Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


“DARITAL TEKSTIL” da zamonaviy texnologiya

Urganch shahridagi "Darital tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatda 1 million 301 ming AQSh dollari miqdorida modernizatsiya tadbirlari amalga oshirildi. 
Xorijdan keltirib o‘rnatilgan zamonaviy texnologiya korxona quvvatini ikki barobarga oshirish imkonini berdi.  Bu bilan yiliga 2 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash uchun puxta zamin yaratildi. 
Korxonaga o‘rnatilgan yangi texnologiya bozor iqtisodiyotining asosiy talablaridan biri bo‘lib,  elektr quvvatini tejashi,  ish unumdorligini oshirishi,  mahsulot sifatini yaxshilashi bilan ham muhim ahamiyat kasb etdi. 
Korxonaga o‘rnatilgan yangi texnika vositalari jamoaning faxriga aylandi va xodimlarning ishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirmoqda. 

Manbaa:  Xorazm viloyati matbuot va axborot boshqarmasi sayti xorazmmatbuot.uz