Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Xorazm viloyati to‘g‘risida umumiy ma’lumot

Xorazm viloyari haritasiXorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining shimoliy garbida joylashgan. Yor maydoni 6, 1 ming kv km ni tashkil etadi va O‘zbekiston hududining 1, 4 foizini egallaydi. Mavjud aholi soni 2014 yil 1 yanvar xolatiga 1683,7 ming kishiga teng. Aholining 32, 8 foizi shaharda, 67, 2 foizi qishloqda yashaydi.
Viloyat geografik o‘rniga ko‘ra 40°-31° va 42° shimoliy kengliklar 60°-62° sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan. Hududi shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharqqa 280 km, Urganch shahri joylashgan kenglikda g‘arbdan sharqqa 80 km atrofida cho‘zilgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog‘i yaqinidagi Nuronbobo to‘qayiga to‘gri keladi. Janubiy chekka nuqtasi esa Tupraqqal’adan bir muncha janubda joylashgan.
Xorazm viloyati er tuzilishi jihatidan ikki qismga. Dengiz satxidan 100-110 m baland bo‘lgan katta shimoliy qismga va dengiz satxidan 120-150 metrgacha baland bo‘lgan chekka janubiy qismga bo‘lish mumkin. 

Xorazm viloyatining ma’muriy hududiy birliklari to‘g‘risida ma’lumot

(2014 yil 1 yanvar xolatiga)

Shahar va tumanlar nomi

Shaharlar

Mahal-
lalar
jami

Axoli soni,
ming kishi

shu jumladan

shaharda

qishloqda

Xorazm viloyati

3

496

1683,7

553,6

1130,1

1

Urganch shahar

1

37

137,4

137,4

0,0

2

Bog‘ot tumani

-

43

146,8

25,9

120,9

3

Gurlan tumani

-

50

134,1

57,8

76,3

4

Qo‘shko‘pir tumani

-

50

153,4

40,5

112,9

5

Urganch tumani

-

58

175,1

23,9

151,2

6

Hazorasp tumani

1

45

223,2

50,3

172,8

7

Xonqa tumani

-

39

167,0

57,6

109,4

8

Xiva tumani

1

52

212,9

80,0

132,9

9

Shovot tumani

-

55

151,1

40,2

110,9

10

Yangiariq tumani

-

39

104,2

25,0

79,3

11

Yangibozor tumani

-

28

78,5

15,0

63,5



Viloyat iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 78° ga teng. Viloyat hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli yoz kunlari harorat +43°+45° C darajaga ko‘tariladi. Qish faslida eng past harorat -30°-33° C sovuqni tashkil etadi. Bu yerda yozning issiq, qishning sovuq kelishi ob-havoning sutka davomida keskin o‘zgarishi, yog‘in sochinning kamligi, havoning quruqligi viloyat iqlimining asosiy xususiyatlaridir.
Xorazm viloyati ma’muriy xududiy tuzilishi bo‘yicha 10 ta tuman va Urganch shahriga ajratiladi.
Bular o‘z navbatida 101 qishloq fuqorolar yig‘ini, 612 aholi punktlari, 3 ta shahar va 7 ta shahar tipidagi shaharchalarga bo‘linadi.

Viloyatda 27ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib shundan 13tasi engil sanoat korxonasiga qarashlidir.
Vilotda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko‘ra sanoatni qayta jixozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini rivozlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlashini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish soxasini hamda sayyoxlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Xozirgi vaqtda viloyatda 39ta zamonaviy mexmonxonalar faoliyat olib bormokda.
Avtomobil yo‘llarining uzunligi 2296 kilometrni, shundan qattiq qoplamli yo‘llar 2218 kmni tashkil qiladi.
Viloyatda xalqaro klassdagi aeroport bo‘lib, hozirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha havo yo‘llari bilan bog‘langan.
Viloyatda zamonaviy telefon tarmoqlari, kommunikatsiya sistemalari (aloqa, peydjer, modem va uyali telefon) radio va tedevidenie mavjud.
Viloyatda asosan agrar soha rivojlangan bo‘lib, yiliga 280-290 ming tonna ya’ni respublikada etishtirilayotgan paxta xom ashyosining 7 foizini ishlab chiqaradi.

Xorazmning boy ko‘p qirrali tarixi qadim zamonlardan buyon xorijiy va yurtdosh olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi.
Viloyat hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ayniqsa, Xiva shahridagi me’moriy obidalar bugun dunyo ahlining e’tiborini tortib kelmoqda. Bu erda Ark, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishanqal’a yodgorliklari alohida ajralib turadi. Xivadagi Ichanqa’la yodgorlik majmui esa YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo‘lgan qadimiy Xiva shahrining 2500 yilligi 1997 yilda xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Xorazm viloyati mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko‘z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003 yilda Vatanimizning yuksak mukofoti - Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan.
Ma’lumki, Xorazm diyori dunyo tsivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, milliy davlatchiligimizning asoslari ham dastlab mana shu yerda yaratilgan.
Xalqimiz manaviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgani bugungi kunda ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. «Xorazm» so‘zi ham ilk bor ana shu noyob kitobda uchraydi. Xorazm so‘zi forscha «xvar» - quyosh va «azm» - o‘lka, yer, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli o‘lka» degan ma’noni anglatadi. Qadimda bu zaminda massaget, sak, apasak, os, dax kabi urug‘ va qabilalar yashagan.
Bu ko‘hna zamin dunyoga algebra, algoritm kabi fanlarga asos solgan Muhammad Muso Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh yuz yil oldin Atlantika ummoni ortida quruklik, noma’lum qit’a borligini aytib, yerning aylana shakldagi xaritasini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorilloh, ya’ni Ollohning qo‘shnisi degan nomga sazovor bo‘lgan Mahmud Zamahshariy singari allomalarni bergan. Xorazm viloyati Paxlavon Mahmud, Sulton Uvays, Nosiruddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk o‘g‘li Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Bayoniy, Chokar, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ko‘plab mutafakkir, ilm-fan va san’at namoyandalarining vatani hisoblanadi.