Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


 Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi


2016-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (630kb, PDF)

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13867 taga etdi, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlar soni 13342 tani yoki jami ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning 96,2 foizini tashkil qildi.

Ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlarning asosiy qismi savdo (jami ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning 23,8 foizi), sanoat (14,8 foizi), qurilish (10,2 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (7,5 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.

 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro‘yxatga olingan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:


Ro‘yxatga
olinganlar

Faoliyat
ko‘rsatayotganlar


birlik

yakunga nisbatan foizda

birlik

yakunga nisbatan foizda

Jami

13867

100,0

13342

100,0

shu jumladan:





qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi  

1038

7,5

985

7,4

sanoat

2054

14,8

2010

15,1

qurilish

1417

10,2

1374

10,3

savdo

3307

23,8

3184

23,9

tashish va saqlash

505

3,6

489

3,7

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar

720

5,2

696

5,2

axborot va aloqa

220

1,6

211

1,6

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish

424

3,1

421

3,1

boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish

4182

30,2

3972

29,7

Ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 83,8 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 31,5 foizi xususiy korxonalar, 0,3 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, 0,2 foizi aktsiyadorlik jamiyatlari, 51,8 foizi boshqa korxonalar ulushiga to‘g‘ri keldi.

 Ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslar mulkchilik shakllari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:


2016 yil yanvar-dekabrda jami 1561 ta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingan (shundan kichik biznes sub’ektlari – 1506 ta). Ularning asosiy qismi  Xiva tumaniga (viloyat bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami korxona va tashkilotlarning 29,7 foizi), Urganch shahri (23,6 foiz), Urganch (11,8 foiz), Xonqa (7,1 foiz) va Qo‘shko‘pir tumanlariga (6,0 foiz) to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan korxona
va tashkilotlarning 29,8 foizi savdo, 22,1 foizi sanoat
va 9,5 foizi qurilish bo‘yicha xizmatlar sohalariga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida 1207 ta korxona va tashkilotlar faoliyati tugatilgan bo‘lib, ulardan 240 tasi (jami faoliyati tugatilganlarning 19,9 foizi) ixtiyoriy tugatilish tartibini qo‘llash orqali tugatilgan.


2016 yil yanvar-dekabrda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishda hamda aholi bandligi bo‘yicha davlat va nodavlat sektorlarining

nisbati quyidagicha ifodalanadi: