Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Hokimlikning faoliyati to'g'risidagi axborotlarni taqdim etishga ma'sul

Rahbar: Xo‘janiyozova Shakarjon Yusupovna
Lavozimi: Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari
Adres: Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 29, 220100
Tel: (kod 362) 223-00-06,
Faks: (kod 362) 223-00-06

Rahbar: Matkarimov Shohrat Madraimovich
Lavozimi: Viloyat hokimilining axborot tahlil xizmati yetakchi mutahassi - matbuot kotibi
Adres: Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 29, 220100
Tel: (kod 362) 223-00-28,
Faks: (kod 362) 223-00-59
E-mail: matbuotkotibi@xorazm.uz
Viloyat hokimligi axborot tahlil xizmati tomonidan tayyorlangan press-relizlar

Asosiy xizmat vazifalari:

•  hokimlikning faoliyati to'g'risidagi axborotlarni taqdim etishga ma'sul;

•  hokimlikning axborot siyosatini amalga oshirishga karatilgan media-rejani ishlab chiqish;

•  hududiy OAV pozitsiyasi hamda hududdagi jamoatchilikning hokimlik faoliyatiga nisbatan fikri to‘g‘risida viloyat hokimligi rahbariyatini tezkor xabardor qilish;

•  viloyat hokimligi rahbariyatiga hududiy muammolar to‘g‘risida qisqa axborot xabarlarini muntazam  taqdim etib turish,

•  hokimlik faoliyati to‘g‘risida yangiliklar, lavhalar va boshqa materiallarning chiqishi uchun axborot rejasini ishlab chiqish (1-3 oy uchun bo‘lgani ma’qul);

•  hokimlik faoliyatiga daxldor axborot materiallarini tayyorlash (matbuot xabarnomalari, foto byulletenlar, video va audiomateriallar, intervyu va hokazo);

•  OAV, boshqa tashkilot va fuqarolar tomonidan hokimlik faoliyati yuzasidan berilishi mumkin bo‘lgan savollariga javoblarni oldindan tayyorlash;

•  kelishilgan holda, hokim yoki boshqa hokimlik xodimlarining matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyu va fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etish hamda o‘tkazish;

•  hokimlikning rasmiy veb-sayti uchun axborotni tayyorlash va joylashtirish;

•  hokimlik va hududdagi boshqa tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida OAV xabarlarini monitoring va tahlil qilish;

•  hokimlik faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan ma’lumotlarning ishonchliligini tahlil qilish;