Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



VILOYAT HOKIMI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
30.06.2018

Xorazmda O‘zbekiston Yoshlar Itifoqi Xoramz viloyat Kengashi va viloyat hokimligi tomonidan «Hokim va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, bank muassasalari vakillari, viloyatning faol yoshlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida viloyat hokimi v.b. F.Ermanov Prezidentimizning yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 28-iyunda qabul qilingan “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida bir guruh iqtidorli yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Xorazm viloyatidan Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabasi Zafar Allabergenov va O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi Hakimboy Egamberganov «Mard o‘g‘lon» Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Viloyat hokimi v.b. F.Ermanov Prezident qaroriga ko‘ra “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan ikki nafar yigitga ushbu mukofotni tantanali topshirdi. Ularga davlat mukofoti ko‘krak nishoni, qimmatbaho qo‘l soati hamda eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi. – Bugun men baxtli yoshlardan biriman, – deydi «Mard o‘g‘lon» Davlat mukofoti sohibi Hakimboy Egamberganov. – Muhtaram yurtboshimiz tomonidan menga bildirilgan ishonchni g‘ayrat-shijoat bilan oqlashga harakat qilaman. Kelajakda magistratura yo‘nalishida o‘qishimni Italiyaning nufuzli oliygohlarida davom ettirib, matematika yo‘nalishida xorijda olgan bilim va tajribamni O‘zbekistonimizning rivoji yo‘lida safarbar etishni, Al-Xorazmiy bobomizning haqiqiy izdoshlari bo’laman. Tadbir davomida yoshlar tadbirkorlik, san’at, fan, ta’lim va madaniyat yo‘nalishida o‘z loyihalarini amalga oshirish borasidagi yangi takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda har taraflama sog‘lom avlodni kamolga yetkazish, ularning o‘qib, izlanishlari va iste’dodini keng namoyon etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib, munosib rag‘batlantirish, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylanganini alohida ta’kidladilar.

Dilrabo KURYAZOVA