Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Hokimlik nashr etgan hujjatlar matni


 Xorazm viloyati hokimi qarori

XORAZM VILOYATI HUDUDIDA ISITISH VA ISSIQ SUV ME’YORLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

  O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 6-, 25-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 avgustdagi "O‘zkommunxizmat" agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-455-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 iyuldagi "Uy-joy-kommunal xizmatlarining o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 271-son qarorlariga asosan viloyat hududida isitish va issiq suv me’yorlarini belgilash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1. Viloyat bo‘yicha:

- bir oyda ko‘p qavatli uylarda 1 kv.metr turar-joy maydonini isitish me’yori 0,0202 Gkal;

- issiq suv o‘lchagichlari mavjud bo‘lmagan xonadonlar aholisiga xo‘jalik va sanitariya - gigiena ehtiyojlariga issiq suv tayyorlash uchun talab qilinadigan issiqlik energiyasining me’yori bir oyda bir kishi hisobiga 0,2364 Gkal. etib belgilansin.

2. Mazkur qaror "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalarida e’lon qilinsin.

3. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan hisoblanadi.

4. Viloyat hokimligi huzuridagi "Viloyat kompyuterlashtirish markazi" DUK (S.Sadikov) qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb saytida joylashtirilishini ta’minlasin.

5. Qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari R.Ro‘zmetov zimmasiga yuklatilsin.

 

Viloyat hokimi P.BOBOJONOV.

Urganch shahri,

2015 yil 21 sentyabr.

 "Xorazm haqiqati” gazetasi, 76-son 23 sentyabr, 2015 yil.


 

Viloyat hokimligida

ENG ULUG‘, ENG AZIZ BAYRAMGA PUXTA TARADDUD

Mamlakatimizda istiqlol yillarida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha jabhalarida salohiyatli, ulkan ishlar amalga oshirildi.

 

Yaratuvchiliklar, bunyodkorliklar jadal sur’atlar bilan olib borilishi natijasida shahru qishloqlarimiz yanada obod, fayzli bo‘lib, qalblar quvonchga to‘lmoqda.

Mustaqillik yillarida bebaho tariximiz chuqur o‘rganilib, milliy an’ana, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz qayta tiklandi. O‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan sharafli yo‘limiz, keng ko‘lamli islohotlarni, qo‘lga kiritgan yutuqlarning tub mohiyati va ahamiyatini yurtimiz va jahon jamoatchiligiga etkazish, yurtdosh-larimizni yangi marralar sari ruhlantirish, eng ulug‘, eng aziz bayram - Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak darajada o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 17 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 17 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinganligi qayd etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi-ning yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.

Viloyat komissiyasiga "Betakrorimsan, yagonasan ona Vatanim - O‘zbekistonim!", degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Tumanlar va Urganch shahar hokimliklariga, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, "Nuroniy" jamg‘armasi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlariga Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramini yuksak saviyada nishonlash uchun joylarda tuman, shahar komissiyalarini tuzish va tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi.

Viloyat ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan tumanlar va Urganch shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari tashkil etish va ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlanishi qarorda ta’kidlanadi.

Viloyat komissiyasiga yig‘ilishlarda belgilan-gan chora-tadbirlarning Urganch shahar markazida va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud boshqarma, idora va jamoat tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish topshirildi.

Tumanlar va Urganch shahrida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak mahorat va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar - stsenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeystr-lar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlarni keng jalb etish tavsiya etildi.

Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi, O‘zbekistonyozuvchilar uyushmasi, jurnalistlar ijodiy uyushmasi va "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar zimmasiga yurtimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan!" an’anaviy respublika tanlovining yakuniy bosqichida, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nihol" mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichida hamda "Eng ulug‘, eng aziz", "Vatan uchun yashaylik", "Ranglar jilosida - ona diyor" kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarda viloyat bosqichi g‘oliblari va sovrindorlarining ishtirokini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, "Xorazm" teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyati va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi, 59-son 25 iyul, 2015 yil.


 

Viloyat hokimligida

...DAVLAT RO‘YXATIDAN ChIQARILDI

Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani Davlat ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida viloyat hokimi qaror qabul qildi.

