Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



VILOYAT HOKIMI I.M.SABIROVNING XORAZM VILOYATI AHLIGA YANGI YIL TABRIGI
31.12.2017

Aziz yurtdoshlar, hurmatli otaxonu onaxonlar! Qadrli farzandlarim, o‘g‘il – qizlarim!

Barchangizni tobora yaqinlashib kelayotgan Yangi 2018 yil bilan samimiy tabriklayman.

Yangi yil yurtimizga tinchlik va farovonlik, osmonimizga musaffolik, xalqimizga xotirjamlik, har bir oilaga baxt - saodat va to‘kin dasturxon olib kelsin!

Qadrli eldoshlar!

2017 yilda mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni hayotga tadbiq etishda viloyatimiz ahli ham faol ishtirok etganligini bugun faxr bilan ayta olamiz.O‘z yakuniga etayotgan 2017 yil xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi, bugunimizga, ertanggi kunga bo‘lgan ishonchi, atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga munosabati tubdan o‘zgargan yil bo‘ldi, desak aslo xato bo‘lmaydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”degan shior hayotimizning bosh mezoniga aylanganligi hal qiluvchi omil bo‘ldi. 2017 yilda turli darajadagi davlat idoralari, hukumat, joylardagi hokimliklar ham o‘z faoliyatlarini bevosita xalqimizni bezovta qilayotgan muammolar echimiga qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va joylardan turib elektron tarzda murojaat qilish imkonini beradigan Prezident Virtual qabulxonasiturmushimizdagi eng dolzarb muammolarni aniqlab olish, olg‘a harakatimizga to‘siq bo‘layotgan g‘ovlarni anglash va fuqarolar murojaatlar bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida o‘z samarasini berdi. Fuqarolar bilan ishlashda yaratilgan yangi tizim davlat idoralari va xalq o‘rtasidagi uzoq yillar mavjud bo‘lgan uzilishni bartaraf etdi.

Bizda ham viloyat hokimi, huquq-tartibot idoralari, turli davlat organlari rahbarlari belgilangan tartibda o‘tkazmoqda. Eldoshlarimizning muammolari joylarning o‘zida, qonunlar doirasida hal qilinmoqda. O‘rganishlar va tajriba shuni ko‘rsatadi-ki xalqni bezovta qilayotgan muammolarning ko‘pchiligi joylardagi rahbar va mas’ul xodimlarning o‘z ishishga etarli mas’uliyat bilan yondoshmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Shuning uchun bugun kim qaysi lavozimda ishlamasin, ayniqsa xalq bilan bevosita ishlaydigan, uning kundalik va kelajak ehtiyojlari bilan bog‘liq sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan do‘stlarimiz zimmalaridagi mas’uliyatni chuqurroq his qilishlari lozim.

Hurmatli yurtdoshlar!

Xorazm 2017 yilda davlatimiz Rahbarlarining alohida e’tiborida bo‘ldi, desak aslo xato bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 14-15 oktyabr kunlari Xorazmga qilgan tashrifi chog‘ida viloyatimizning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirishga qaratilgan topshiriqlari fikrimiz isbotidir.

Davlat darajasida yil davomida qabul qilingan qator muhim hujjatlar viloyatimizni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha qator imtiyozlar tartibini o‘rnatdi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarori viloyatimizning Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlarida yangidan tashkil qilinadigan sanoat sohasidagi kichik korxona va mikrofirmalar 2027yilning 1yanvarigacha, boshqa barcha tumanlarda esa 2022 yilning 1 yanvariga qadar yagona soliq to‘lovlaridan ozod qilindi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari, ayrim fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan maktab-internatlar, "Barkamol avlod” markazlari, musiqa va san’at maktablari, shuningdek, madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun belgilangan to‘lovlar 2 barobarga kamaytirildi.

Pensionerlar, nogironlarga, talabalar va kam ta’minlangan oilalar uchun temir yo‘l va havo transporti chiptalari Mamlakatimz o‘rnatilgan tariflarning 50 foizi miqdorida belgilandi.

Bu imtiyozlardan samarali foydalanayotgan yurtdoshlarimiz bugun kechagidan, ertaga bugungidan unumliroq mehnat qilishga harakat qilmoqdalar.

Natijada o‘tgan yil viloyatimizda qator zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy, madaniy – ma’rifiy ob’ektlar qad rostladi. Ko‘zda tutilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ortig‘i bilan ado etildi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan 107,3 foizga etdi.

O‘sish sanoat sohasida 124 foizga, qishloq xo‘jaligida 103 foizga, qurilishda 102,3 foizga teng bo‘ldi..

Xorazm viloyatini kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida 
2017 yilda 1 trillion so‘m miqdorida investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi va 14,5 mingdan ko‘proq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Gurlan tumanida "Tantex Group” MChJ tomonidan ip-kalava, "O‘zbek ko‘mir” AJ tomonidan tumanlarda ko‘mir briketi, Shovot tumanida "Qatqal’a teks” MChJ korxonasida paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Xiva tumanida "Hyper Finance Group” MChJ tomonidan zamonaviy mexmonxona bunyod etildi, Yangiariq tumanida "Nuraddin yog‘du” korxonasi tomonidan savdo kompleksi, Qo‘shko‘pir tumanidagi "Sa’dulla Dadabek" xususiy firmasi tomonidan supermarket qurilib ishga tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra tumanlarda 
2017 yilda 957 ta uy-joy qurilishi yakunlandi. Urganch shahrida 5 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qad rostladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan qo‘shimcha yana 232 ta yangilangan namunaviy loyiha asosida arzon uy-joylar bunyod etildi. Ushbu uy-joy massivlarida 29,9 km ichimlik suvi tarmoqlari, 29,9 km tabiiy gaz tarmoqlari, 33,7 km elektr energiya tarmoqlari va 
21,4 km ichki yo‘llar qurildi.

