Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Boshqa davlat organlari bilan o`zaro munosabatlar

 
"Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda Kompyuterlashtirish markazlarining o‘rni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar” mavzusida Xorazm viloyatida 7-avgust kuni o‘tkazilgan respublika o‘quv-amaliy seminari

O‘quv-amaliy seminarni viloyat hokimining o‘rinbosari R.Ro‘zmetov kirish so‘zi bilan ochib, keyingi yillarda sohada olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.
So‘zni "Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari P.Xaliulin davom qildirib, bugungi kunda joylarda AKTni rivojlantirish maqsadida kompyuterlashtirish markazlariga yaratilgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish ahvoli to‘g‘risida gapirdi.

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (39 kb) 2015.08.11
XORAZM QOVUNLARI - EKSPORTGA

Xorazmda ota-bobolarimiz hamisha tilyorar, shirin - shakap qovunlarni etishtirib kelishgan. Istiqlol yillarida qovun turlarini yanada ko‘paytirishga katta e’tibor berildi va buning uchun imkoniyatlar, sharoitlar yaratildi. Natijada  vohamiz bo‘ylab qovun, uning turlarini etishtirish rivojlandi. Polizkorlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida ko‘plab xayrli tadbirlar tashkil etilmoqda.

   Fayl ko'rinishida yuklab olish (27 kb) 2015.08.02
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR - ISHLAB CHIQARISHGA

Yangibozor tumanida o‘tgan yili o‘z faoliyatini boshlagan "INTER TEXTILE MILLS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida trikotaj, polotno matolari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Germaniyadan keltirib o‘rnatilgan 10 ta to‘qimachilik dastgoxlarini qishloq yoshlari maxorat bilan boshqarmoqdalar.

   Fayl ko'rinishida yuklab olish (35 kb) 2015.08.12

SAYYOHLIK-ISTIQBOLLI SOHA

Sayyohlik - mamlakatimiz iktisodiy-ijtnmoiy taraqqiyotining asosiy sohalaridai biri. Butungi kunda ushbu soha xizmat ko‘rsatishning eng zamonaviy va yukori daromad keltiradigan tizimiga aylandi.

   Fayl ko'rinishida yuklab olish (55 kb) 2015.07.03
HAMKORLIKDAN REAL NATIJALARGA
2014 yili  "Urganch ekskavator" OAJ bazasida "UzXSMG” MCHJ O‘zbekiston-Xitoy ko‘shma korxonasi tashkil etilib, ushbu majmua qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va qurilish sohasiga zamonaviy texnikalarni yetkazib bera boshladi. Buning uchun jamiyatga 100 dan ortiq eng so‘nggi rusumdagi asbob - uskunalar va yordamchi materiallar olib kelindi. Ishchi - xizmatchilarni o‘qitish va malakasini oshirish esa Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etildi.

- 2014 yilning 10 mayida ish boshlagan korxonamiz yil oxirigacha 103 ta ekskavator hamda 54 ta buldozer ishlab chiqardi, - deydi korxona bosh direktori Islomboy Hayitboev. - 2015 yilda bu ko‘rsatkichni 300 taga yetkazish rejalashtirilgan. Ayni paytda 150 nafar yosh mutaxassis faoliyat yuritayotgan korxona mahsulotlari Yaponiyaning "ISUZU” va "KAVASAKI” kompaniyalarining dvigatellari va gidravlika tizimlari bilan jihozlangan. Shunisi quvonarliki, og‘ir texnikalarimizdan yirik qurilish maydonlari, qishloq xo‘jaligi, ekin ekish maydonlarini obodonlashtirish, zovurlarni tozalashda ham samarali foydalanilmokda. "Angren – Pop” yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l uchastkasida olib borilayotgan qurilish ishlarida ham texnikalarimiz yaxshi samara berayapti.
Shu o‘rinda "O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK va "Xuzou Sonstruction Machineri Ggour So. Ltd” korporatsiyasi o‘rtasida 2015 yil oxirigacha ishlab chiqarishning ikkinchi sanoat yig‘ish bosqichiga o‘tish to‘g‘risida memorandum imzolanganini alohida ta’kidlash lozim. Bunda mahsulot tannarxini pasaytirish, raqobatbardoshligini oshirish va albatta yangi ish o‘rinlari yaratishga ahamiyat qaratiladi. Shu bilan birga mahalliylashtirish orqali import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilib, valyuta tejaladi. Bu esa korxonaning iqtisodiy barqarorligini oshirish, ichki va tashqi bozordagi o‘rnini mustahkamlashga imkon beradi.
Bu esa mazkur korxonada yana yangi loyihalarga qo‘l urilayotganidan dalolatdir. Mutaxassislarning fikricha, bu jarayonda sifatli qurilish texnikalari turlarini oshirish, avtomobil yo‘llari qurish va qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy texnikalar, xususan, zanjirli traktorlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha yirik loyihalar mamlakatimizning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.
   Fayl ko'rinishida yuklab olish (16,3 kb)  2015.02.03


Yangi avtomobil  ishlab chiqarilishi o‘zlashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat saloxiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 1856-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 51-son   qaroriga muvofiq Xorazm viloyati Pitnak shahridagi "GM O’zbekiston”  YOAJ Xorazm viloyati filialida «Damas» rusumidagi yengil avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil qilishishlari ikki bosqichda amalga oshirildi.
Qurilish-montaj ishlari loyihalash ishlari bilan bir vaqtda bajarildi. 
Qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda loyihaning birinchi bosqichi (2014 yil mart oyigacha) belgilangan muddatda amalga oshirildi. Jumladan, yig‘uv tsexiga mo‘ljalangan bino, muhandislik kommunikatsiyalari, ma’muriy bino, konteynerlar maydoni, ehtiyot qismlar ombori va markaziy yuklash maydoni ta’mirlanib, qurilish-montaj ishlari tugatildi.
2014 yil 6 yanvar kuni «GM» talablari bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati va jarayoni (PPV) tasdiqlandi.
2014 yilning 10 fevral kuni «Damas» yengil avtomobilini ommaviy yig‘uv ishlari boshlandi. Shuningdek, 2014 yilning 7 mart kuni «Shevrolet Orlando» rusumli avtomobillarni yig‘uv (SKD) ishlari boshlandi.
2014 yil 11 fevralda "Damas” rusumli (UZ.SMT.01227.1579429) va "Orlando” rusumli (UZ.SMT.01227.1617709) ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga muvofiqlik sertifikatlari berildi.  
Zavodga ishga qabul qilish mahalliy aholidan tanlov asosida amalga oshirilib, birinchi bosqichda 643 nafar odam ishga olindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan loyihani amalga oshirish grafigiga muvofiq, bo‘yoqlash va payvandlash sexlarini foydalanishga topshirish muddati 2014 yilning noyabr oyiga belgilangan edi, biroq Kompaniya tomonidan mazkur ishlar muddatidan oldin, ya’ni 2014 yilning sentyabr oyida yakunlandi.

   Fayl ko'rinishida yuklab olish (14,3 kb) 2015.01.05