Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Xorazm viloyati hokimligining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida»gi qaroriga, shuningdekO‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining2016 yil 22 fevraldagi19-m/h-sonli buyrug‘iga muvofiq:

1.Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomailovaga muvofiq tasdiqlansin.

2.Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari M.Sapaev zimmasiga yuklatilsin.

Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov


Xorazm viloyati hokimining 
2016 yil 17 noyabr 
168f-sonli farmoyishiga

 

ILOVA

Xorazm viloyati hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi

YO‘RIQNOMA

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.

2. Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov (bundan buyon matnda so‘rov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabidir.

3. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ularning faoliyati to‘g‘risida axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega.

4. So‘rovlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.

5. Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir.

6. So‘rovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

7. Quyidagilar so‘rov hisoblanmaydi:

jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari;

taqdim etilishining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan axborotning ayrim turlari;

davlat organining boshqa organlarga ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishga doir so‘rovlari.

8. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, so‘rovda ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

2-bob. So‘rovlarni qabul qilish

9. Axborotdan foydalanuvchi Xorazm viloyati hokimligiga og‘zaki yoki yozma shaklda yoxud elektron hujjat shaklida so‘rov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi so‘rovlar Xorazm viloyati hokimligining rasmiy veb-sayti, rasmiy elektron pochta manzili yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.

10. So‘rovlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash Xorazm viloyati hokimining qarori bilan belgilangan so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.

11. So‘rov pochta orqali kelib tushganda, so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan konvertda so‘rov mavjudligi tekshiriladi.

Konvertda so‘rovning yoki so‘rovda ko‘rsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (so‘rov va u yuborilgan konvert bilan birga) so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yuboriladi.

12. Elektron hujjat shaklida so‘rov tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa — navbatdagi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.

13. Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rov anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

14. So‘rov anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada so‘rovni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. So‘rovni anonim deb e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosa so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiyoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan ijrodan olinadi.

15. Avvalgi so‘rovlar bo‘yicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy so‘rov kelib tushgan paytda ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, avvalgi so‘rov o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan so‘rov takroriy deb hisoblanadi.

Takroriy so‘rovga u kelib tushgandan so‘ng navbatdagi ro‘yxat indeksi berilib, So‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnalida yoki elektron hujjat aylanish tizimida «takroriy» deb qayd etiladi.

16. Aynan bir axborotdan foydalanuvchining so‘rovi nusxasi so‘rov dublikati hisoblanadi. Xorazm viloyati hokimligigaso‘rov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu so‘rovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta ro‘yxatga olingan so‘rovning tartib raqami va undan so‘ng bosh harfda «/D» belgisi hamda so‘rov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi (masalan, so‘rov birinchi marta 2016 yil 10 martda 10-1-25 bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, so‘rov dublikati ham kelib tushganda, «2016 yil 10 mart, 10-1-25/D» kabi ro‘yxatga olinadi).

3-bob. So‘rovlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

17. So‘rov Xorazm viloyati hokimligiga kelib tushgandan so‘ng, u so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan So‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.

18. So‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnali yoki elektron hujjat aylanish tizimida so‘rov qabul qilingan sana, so‘rovning tartib raqami, so‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi (yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning to‘liq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, so‘rovning qisqacha mohiyati, agar so‘rov dublikat yoki takroriy bo‘lsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda so‘rov ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

19. Axborotdan foydalanuvchi o‘z so‘rovini u ko‘rib chiqilgunga qadar va ko‘rib chiqilayotgan vaqtda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

4-bob. So‘rovlarni qayta ishlash

20. Qabul qilingan va ro‘yxatga olingan so‘rovlar bir ish kuni ichida Xorazm viloyati hokimi yoki uning o‘rinbosariga rezolyutsiya (so‘rovni ijro etish bo‘yicha ko‘rsatma) qo‘yish uchun kiritiladi.

21. Rezolyutsiyada so‘rovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linma(lar) rahbarining familiyasi, topshiriq mazmuni aks ettiriladi hamda davlat organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va sana qo‘yiladi.

22. Rezolyutsiya yozilganidan so‘ng, so‘rov so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan so‘rovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linma xodimiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.

23. So‘rovlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

24. So‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim muntazam ravishda Xorazm viloyati hokimligida so‘rovlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek,Xorazm viloyati hokimligi faoliyati to‘g‘risida muntazam so‘raluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida so‘rovlarni umumlashtirish, ularni mazmunan birlashtirish va boshqa shakllarda qayta ishlashni amalga oshiradi.

5-bob. Og‘zaki so‘rovlarni qabul qilishni tashkillashtirish

25. Xorazm viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.

26. Xorazm viloyati hokimligida axborotdan foydalanuvchilarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan alohida xona ajratilishi mumkin.

27. Axborotdan foydalanuvchi og‘zaki murojaat etayotganda, Xorazm viloyati hokimligi mas’ul xodimiga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, yuridik shaxsning vakili esa, o‘zining shaxsini va vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarini ko‘rsatishi kerak. Bunday hujjatlarni ko‘rsatmagan axborotdan foydalanuvchilar qabul qilinmaydi.

28. Og‘zaki so‘rov bilan murojaat qilgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish so‘rov mohiyatidan kelib chiqib, tegishli bo‘linma rahbari hamda so‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma xodimi yoki mas’ul xodim ishtirokida amalga oshiriladi.

Agarda og‘zaki so‘rov bilan murojaat etgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish vaqtida ushbu so‘rovni ko‘rib chiqish Xorazm viloyati hokimligining vakolat doirasiga kirmasligi aniqlansa, unga so‘ralayotgan axborotni olish bo‘yicha so‘rov bilan qaysi davlat organiga murojaat etishi mumkinligi tushuntiriladi va bu haqda So‘rovlarni ro‘yxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.

29. Axborotdan foydalanuvchilarning og‘zaki so‘rovlari Xorazm viloyati hokimligining «ishonch telefoni» orqali qabul qilinishi mumkin. Bunda so‘rovlar mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

30. Og‘zaki so‘rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak.

6-bob. So‘rovlarning ko‘rib chiqilishini monitoring qilish

31. So‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim so‘rovlarni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan so‘rovlar ko‘rib chiqilishini doimiy monitoring qiladi, zarur hollarda, so‘rovlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.

32. So‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim so‘rovlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi so‘rovlarni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan buzilishi to‘g‘risida Xorazm viloyati hokimini darhol xabardor qiladi.

33. So‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim monitoring natijalari bo‘yicha har oyda Xorazm viloyati hokimiga so‘rovlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zarurat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.

34. So‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linma yoki mas’ul xodim so‘rovlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi.

Zarur hollarda, tahlil natijalari bo‘yicha Xorazm viloyati hokimiga davlat organida so‘rovlar bilan ishlash tizimini va tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan, shuningdek axborotdan foydalanuvchilar tomonidan davlat organi faoliyati to‘g‘risida muntazam so‘raluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar bo‘yicha takliflar kiritadi.

7-bob. Yakuniy qoidalar

35. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.