Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Yangi avtomobil  ishlab chiqarilishi o‘zlashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat saloxiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 1856-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli engil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 51-son   qaroriga muvofiq Xorazm viloyati Pitnak shahridagi “GM O’zbekiston”  YOAJ Xorazm viloyati filialida «Damas» rusumidagi yengil avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil qilishishlari ikki bosqichda amalga oshirildi.
Qurilish-montaj ishlari loyihalash ishlari bilan bir vaqtda bajarildi. 
Qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda loyihaning birinchi bosqichi (2014 yil mart oyigacha) belgilangan muddatda amalga oshirildi. Jumladan, yig‘uv tsexiga mo‘ljalangan bino, muhandislik kommunikatsiyalari, ma’muriy bino, konteynerlar maydoni, ehtiyot qismlar ombori va markaziy yuklash maydoni ta’mirlanib, qurilish-montaj ishlari tugatildi.
2014 yil 6 yanvar kuni «GM» talablari bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati va jarayoni (PPV) tasdiqlandi.
2014 yilning 10 fevral kuni «Damas» yengil avtomobilini ommaviy yig‘uv ishlari boshlandi. Shuningdek, 2014 yilning 7 mart kuni «Shevrolet Orlando» rusumli avtomobillarni yig‘uv (SKD) ishlari boshlandi.
2014 yil 11 fevralda “Damas” rusumli (UZ.SMT.01227.1579429) va “Orlando” rusumli (UZ.SMT.01227.1617709) ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga muvofiqlik sertifikatlari berildi.  
Zavodga ishga qabul qilish mahalliy aholidan tanlov asosida amalga oshirilib, birinchi bosqichda 643 nafar odam ishga olindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan loyihani amalga oshirish grafigiga muvofiq, bo‘yoqlash va payvandlash sexlarini foydalanishga topshirish muddati 2014 yilning noyabr oyiga belgilangan edi, biroq Kompaniya tomonidan mazkur ishlar muddatidan oldin, ya’ni 2014 yilning sentyabr oyida yakunlandi.
Loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 
2014 yilning avgust oyida soatiga 8 ta kuzov bo‘yash quvvatiga ega bo‘lgan yangi bo‘yoqlash sexi, shuningdek payvandlash sexida qurilish ishlari tugatildi. Shundan so‘ng, mazkur sexlarga texnologik jihozlar o‘rnatilib, ushbu jihozlarning sinov ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi va «GM» Kompaniyasidan «Damas» rusumli avtomobillarini ommaviy ishlab chiqarishga (SORP) ruxsat olindi.
Hozirgi kunda filialda ishlayotgan 1542 nafar ishchi xodimlardan 655 nafari Asaka shahridagi avtomobil ishlab chiqarish zavodida, 37 nafari esa Toshkent shahrida malaka oshirib kelishdi.
Ishchi xodimlar nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham malaka oshirish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, joriy yilning avgust oyida 8 nafar bo‘yoqlash sexi ishchi xodimlari Indoneziya Respublikasida o‘z malakasini oshirib kelishdi. Kelgusida ishchi xodimlarni malakasini oshirish va tajriba almashish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarga yuborish ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 iyun kungi 142-son qarori bilan Xazorasp tumani agrosanoat kasb-hunar kolleji Pitnak transport kasb xunar kollejiga aylantirilganligi kelgusida zavodga malakali yetuk yosh kadrlar tayyorlab berishiga turtki bo‘ldi.
Bugungi kunda, zavodda presslash tsexining mavjud emasligi tufayli payvandlash tsexiga press detallar Asakadagi zavoddan olib kelinmoqda.   
Zavodning ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 20 ming, ikkinchi bosqichda esa
40 ming  avtomobilni tashkil qiladi. 
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur zavod faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan bir vaqtda zavodga butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi beshta qo‘shma korxonalar (UzTongXong, UzDongYang, UzKoram, UzDongVon, UzSemyung)ning filiallari tashkil etildi. Ular xam o‘z navbatida, mazkur hududda fuqarolarni ish bilan ta’minlab, o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Hozirgi kunda kuniga 125-130 dona “Damas” rusumli avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi, ya’ni zavodda soatiga 6 dona “Damas” rusumli yengil avtomobil ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
2015 yilning birinchi choragida Janubiy Koreya Respublikasining “GM Korea” kompaniyasi bilan xamkorlikda “LABO” rusumli yangi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
2015 yilning oxiriga qadar “LABO” avtomobillaridan 1250 dona ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda ushbu loyixa bo‘yicha “GM Korea” kompaniyasida ishlab chiqarilgan payvandlash sexining yangi texnologik jixozlarini ishlab chiqaruvchini zavodida ishlatib sinab ko‘rish (MAKER TRYOUT) ishlari olib borilmoqda.
2015 yilda 697,1 mlrd. so‘mlik 26482 dona “Damas” va 3500 dona “Shevrolet Orlando” yengil avtomobillari ishlab chiqariladi.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati