Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


RASMIY MA'RUZALAR

- Assalomu alaykum qadrli eldoshlar, hurmatli bobodehqonlar! Fermerlar, bog‘bonlar va chorvadorlar!
Sizlarni 2016 yilgi qishloq xo‘jaligi yilini munosib yakunlaganingiz munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Biz bugun mamlakatimiz yangi tarixida sodir bo‘layotgan ulkan ijtimoiy – siyosiy jarayonlarning guvohi bo‘lib turibmiz. Bunday davrda yashash , muhim voqealarning guvohi va ularning ishtirokchisi bo‘lish har bir kishidan ulkan mas’uliyat talab etadi. Chunki qiyin sharoitlarda kimning kim ekanligi ayon bo‘ladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozim-ki, 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida eldoshlarimiz o‘zlarining yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati,
bosiqligi va sharqona donoligi namoyon etdilar. Natijada saylovlar uyushqoqlik bilan o‘tdi. Ochiq oshkoralik, chinakam demokratik tamoyillar asosida tashkil etilgan SAYLOV muhtaram Mirzieyov Shavkat Miromonovichning xalqimiz orasida qanchalik katta obro‘ga ega ekanligini yana bir marta yaqqol ko‘rsatdi. Shuning uchun saylovda Shavkat Miromonovich mutlaq ko‘p ovoz olib g‘alaba qildi.
 Fayl ko'rinishida yuklab olish (52 kb17 dekabr 2016 

- Assalomu alaykum hurmatli shifokorlar, qadrli tibbiyot xodimlari!

Barchangizni kasb bayramingiz – "Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan viloyatimiz jamoatchiligi nomidan chin yurakdan tabriklayman!

Aziz yurtdoshlar!

Bu yilgi kasb bayramlaringiz mamlakatimiz hayotidagi ulkan siyosiy jarayon 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida o‘tayotganligi bugungi tadbirimizga alohida ma’no va mazmun baxsh etadi. Chunki Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov e’lon qilgan va chorak asr davomida mamlakatimizda og‘ishmay amalga oshirilib kelinayotgan ijtimoiy adolat ustuvor ichki siyosat tufayli O‘zbekistonda tinchlik va osayishtalik, aholining turli qatlamlari, turli dinlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik, yurtimiz farovonligini ta’minlanib kelinmoqda.

Kuni – kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod hurmatli Mirziyoev Shavkat Miromonovich xorazmlik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda ayollar va bolalar, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab – quvvatlashga qaratilgan siyosat bundan keyin ham izchil davom etishini qayd qilib o‘tganligi, o‘ylaymiz-ki, hammamizning yuragimizdagi gaplar bo‘ldi.

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (29 kb) 1 oktyabr 2016


 

- Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, qadrli murabbiylar, ta’lim va fan fidoyilari, muhtaram faxriylar!

Sizlarni xalqimizning eng ardoqli bayramlaridan biri – Birinchi oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman.

Yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek sharafli va mashaqqatli ishlaringizda kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Aziz do‘stlar!

Bundan chorak asr muqaddam mamlakatimiz o‘z istiqloliga erishgach ustozni ardoqlash, yoshlarga e’tibor va tarbiya masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning "Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning eng sharaflisi o‘qituvchilikdir”, degan so‘zlari davlati-mizda bu sohada olib borilayotgan tadbirlar mazmun - mohiyatini yaqqol ifodalaydi.

Darvoqe, mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq asosiy diqqat-e’tibor xalq ta’limining barcha bosqichlari - umumta’lim, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim jarayonlarini dunyo andozalariga chiqarishga qaratildi.

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (29 kb) 13 noyabr 2016 

 


Viloyati hokimi P.Bobojonovning Rio De Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan olimpiada qatnashchilarini kutib olishga bag‘ishlangan tadbirdagi tabrik so‘zi

 - Assalomu alaykum, hurmatli sportchilar! Qadrli ustozlar, muhtaram ota – onalar! 
Avvalambor hammangizni mustaqilligimizning chorak asrlik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bayram yurtimizga tinchlik – omonlik va  xotirjamlik olib kelsin!
Aziz eldoshlar!
Men so‘zimning avvalida har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilib, butun jahonda katta sport bayrami sifatida nishonlanadigan Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz dovrug‘ini sayyoramizning eng uzoq o‘lkalarigacha tarqatgan xorazmning polvon yigit – qizlari - Diyorbek O‘rozboev, Shaxzod Sobirov, Gulnoza Matniyazovalarga  butun vohamiz jamoatchiligi nomidan katta minnatdorchilik bildiraman.

 
  Yuklab olish (25 kb)  25.08.2016 y. | Batafsil

XORAZM VILOYATI HOKIMI P.BOBOJONOVNING HARBIY XIZMATGA KUZATUV TADBIRIDAGI NUTQI


    - Assalomu alaykum qadrli ofitserlar, aziz ota – onalar!

   - Hurmatli chaqiriluvchilar!
   Bugun biz bu erga Vatanimiz chegaralari , xalqimiz osoyishtaligi, to‘kin dasturxon va ahil oilalarimiz himoyasiga otlangan yigitlarga oq yo‘l tilamoqdamiz. Bugun bu erda saf tortib turgan yigitlar mamlakatimizdagi osoyish-talik sharoitida kamolga etganlar. O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatning bosh yo‘nalishi demok-ratiya, tinchlik va taraqqiyot, xalqlar o‘rtasidagi totuvlikdir.
 
  Yuklab olish (16 kb)  02.04.2016 y. | Batafsil