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Konunining 6, 25-moddalariga asosan


Muhokama uchun Yuklab olish (537 kb) 24.10.2015 y | Batafsil

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi "Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doyr namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 287-son qarori haqida

"Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuniga muvofik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi "Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doyr namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 287-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida.

Muhokama uchun Yuklab olish (737 kb) 12.10.2015 y | Batafsil

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi "Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 286-son qarori to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil oktyabrdagi 286-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida.

Muhokama uchun Yuklab olish (771 kb) 12.10.2015 y | Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2015 yil 7-oktyabrdagi "Tadbirkorlikni faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida er uchastkalarini berish tartibotlarini berish va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida" gi 285 son qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoni bilan tasdiqlangan xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli ximoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi tusiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish, qurilishning barcha bosqichlarida - shaharsozlik xujjatlarini tayyorlashdan boshlab ob’ektlarni foydalanishsa topshirishgacha bulgan boskichlarda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartibotlari doirasida yagona qoidalar va talablarni belgilash hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 285-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

Muhokama uchun  Yuklab olish (1.2 Mb) 12.10.2015 y | Batafsil

XORAZM VILOYATI HUDUDIDA ISITISH VA ISSIQ SUV ME’YORLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 25 -moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 avgustdagi "O‘zkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga PK-455-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 iyuldagi "Uy-joy-kommunal xizmatlarining o‘z harajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 271-son qarorlariga asosan viloyat hududida isitish va issiq suv me’yorlarini belgilash maqsadida
Muhokama uchun  Yuklab olish (30kb doc) 23.09.2015 y | Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 iyuldagi "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini
2015/2016 yillar kuz-qish davriga kompleks tayyorlashni ta’minlash choralari to‘g‘risida”gi PQ-2367-son qarorining 1-ilovasi 18-bandiga asosan tabiiy gaz etib bormaydigan hududlarda joylashgan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini asosiy turdagi yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq
Muhokama uchun Yuklash (36 kb)23.07.2015 y | Batafsil

Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani Davlat ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi "Iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2015 yil 23 iyundagi 139q-son qarori bilan tasdiqlangan "Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilma”ni tugatish komissiyasining 2015 yil 9 iyuldagi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati” to‘g‘risidagi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq
Muhokama uchun Yuklash (73 kb)13.07.2015 y | Batafsil

Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayrami tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, tezkor vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan keng qamrovli "Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayrami tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida viloyat hududidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqaror ushlab turish, favqulodda xodisalar, qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilishining oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan
Muhokama uchun Yuklash (55 kb)11.07.2015 y | Batafsil

"Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”

Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta’minlash maqsadida
Muhokama uchun Yuklash (531 kb)11.07.2015 y | Batafsil

Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etish, ko‘mir briketlarining aholi va byudjet tashkilotlariga zarur sifat va maqbul narxlar bo‘yicha resurslar va ko‘mirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda o‘z vaqtida va to‘liq etkazib berilishini ta’minlash maqsadida
Muhokama uchun Yuklash (882 kb) 06.07.2015 y | Batafsil

"Keksalarni e’zozlash yili” viloyat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida

"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston RespublikasiOliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y. , 9-son, 320-modda)O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-sonli "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y. , 8-son, 91-modda)va viloyat hokimining 2015 yil 23 fevraldagi 47q-son qarorlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilni "Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan
Muhokama uchun Yuklash (330 kb) 06.03.2015 y | Batafsil


"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y. , 9-son, 320-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2010 yil 26 apreldagi "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
2010 y. , 17-son, 131-modda) PQ-1326-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014 yil 24 dekabrdagi "Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi
84 va 2014-37-son qarorlariga (ro‘yxat raqami 2643, 2014 yil 26 dekabr) asosan, viloyatdagi bozorlar faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari to‘liqroq hisobga olinishini ta’minlash maqsadida

Muhokama uchun Yuklash (38 kb)28.02.2015 y | Batafsil
ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi "O‘zbekistan Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to‘grisida"gi PK-2264-son qarorining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi "Maxalliy davlat xokimiyati to‘grisida"gi qonunining 6, 25 - moddalariga asosan qaror qilaman. 1. Xorazm viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi xamda shaxar va tumanlar xokimliklari tomonidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilgan "Xorazm viloyatining 2015 yilgi xududiy Investitsiya dasturi" ma’qullansin. 2. Dastur doirasida 2015 yilda amalga oshiriladigan loyixalar bo‘yicha: o‘zlashtiriladigan kapital mablag‘larning asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga? davlat dasturiga kiritilmagan ijtimoiy soxa va boshqa obyektlar ro‘yxati 2-ilovaga? sanoat, qishlok xo‘jaligi xamda xizmat ko‘rsatish va servis soxalari bo‘yicha investitsiya loyixalari ro‘yxati 3-ilovaga? xududiy investitsiya dasturi loyixalarini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruxi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Muhokama uchun Yuklash (650 kb) 25.01.2015 y | Batafsil


"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993 yil, 9-son, 320-modda), "Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, 4-5son, 124-modda), "Shaxar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 9-son, 141-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 sentyabrdagi "Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari to‘g‘risida”gi 455-son, 2003 yil 4 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-son qarorlariga muvofiq
Muhokama uchun Yuklash (18, 4 kb) 10.01.2015 y | Batafsil


"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993y, 9-son, 320-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi "Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y. , 15-son) qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chikarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2014 yil 23 dekabrdagi ijara to‘lovining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi ko‘shma xatga asosan
Muhokama uchun Yuklash (18, 4 kb) 30.12.2014 y | Batafsil