Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


SANOATIMIZ RAVNAQINING AMALIY IFODASI

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan “o‘zbek modeli” asosida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli iqtisodiyotimizda barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Yurtimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy korxonalarni ishga tushirish jarayoni esa jadal davom ettirilayapti. Bunda xorij sarmoyadorlariga qulay investitsiya muhiti yaratib berilayotgani, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyoti kundan-kunga   rivojlanib, O‘zbekistonning  xalqaro maydondagi nufuzi   tobora ortib borayotir. Jumladan, keyingi yillarda Xorazm viloyati iqtisodiyotida ham keskin o‘sish suratlari ta’minlanishida Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chunki mazkur qarorda shu davr ichida 253 ta yangi loyiha bo‘yicha 462 million AQSh dollari mikdorida investitsiya jalb qilish va 8870 ta ish o‘rni tashkil etishdek ko‘plab vazifalar belgilanganki, ularning ijrosi bugun o‘z samarasini bermoqda. Shu kungacha 157 ta loyiha amalga oshirilib, buning uchun 77,7 million dollar miqdorida investitsiyalar jalb etilgani, 3,5 ming nafardan ziyod kishining bandligi ta’minlangani bunga yaqqol  misol bo‘la oladi.



Kuni kecha Urganch shaxrida ana shunday yirik loyihalardan biri – “Urganch ekskavator” OAJ xududida gidravlik ekskavatorlar va kurilishda foydalaniladigan boshka uskunalar ishlab chiqarish, ular uchun ehtiyot qismlar tayyorlash hamda ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi ”UzXCMG” O‘zbekiston - Xitoy qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi xorazmliklar uchun yana bir tuhfa bo‘ldi. Ushbu loyiha doirasida 15 million dollarlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lsa, hozirgacha 17,56 milliard so‘mlik ish bajarildi. O‘ta zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aktsiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi va Xitoyning “Xuzhou Construction Machinery Group” korporatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Ta’kidlash kerakki hozirgi vaqtga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tarkibida 7 yirik sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Endilikda ular safiga ”UzXCMG” qo‘shma korxonasi ham qo‘shildi.
Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytish joizki, Xitoyning    “Xuzhou Construction Machinery Group” korporatsiyasi 100 turdan ortiq qurilish, melioratsiya va tog‘ texnikalari ishlab chiqaruvchi dunyodagi yirik sub’ektlardan biri hisoblanadi. Korporatsiya AQSh, Germaniya va Yaponiyaning “Katerpiler”, “Libxerr”, “Tissen Grupp” va “Kavasaki” kabi yirik kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatgan.
6 gektardan ziyod maydonni egallagan yangi korxona tsexlarida mahsulot ishlab chiqarish bosqichma - bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda alohida yirik mexanizmlar yig‘ilsa, keyingi bosqichlarda ekskavator ishlab chiqarishni to‘liq o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Yaqin kelajakda esa turli rusumdagi ekskavatorlardan tashqari, qurilish texnikalari va ehtiyot qismlar tayyorlash ham mo‘ljallanmokda. Bu erda ishlab chiqariladigan to‘la aylanuvchi zanjirli va g‘ildirakli gidravlik ekskavatorlar kovshining hajmi 0,5 kub metrdan 1,8 kub metrgacha tuproqni qazib olish imkoniga ega. Mazkur texnika 9,6 metrdan 10,4 metrgacha hamda 6,6 metrdan 6,9 metrgacha chuqurlikda, shuningdek, 9,9 metrdan 10,7 metrgacha bo‘lgan radiusda qazish ishlarini olib bora oladi. 140 - 160 ot kuchiga ega dvigateli 5 yilgacha muddatda ta’mirlanmasdan ishlaydi.
Hozirgi kunda zavodning dastlabki 10 ta gidravlik ekskavatori tayyor. Joriy yilning oxiriga qadar yana 200 ta ana shunday texnika ishlab chiqariladi.
Darhaqiqat, bu korxona voha sanoati rivojida yangi qadam bo‘ldi. Qolaversa, mana shunday murakkab ishlab chiqarish ob’ektida 250 nafar mahalliy mutaxassis mehnat qilayotgani barchaga quvonch bag‘ishlaydi. Korxona to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, ularning soni 1000 nafardan ortadi.
Aytish joizki, istiqlol yillarida xorazmliklar hayoti kuvonchli voqealarga boy bo‘lmokda. Viloyatda kelgusida to‘qimachilik, mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, elektr jihozlari va kurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘ida yana ko‘plab yirik loyihaparni ro‘yobga chiqarish ko‘zda tutilgan. Shu bois bugun Xorazm elining ruhi baland, ertangi kunga ishonchi mustahkam. Vohada yuz berayotgan o‘zgarishu yangilanishlar esa ularga yanada shijoat va g‘urur bag‘ishlayapti.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shuvchi yangi qo‘shma korxonaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Zokirov, Xorazm viloyati hokimi P. Bobojonov so‘zga chiqdi.
Mazkur zavodda joriy yilning oxiriga qadar yana 200 ta gidravlik ekskavator ishlab chikarilishi rejalashtirilayapti.

Oybek RAHIMOV,
«Xalq so‘zi» 13 may, 2014 yil № 92 (6022)