Unda O‘zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi "Iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va roli- ni yanada oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2340-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2015 yil 23 iyundagi 139q-son qarori bilan tasdiqlangan "Xorazm viloyati hokimligi huzuri-dagi mintaqaviy lotereyalar-ni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilma"ni tugatish komissiyasining 2015 yil 9 iyuldagi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respubli-kasining "Mahalliy davlat hokimiyati" to‘g‘risidagi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq "Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilma"ni tugatish komissiyasining 2015 yil 9 iyuldagi xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinganligi qayd etiladi. Shuningdek, "Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisos-lashtirilgan xo‘jalik hisobi-dagi tuzilma" Davlat ro‘yxati-dan chiqarilishi ko‘rsatilgan.

Viloyat statistika bosh-qarmasiga, viloyat davlat soliq boshqarmasiga Xorazm viloyati hokimligi huzuri-dagi mintaqaviy lotereya-larni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilma Davlat ro‘yxatidan chiqarilishi munosabati bilan o‘z baza-lariga tegishli o‘zgartirish-larni kiritish topshirildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi, 58-son 22 iyul, 2015 yil.


 

Viloyat hokimligida

ELEKTR ENERGIYASI TEJAMKORLIGINI KO‘ZLAB

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 iyundagi "Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi "2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan 2015 yilda viloyatda elektr energiyasini tejash, undan samarali foydalanishni tashkil etish va mavjud cho‘g‘lanma lampalarni energiyatejamkor diodli yoritish lampalariga almashtirish va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta’min-lash maqsadida O‘zbekiston Respub-likasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etib o‘tilgan qarori asosida shaharlar va tumanlarda shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova, viloyat hokimining o‘rinbosarlari - O‘.Masharipov, R.Ro‘zmetov, viloyat hokim-ligi kotibiyatlarining viloyatdagi ijtimoiy va kommunal sohalar ob’ektlarini, yirik sanoat korxona-larini, qishloq xo‘jaligi tizimidagi korxonalarni, qurilish va transport sohasidagi mavjud cho‘g‘lanma lampa-larni energiyatejamkor lampalarga almashtirish bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yildi.

Hududiy manzilli dasturdagi loyihalar ijrosini nazorat qilish va loyiha tashabbuskorlariga muammoli masalalarning hal etilishida amaliy yordam berish bo‘yicha viloyat monitoring guruhi tarkibi, uning vazifalari, joylardagi mavjud cho‘g‘lanma lampa-larni energiya tejovchi lampalarga almashtirish bo‘yicha 2015 yil rejasi tasdiqlandi.

Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi, "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ, UrDU, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, viloyat xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, moliya boshqar-malariga o‘n kun muddat ichida ijtimoiy soha ob’ektlari va boshqa byudjet muassasalaridagi mavjud cho‘g‘lanma lampalarning soni va ularni energiyatejamkor lampalarga almash-tirish hamda mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatini tasdiqlab, viloyat hokimligiga taqdim etish topshirildi.

Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi, "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ, shaharlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga o‘n kun muddat ichida elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va energiyani tejay-digan lampalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona tashkil etish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlab, viloyat hokimligiga kiritish vazifasi yuklatildi.

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va barcha tijorat banklari rahbarlari zimmasiga elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, muqobil elektr energiyasi hamda energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxonalarni tashkil etish uchun belgilangan tartibda kredit mablag‘larini ajratish, "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJga o‘n kun muddat ichida xo‘jalik hisobidagi yirik korxona va tashkilotlardagi mavjud cho‘g‘lanma lampalari soni va ularni tejamkor lampalarga almashtirishning manzilli ro‘yxatini shakllantirib, "O‘zdav-energonazorat" Xorazm mintaqaviy inspektsiyasiga taqdim etish, mazkur inspektsiya zimmasiga esa o‘z navbatida manzilli ro‘yxat asosida lampalarni almashtirish yuzasidan har bir muassasada amalga oshirilayotgan ishlar monitoringni yuritish reja-jadvalini ishlab chiqish, har haftada uning bajarilishi bo‘yicha viloyat hokimligiga ma’lumot taqdim etib borish vazifalari yuklatildi.

Shaharlar va tumanlar hokimlik-lariga viloyat tashkilotlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida joylarda tashkil etilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Viloyat teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyatiga energiyani tejaydigan lampalardan foydalanish va foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan yoritish chiroqlarini yig‘ib olish va yo‘q qilish tartibi, energiyani tejaydigan lampalardan foydalanishning afzal-liklari to‘g‘risidagi maqolalarni chop etish va videroliklarni namoyish etib borish tavsiya etildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi, 57-son 18 iyul, 2015 yil.


