Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Transport

2016-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (630kb, PDF)
Yuk tashish. 2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha transport turlari tomonidan 57,4 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  9,2 foizga ko‘p.

Yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 1446,5 mln.tn-km. ni tashkil qildi va 7,6 foizga ko‘paydi.

Yuk tashish va yuk aylanmasi transport turlari bo‘yicha quyidagicha ifodalanadi:


2016 yil
yanvar-dekabr

2015 yil
 yanvar-dekabriga nisbatan foiz
hisobida




Tashilgan yuk, mln. tn

57,4

109,2

shu jumladan:



avtomobil transportida

57,4

109,2

Yuk aylanmasi, mln. tn-km

1446,5

107,6

shu jumladan:



avtomobil transportida

1446,5

107,6

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning avtomobil transportining yuk aylanmasi 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 107,4 foizga ko‘paydi va 1446,5 mln. tn-km. ni tashkil qildi. Yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi 83,7 foizni tashkil etdi (2015 yil yanvar-dekabrda 83,7 foiz).

Yo‘lovchi tashish. 2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha transport turlari tomonidan 443,6 mln. kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizga ko‘paygan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 6,5 foizga ko‘payib, 4931,9  mln. yo‘lovchi-km. ni tashkil qildi.

Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish va yo‘lovchi aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:




2016 yil
yanvar-dekabr

2015 yil
yanvar-dekabriga nisbatan foiz
hisobida




Transportda tashilgan yo‘lovchilar, mln. kishi

443,6

104,8

shu jumladan, avtomobil transportida

442,7

104,8

Yo‘lovchi aylanmasi, mln. yo‘lovchi-km

4931,9

106,5

shu jumladan, avtomobil transportida

4908,8

106,5

Xususiy yo‘lovchi tashuvchilar avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 106,9 foizga ko‘paydi va 4164,2 mln. yo‘lovchi-km. ni tashkil qildi. Yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida xususiy yo‘lovchi tashuvchilarning ulushi 84,8 foizni tashkil etdi (2015 yil yanvar-dekabrda
84,5 foiz).