Urganch tumanidagi "Cho‘lobod” mahallasida qad rostlagan arzon qo‘pqavatli uylar Yangi yil arafasida o‘z egalariga topshirildi. Ta’kidlash lozim-ki, joriy yilda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga mansub bo‘lgan 115 nafar eldoshimiz imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy – joylar bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, 35 ta umumta’lim maktablari, 19 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 13 ta sog‘liqni saqlash muassasalari kapital va joriy ta’mirlangan bo‘lsa, 93,0 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari qurildi va 203,4 km uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llari joriy ta’mirlandi hamda 5 ta umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklar to‘la ta’mirlandi.

Shuningdek. Urganch shahri markazidagi Ogahiy nomidagi musiqa va drama teatri jahon andozalariga moslashtirib rekonstruktsiya qilindi.

Ushbu bunyodkorlik ishlari Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlagan 2018 yilda ham davom ettiriladi. Kelgusi yilda viloyatimizda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati 2 trln.
517 mlrd.so‘mlik ikki ming uch yuzdan ortiq loyiha amalga oshirilib, 
12 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

Sanoat yo‘nalishida 440 ta yangi investitsiya loyihalari hayotga tadbiq etiladi. Ularning 19 tasi uchun xorijiy hamkorlar 430 (to‘rt yuz o‘ttiz) million dollar mablag‘ sarflashni rejalashtirganlar. Jumladan, "Urganch yog‘” AJ Qo‘shma korxonasi yiliga 50 ming tonna kaustik soda ishlab chiqarish tsexi, "Textile Finance Horezm" qo‘shma korxonasi 
128 million AQSh dollari evaziga ip-kalava ishlab chiqarish va bo‘yash quvvatlarini tashkil etadi hamda paypoq maxsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Ijtimoiy sohada Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va uning shahar va tumanlardagi bo‘limlari ishlari faollashtiriladi. 2018 yilda viloyatda yangidan turli shakldagi 140 ga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Buning hisobiga qo‘shimcha o‘n ming nafar bola maktabgacha ta’lim muassasalariga tortiladi. Bu minglab ayollarimizga faol ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoni bilan birga farzandlarimizning eng zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlarda ta’lim va tarbiya olish sharoitini ham yaratadi.

Bugungi kunda ushbu muasasalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash diqqatimiz markazida turibdi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar davom ettiriladi. Xabaringiz bor, 2017 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatdagi sog‘liqni saqlash muasasalari etakchi davlatlarning nufuzli tibbiyot markazlari bilan mustahkam o‘zaro aloqalar o‘rnatdilar. Yangi yilda Rossiya Federatsiyasining Bakulev nomidagi yurak qon-tomir jarrohligi markazi va Pavlov nomidagi 1-son Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetlari bilan xamkorligimiz yanada davom ettiriladi.

2018 yilda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturiga asosan ishlar bundan ham keng ko‘lamda tashkil etiladi.

Urganch-Xiva temir yo‘li, "Xiva” zamonaviy temir yo‘l vokzali qurilishlari yakunlanadi. Xivani mamlakatimizning asosiy sayyohlik markazlari bilan bog‘lovchi Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida tezyurar "Afrosiyob” elektr poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Zamonaviy mehmonxonalar, savdo do‘konlari, restoranlar, kafe va boshqa infratuzilma ob’ektlari qurilishlari jadal davom etadi.

"Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida kir yuvish mashinalari, meditsina jihozlari, "Damas” va "Labo” rusumli avtomashinalari uchun bamperlar va ventilyatsiya tizimlari kabi import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Erkin iqtisodiy zonaga kiruvchi Pitnak shahridagi "Pitnak panel” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi 2017 yil oktyabr oyidan e’tiboran sendvich-panellar ishlab chiqara boshladi.

Amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari erkin iqtisodiy zonada yana qo‘shimcha 84,2 million dollarlik loyihalarimiz tayyor. Ular amalga oshirilsa yana 1,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Boshqacha aytganda ana shuncha kishi yuqori texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar asosida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishidan tashqari, ularning oilalari mustahkam ijtimoiy himoyaga ega bo‘ladi.

Qisqacha aytganda viloyatimiz kelgusi yilda ham jadal ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan boradi.

Albatta, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisga yo‘llagan birinchi Murojaatnomasida ta’kidlaganlaridek, "2018 yil biz uchun oson bo‘lmaydi... Barchamiz bir haqiqatni chuqur tushunib, anglab olishimiz kerak: bugun gap xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi, jondan aziz bolalarimizning baxti va kamoli haqida bormoqda. Shunday ulug‘ maqsadlar yo‘lida barchamiz belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz, bor aql-zakovatimiz, bilim va tajribamizni, jonajon Vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni safarbar etishimiz kerak”.

Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!