 

Viloyat hokimligida

...IXTISOSLAShTIRILGAN XO‘JALIK HISOBIDAGI TUZILMA TUGATILADI

Viloyat hokimi P.Bobojonov Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi "Iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani tugatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati" to‘g‘risidagi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lote-reyalarni tashkil etish bo‘yicha ixti-soslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik sub’ekt-larini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga asosan viloyat hokimligining 2003 yil 9 martdagi 25-son qarori bilan tashkil qilingan Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmasi tugatiladi.

Viloyat hokimligi huzuridagi mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmani tugatish munosabati bilan tugatish komissiyasi tuzildi.

Tugatish komissiyasiga belgilangan tartibda tuzilmaning mol-mulkini, kreditor va debitor qarzlarini aniqlash, tuzilma to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish va tugatish bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda olib borish yuklatildi.

Viloyat hokimining 2003 yil 5 martdagi 35-son qarori o‘z kuchini yo‘qotganligi qarorda qayd etilgan.

 "Xorazm haqiqati” gazetasi, 52-son 1 iyul, 2015 yil.


 

Viloyat hokimligida

YERLARNI ShUDGORLASh SIFATLI O‘TKAZILSIN

2015 yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shaydigan yerlarni o‘z vaqtida va sifatli shudgor qilishni tashkillashtirish, 2016 yil hosilining kafolatli ta’minlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yuzadan qabul qilingan Qarori bajarilishini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi.

Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2015 yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shaydigan yerlarni shudgorlashni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2015 yil 22 iyundagi Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

2015 yilgi boshoqli don ekinlari hosili o‘rib-yig‘ib olingandan keyin o‘tkaziladigan shudgorlash hajmlari, shudgorlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shtab tarkibi tasdiqlandi.

Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi, yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, viloyat mashina-traktor parklari birlashmasi rahbarlariga tumanlar hokimlari zimmasiga shudgorlashning o‘z vaqtida tashkil qilinishi va sifatli o‘tkazilishi, haydov traktorlaridan unumli foydalanilishi, hisobotlarning buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

Tumanlar hokimlari zimmasiga viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat MTP birlash-masi, "Urganch neft baza" unitar korxonasi bilan birgalikda shudgorlash ishlarini tez va sifatli o‘tkazish maqsadida bir hafta muddatda zarur moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanganlikni hamda yer fondidan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda xo‘jaliklar bo‘yicha shudgorlash ishlarini o‘tkazish jadvalini tuzish va tasdiqlash, tadbir oldidan barcha maydonlarda poxol yig‘ishtirib olinishini tashkil qilish, mulk-chilik shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar belgilangan tartibda shartnomalar asosida jismoniy va yuridik shaxslarda mavjud bo‘lgan haydov traktor-larini dolzarb tadbirni o‘tkazishga jalb etish, ularning ikki smenada otryad usuli asosida samarali ishlashini tashkil qilish, xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari asosida haydov agregatlari uchun ehtiyot qismlar etkazib berilishini, shuningdek ko‘chma ta’mirlash usta-xonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, yerlarni shudgorlashda sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratish, birinchi navbatda hududlarning tuproq sharoitlarini inobatga olgan holda ularning belgilangan chuqurlikda haydalishini nazorat qilish, tadbirda qatnashayotgan mexanizatorlar va operatorlarga zarur shart-sharoit-larni yaratib berish vazifalari yuklatildi.

"Urganch neft baza" unitar korxonasiga yonilg‘i-moylash materiallarining zaruriy zahi-rasini yaratish hamda shudgorlash davrida tasdiqlangan texnologik me’yorlar bo‘yicha dizel yonilg‘isi qiymatining 60 foizi oldindan to‘lanishini hisobga olgan holda uzluksiz etkazib berilishini ta’minlash topshirildi.

"Xorazm" teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyatiga viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan birgalikda dalalarda poxolni yoqish oqibatida kelib chiqadigan zarar va noxush oqibatlarni keng yoritib borish tavsiya etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan shudgorlash ishlari uchun fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yonilg‘i-moylash materillari to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

  "Xorazm haqiqati” gazetasi, 52-son 1 iyul, 2015 yil.