Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



VILOYAT HOKIMINING  FARMOYISHI
   № 35- f   

2015 yil 20 mart


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 1995 yil 5 yanvardagi PF-1030-son Farmoniga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida 2014 yil yakunlari bo‘yicha 2015 yilning    28-29 may kunlari “Turkiston” san’at saroyida o‘tkaziladigan 
“Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etish” yuzasidan 
2015 yil 18 martdagi 165-f-son farmoyishi ijrosini ta’minlash va ko‘rik-tanlov viloyat bosqichini o‘tkazish maqsadida: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 1995 yil 5 yanvardagi PF-1030-son Farmoniga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida 2014 yil yakunlari bo‘yicha 2015 yilning    28-29 may kunlari “Turkiston” san’at saroyida o‘tkaziladigan 
“Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etish” yuzasidan 
2015 yil 18 martdagi 165-f-son farmoyishi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovini viloyat tashkiliy qo‘mitasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
“Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar 2-ilovaga muvofiq;
“Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini o‘tkazish xarajatlar smetasi 3-ilovaga muvofiq;
 “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining shahar va tumanlar hamda viloyat bosqichlarini o‘tkazish grafigi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi (Sh.Axmedov), viloyat fermerlar Kengashi (Q.Sapaev), Respublika xalq ustalari, hunarmandlari, musavvirlari “Hunarmand”  uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi (U.Raxmanov) shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovini shahar va tumanlar bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini, g‘oliblarni rag‘batlantirilishini va viloyat bosqichida qatnashishlarini ta’minlasinlar.
Belgilansinki, shahar va tumanlar hokimlari o‘z hududlarida “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovi bosqichini yuqori saviyada o‘tkazish uchun shaxsan mas’uldirlar.
4. Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (Sh.Madaminov) “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining viloyat, shahar va tumanlar bosqichlari tadbirlarida namoyish etiladigan madaniy dasturlarni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlasin.
5. “O‘zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasining “Xorazmtelekom” filiali (A.Samandarov) tadbir o‘tadigan joylarda kichik hajmli svetodiod (LED) ekranlarini belgilangan tartibda vaqtincha o‘rnatilishini ta’minlasin.
Bunda viloyatimizda istiqlol yillarida erishilgan ulkan natijalar, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida videorolik tayyorlash va ekran orqali tadbir davomida namoyish etilishini tashkil etish Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi (Sh.Axmedov) tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
6. Urganch davlat universiteti (I.Abdullaev), Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali (R.Ro‘zibaev), Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti Urganch filiali (Sh.Ismoilov), viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim hududiy boshqarmasi (P.Qalandarov) yoshlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, mulkdor bo‘lish ishtiyoqini yanada oshirish, tadbirkorlar erishgan yutuqlar, ularning kelgusi rejalari haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishiga erishish maqsadida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni va bitiruvchilarni “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovi ko‘rgazmalariga jalb qilinishini ta’minlasin.
7. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Sh.Saipov) “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi ishtirokchilarining o‘z mahsulotlari bilan Urganch shahriga kelib-ketishida, shuningdek ko‘rgazma vaqtida xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saklash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.
8. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi (K.Tangriberganov) “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadigan joylarda tez tibbiy yordam xizmati navbatchiligini tashkil etsin.
9. “Xorazm” teleradiokompaniyasi (O‘.Matqurbanov), viloyat matbuot va axborot boshqarmasi (D.Bekchanova), “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” birlashgan tahririyati (S.Raximberganova)ga “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining viloyat shahar va tumanlar bosqichlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya qilinsin.
10. Viloyat hokimining o‘rinbosari R.Ro‘zmetov, “¡zavtodaryotrans” agentligining viloyat bo‘limi (A.Saburov) bilan birgalikda “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini o‘z mahsulotlari bilan tanlovning Respublika bosqichida qatnashishi uchun transport vositalari bilan ta’minlasin.
11. Vazirlar Mahkamasining mazkur farmoyishi bilan Respublika tashkiliy qo‘mitasi (Azimov)ga o‘n kun muddatda “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining yangi tahrirdagi Nizomini va ko‘rik-tanlovning bosqichlari bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ko‘rik-tanlovning yuqori saviyada o‘tkazilishi va ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlash topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
12. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova va viloyat hokimining o‘rinbosari R.Ro‘zmetov zimmalariga yuklansin.


         Viloyat hokimi                               P.Bobojonov


Viloyat hokimining
2015 yil 20 martdagi
35- f  farmoyishiga
1-ilova


“Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha viloyat
tashkiliy qo‘mitasining tarkibi.



Sh.Xo‘janiyozova

-

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi

 

 

 

Sh.Axmedov

-

Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i v.b, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

 

 

 

T.Davletov

-

Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

 

 

 

Q.Sapaev

-

Viloyat fermerlar Kengashi raisi v.b, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

 

 

 

U.Raxmanov

-

Respublika xalq ustalari, hunarmandlari, musavvirlari "Hunarmand” uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

A’zolari:

 

 

S.Abdukarimova

-

Viloyat hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

 

 

 

R.Qurbanov

-

Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

Sh.Matkarimov

-

Viloyat hokimligining axborot xizmati rahbari

 

 

 

M.Raxmatullaev

-

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

O.Ishchanov

-

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

M.Davlatov

-

Viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

A.Mirzaraximov

-

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

Sh.Axmedov

-

Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i v.v.b

 

 

 

I.Sobirov

-

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

A.Navro‘zov

-

"Agrobank” viloyat boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

S.Masharipov

-

TIF "Milliy bank” Urganch bo‘limi boshqaruvi raisi

 

 

 

O.Irjanov

-

ATB "Mikrokreditbank” viloyat bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

R.Artiqov

-

ATIB "Ipotekabank” viloyat bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

A.Fozilov

-

DATB "Asakabank” viloyat bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

Z.Abdirimov

-

ATB "Sanoatqurilishbank” viloyat bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

R.Raxmatullaev

-

Respublika tovar xom-ashyo birjasi viloyat filiali direktori

 

 

 

A.Saburov

-

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyati bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

R.Jabbarov

-

Viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi

 

 

 

O‘.Matqurbonov

-

"Xorazm” teleradiokompaniyasi direktori

 

 

 

D. Bekchanova

-

Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

A.Rajabov

-

"Mahalla xayriya” jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi v.b

 

 

 

M.Jumaniyozov

-

"Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi

 

 

 

M.Masharipov

-

"Kamolot” YoIH viloyat kengashi raisi

 

 

 

X.Matrasulov

-

Viloyat hokimligi kotibiyati mudiri, tashkiliy qo‘mita kotibi


Tashkiliy qo‘mita tarkibiga tumanlar va Urganch shahar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari kiritiladi.

Izoh:

1. Joylardagi ko‘rik-tanlov jarayonini o‘tkazish bo‘yicha hududiy komissiyalar tarkibi tumanlar va Urganch shahar hokimlari farmoyishlari bilan tasdiqlanadi.

2. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar tashkiliy qo‘mita tarkibiga kiritiladi.